O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet302/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019


133. Odoblilik 

 Kundalik hayotdagi axloqiy qoidalariga rioya qilish – odob 
hisoblanadi. Odob axloqiy fazilatlar insonning kundalik
faoliyatiga singib borayotganini ko‘rsatuvchi mezondir.
Odob – jamiyat qabul qilgan axloq normalarini inson 
faoliyatida, xatti – harakatida, muomala va muloqotida 
namoyon bo‘lishidir. Muayyan odob doirasida bo‘lish, 
yaxshi nom qoldirishga intilish insoniyat paydo bo‘libdiki, 
mavjud. Insonning eng yaxshi fazilatlari nasl – nasabi, 
bilimi bilan emas, balki odobi bilan belgilanadi. 
134. Ohang 

 Suhbatning tavsifini belgilab berish uchun so‘z boyligi va 
so‘zning gramatik qurilishi hali etarli emas, bu erda 
gaplashish ohangi va intonatsiya muhim rol o‘ynaydi. 
So‘zlashish ohangi iroda va emotsional tasirni, hissiyotni 
aks ettiradi. So‘zlashish ohangidan hatto kishining 
kayfiyatini bilish mumkin. Ohang malum darajada kishining 
xulqini ham aks ettiradi. Yani suhbatdoshimizning tarbiyali 
yoki tarbiyasizligini ko‘rsatadi. Yurish – turish vaziyatlari 
qanchalik ahamiyatga ega bo‘lsa, so‘zlashish ohangi ham 
shunchalik ahamiyatga ega. Bitta so‘z yoki iboraning o‘zi 
qanday qanday ohangda aytilganligiga qarab bizga har xil 
tasir etishi mumkin. 
135. Oila 

 jamiyatning negizi 
136. Oila madaniyati 

 jamiyatning muhim ijtimoiy instituti bo‘lgan oilaning 
to‘laqonli va mukammal faoliyat yuritishi uchun uning 
azolari (er va xotin, ota-ona va farzandlar) o‘rtasida 
birgalikda hayot kechirish va zarur munosabatlar o‘rnatish 
ko‘nikmalarining majmuasi. 
137. Oilada farzand 
tarbiyasi 

 oila baxti, farzandlarning tarbiyali etuk inson bo‘lib 
etishidagi ota–onaning say harakati hisoblanadi.. Oiladagi 
farzand tarbiyasi uning kelajakda kim bo‘lib etishishida 
muhim o‘rin tutadi. Demak, bola oilada jamiyatning 
qiyofasini ko‘radi, bo‘lajak fuqaroning tabiati, dunyoqarashi 


534 
va axloqiy qiyofasi oilada shakllanadi hamda shunga ko‘ra 
kamol topib boradi. Axloqiy tarbiyaning mohiyati kishini 
hayotga tayyorlashdan iborat.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling