187. Tariqat
sufiylik yo’li, tarmog’i, bosqichlari.
188. Tasavvuf
islomdagi diniy falsafiy oqim. Tasavvuf -oqim va diniy
ma’naviy hodisa sifatida islom dini doirasida (ko’pgina
ichki sabablar va ba’zi tashqi unsurlar — buddaviylik va
hindiylikning ilk diniy tasavvurlari, sharqiy xristian
tarkidunyochiligi, neoplotonizm kabilarning ta’siri ostida)
paydo bo’ldi.
189. Tasavvuf uchun
vahdoniyat
Ollohning birligi, Olloh va olamning porlab turishi, fano
bo’lish, orif shaxsining tangri taolo bilan ruhan birlashib
ketishi kabi mushohadalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu
oqim namoyandalari va tarafdorlarini so’fiylar, deb
ataganlar va «so’fizm» atamasi shundan paydo bo’lgan. Ilk
so’fiylar aholining kambag’al toifasi orasida sh akllangan.
Ularning qarashlari istilochilar zulmi, adolatsizlik, ijtimoiy
tengsizlikka qarshi norozilik belgisi sifatida ham yuzaga
kelgan.
190. Tasodif
zaruriyatning namoyon bo’lish shaklidir.
191. Texnika estetikasi
XX-asrning ikkinchi yarmidan boshlab alohida fan sifatida
ajralib chiqdi. Texnika taraqqiyoti va insoniy ehtiyoj
texnika estetikasini fan sifatida taraqqiy etishiga olib keldi.
Texnika estetikasi o‘z oldiga narsa va buyumlar muhitini
uyg‘unlashtirish, ishlab chiqarish samarasini oshirish uchun
mehnat jarayonini estetik tashkil etishni maqsad qilib
qo‘yadi.
192. Tolerantlik
o‘zgalarning dunyoqarashi, e’tiqodi, milliy va etnik
xususiyatlari, urf-odatlari, anana-marosimlarini hurmat
qilish; ularni kamsitish, tahqirlashga yo‘l qo‘ymaslik.
193. Transplantatsiya
odam va xayvonlarda potologik jarayon natijasida
shikastlangan yoki olib tashlangan to‘qimalar va organlar
o‘rniga sog‘lomini ko‘chirib o‘tkazish. Xirurgiya usuli
sifatida qadimdan malum. Teri, muskul, nervlar, ko‘zning
muguz pardasi, yog‘, va suyak to‘qimasi, yurak, buyrak va
boshqa organlar ko‘chirib o‘tkazilishiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |