O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet308/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

171. Solipsizm 

 faqat inson va uning ongi mavjuddir degan g’oyani ilgari 
suradigan oqim. 
172. Sport 

 jismoniy-estetik madadaniyatning tarkibiy qismi, vositasi va 
usuli, jismoniy mashqlarning turlari majmualari bo‘yicha 


538 
musobaqalar tashkil etish, tayyorlash va o‘tkazish tizimi. 
Sportning maqsadi kishilarning sog‘lig‘ini mustahkamlash 
va umumiy jismoniy rivojlantirish bilan birga sport 
musobaqalarida yuqori natija va g‘alabalarga erishishdir. 
173. Sport estetikasi 

 (ingl. sport) sportning estetik xususiyatlari, tamoyillari va 
qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan. Sport estetikasi sportning 
komponentlari, 
sportchilarning 
texnik 
va 
jismoniy 
tayyorgarligi, estetik madaniyati, mashg‘ulotlar va 
harakatlardagi estetik mezonlarni aniqlab taxlil qilishning 
nazariy asoslarini xarakterlaydi. Sportchida estetik tuyg‘uni 
shakllantirish, g‘alaba va mag‘lubiyatni oqilona xis etish 
masalalari ham sport estetikasining tadqiqot obektiga kiradi. 
174. Stsientizm 

 ya’ni fan mavjud barcha ijtimoiy muammolarni hal etishi 
mumkinligini ilm-fan taraqqiyotining doimiy ijobiyligini 
asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Stsientizm g’oyalari, 
neopozitivizm, texnologik determinizm kabi ta’limotlarning 
asosini tashkil etadi 
175. Substantsiya 

 moddiy asos, mohiyat. Harakat 
176. Sunna 

 hadislar majmui bo’lib, Qur’ondan keyin turadi va uni 
to’ldiradi. Unda Muhammad payg’ambarning so’zlari, xatti-
harakatlari naqllar va hadis sh aklida jamlangan. 
177. Sxolastika 

 so’zi yunoncha «shkola»dan («shola») olingan bo’lib, 
«o’qish joyi»,»maktab» ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl 
saroyida o’qituvchilik qilganlarni, yoki umuman saroy 
maktabidagi o’qituvchilarni sxolastlar deb ataganlar. 
Shuningdek, dinni o’rganishda falsafani tatbiq qilgan o’rta 
asr olimlarini ham sxolastlar deb ataganlar. Sxolastikani 
ma’lum darajada ilohiyotni aqlga moslashtirish, dinni 
tafakkur yordamida quvvatlashga bo’lgan intilish deb ham 
baholash mumkin.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   304   305   306   307   308   309   310   311   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling