O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet311/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

187. Tariqat 

 sufiylik yo’li, tarmog’i, bosqichlari. 
188. Tasavvuf 

 islomdagi diniy falsafiy oqim. Tasavvuf -oqim va diniy 
ma’naviy hodisa sifatida islom dini doirasida (ko’pgina 
ichki sabablar va ba’zi tashqi unsurlar — buddaviylik va 
hindiylikning ilk diniy tasavvurlari, sharqiy xristian 
tarkidunyochiligi, neoplotonizm kabilarning ta’siri ostida) 
paydo bo’ldi. 
189. Tasavvuf uchun 
vahdoniyat 

 Ollohning birligi, Olloh va olamning porlab turishi, fano 
bo’lish, orif shaxsining tangri taolo bilan ruhan birlashib 
ketishi kabi mushohadalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu 
oqim namoyandalari va tarafdorlarini so’fiylar, deb 
ataganlar va «so’fizm» atamasi shundan paydo bo’lgan. Ilk 
so’fiylar aholining kambag’al toifasi orasida sh akllangan. 
Ularning qarashlari istilochilar zulmi, adolatsizlik, ijtimoiy 
tengsizlikka qarshi norozilik belgisi sifatida ham yuzaga 
kelgan. 
190. Tasodif  

 zaruriyatning namoyon bo’lish shaklidir. 
191. Texnika estetikasi 

 XX-asrning ikkinchi yarmidan boshlab alohida fan sifatida 
ajralib chiqdi. Texnika taraqqiyoti va insoniy ehtiyoj 
texnika estetikasini fan sifatida taraqqiy etishiga olib keldi. 
Texnika estetikasi o‘z oldiga narsa va buyumlar muhitini 
uyg‘unlashtirish, ishlab chiqarish samarasini oshirish uchun 
mehnat jarayonini estetik tashkil etishni maqsad qilib 
qo‘yadi. 
192. Tolerantlik 

 o‘zgalarning dunyoqarashi, e’tiqodi, milliy va etnik 
xususiyatlari, urf-odatlari, anana-marosimlarini hurmat 
qilish; ularni kamsitish, tahqirlashga yo‘l qo‘ymaslik. 
193. Transplantatsiya 

 odam va xayvonlarda potologik jarayon natijasida 
shikastlangan yoki olib tashlangan to‘qimalar va organlar 
o‘rniga sog‘lomini ko‘chirib o‘tkazish. Xirurgiya usuli 
sifatida qadimdan malum. Teri, muskul, nervlar, ko‘zning 
muguz pardasi, yog‘, va suyak to‘qimasi, yurak, buyrak va 
boshqa organlar ko‘chirib o‘tkazilishiga aytiladi.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   307   308   309   310   311   312   313   314   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling