538
musobaqalar tashkil etish, tayyorlash va o‘tkazish tizimi.
Sportning maqsadi kishilarning sog‘lig‘ini mustahkamlash
va umumiy jismoniy rivojlantirish
bilan birga sport
musobaqalarida yuqori natija va g‘alabalarga erishishdir.
173. Sport estetikasi
(ingl. sport) sportning estetik xususiyatlari,
tamoyillari va
qonuniyatlarini o‘rganuvchi fan. Sport estetikasi sportning
komponentlari,
sportchilarning
texnik
va
jismoniy
tayyorgarligi, estetik madaniyati, mashg‘ulotlar va
harakatlardagi estetik mezonlarni
aniqlab taxlil qilishning
nazariy asoslarini xarakterlaydi. Sportchida estetik tuyg‘uni
shakllantirish, g‘alaba va mag‘lubiyatni oqilona xis etish
masalalari ham sport estetikasining tadqiqot obektiga kiradi.
174. Stsientizm
ya’ni fan mavjud barcha ijtimoiy
muammolarni hal etishi
mumkinligini ilm-fan taraqqiyotining doimiy ijobiyligini
asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Stsientizm g’oyalari,
neopozitivizm, texnologik determinizm kabi ta’limotlarning
asosini tashkil etadi
175. Substantsiya
moddiy asos, mohiyat. Harakat
176. Sunna
hadislar majmui bo’lib, Qur’ondan
keyin turadi va uni
to’ldiradi. Unda Muhammad payg’ambarning so’zlari, xatti-
harakatlari naqllar va hadis sh aklida jamlangan.
177. Sxolastika
so’zi yunoncha «shkola»dan («shola») olingan bo’lib,
«o’qish joyi»,»maktab» ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl
saroyida o’qituvchilik
qilganlarni, yoki umuman saroy
maktabidagi o’qituvchilarni sxolastlar deb ataganlar.
Shuningdek, dinni o’rganishda falsafani tatbiq qilgan o’rta
asr olimlarini ham sxolastlar deb ataganlar. Sxolastikani
ma’lum darajada
ilohiyotni aqlga moslashtirish, dinni
tafakkur yordamida quvvatlashga bo’lgan intilish deb ham
baholash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: