O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli Buxoro davlat universiteti


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet76/128
Sana04.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1748388
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   128
Bog'liq
Jo\'rayev

12.2. Metall kukunlarini prokatlash 
 
12.2-rasm. Metall kukuni. 
Metall kukunlarini prokatlash sovuqlayin yoki issiklayin 
deformatsiyalash usuli bilan tasma, sim, polosa ko‘rinishidagi 
buyumlar olishning o‘zluksiz protsessidir. Prokatlash vertikal, qiya va 
gorizontal yunalishlarda bajariladi. Vertikal holatda prokatlash 
buyumni shakllantirish uchun eng yaxshi sharoit xisoblanadi. 
Avvaliga kukun bunkerdan aylanma sikuvchi valiklar orasidagi 
zazorga tushadi, zagotovka xoliga keltirish uchun qisiladi, sungra 
pishirish uchun pechga yunaltiriladi, keyinchalik toza valiklarda 
prokatlanadi. Prokatlashda kukun hajmi bir necha marta kichrayadi. 
Tasmani prokatlashda valik diametrining tasma qalinligiga nisbati 
100:1 dan 300:1 gacha bo‘lishi kerak. Kukunlarni prokatlash tezligi 
quymametallarni prokatlash tezligiga nisbatan ancha kichik bo‘lib, 
kukunning oquvchanligi bilan cheklanadi. SHuning uchun aylanuvchi 
valiklar syrtining chiziqli tezligi metall kukunning bunkerdan chiqib, 


112 
valiklar orasidagi zazorga surilish tezligidan kichik butshshi kerak. 
Prokatlash usuli bilan bir va ko‘p qatlamli buyumlar, qalinligi 0,025—
3 mm, eni 300 mm gacha bo‘lgan tasmalar, diametri 0,25 mm va 
undan katta bo‘lgan simlar va xakazolar olish mumkin. Protsessning 
o‘zluksizligi uni avtomatlashtirishni hamda yuqori unumdorligini 
ta’minlaydi. Detal va buyumlarga kerakli mutsahkamlik va qattiqlik 
berish uchun ular pishiriladi. Pishirish operatsiyasi buyumni asosiy 
komponent suyuklanadigan temperaturaning 0,6—0,8 qismiga qadar 
qizdirish va shu temperaturada ma’lum vakt ushlab turishdan iborat. 
Pishirish qarshilikli elektr pechlarda induksion qizdirish yoki bevosita 
pishiriladigan buyum orqali tok utkazish yuli bilan amalga oshiriladi. 
Metall kukunlar oksidlanmasligi uchun pishirish argonli, geliyli 
muhitlarda, vakuumda yoki vodorod muxitida bajariladi. Tob 
tashlamasligi uchun yupqa va yassi detallar bosim ostida pishiriladi. 
Buyumlarga o‘zil-kesil shakl va aniq o‘lchamlar berish uchun ular 
pardozlash operatsiyalaridan o‘tkaziladi; kalibrlanadi, kesib ishlov 
beriladi, ximiyaviy termik ishlanadi, elektrofizik usullar bilan kerakli 
o‘lchamiga etkaziladi, qayta presslanadi. Kalibrlash presslangan 
buyumni 
press-qolipdagi 
mos 
qirqimli 
teshikdan 
sikib 
o‘tkazishdan iborat. Kalibrlash natijasida buyumning ulchamlari 
aniqlashadi, sirti silliqlanadi, g‘ovakligi kamayadi 
Elektr uchqunli va elektr impulsli elektrofizik usullar murakkab 
shaklli detallar olish uchun qo‘llaniladi. Elektr uchqunli usulda ishlash 
mohiyati ikkita elektrod orasida elektr impulsli uchqunli razryaddan 
foydalanishdan iborat. Bunda ishlov beriladigan zagotovka anod, 
asbob, katod vazifasini utaydi. Elektr impulsli usulda ishlashda 
elektrodlarni ulashda teskari qutblilikdan foydalaniladi. Bu usullar tok 
utkazuvchi elektrodlar orqali impulsli elektr toki utkazilganda 
ularning eroziyalanishiga (emirilishiga) bog‘liq. Hosil bo‘lgan razryad 
tufayli ishlov beriladigan zagotovka-elektrod sirtida juda qisqa vaqt 
oralig‘ida temperatura 10000-12000°S gacha ko‘tariladi, shu onda 
metall suyuqlanadi va burlanadi. Zagotovkadan ajralib chiqqan metall 
dielektrik suyuqlik muxitida zarralar ko‘rinishida qotadi. Qayta 
presslash usulidan murakkab shaklli detallar olishda foydalaniladi. 
Qayta presslash natijasida zagotovkaning kerakli o‘lchamlari va shakli 
ta’minlanadi. Birinchi marta presslanganda zagotovkaning shakli 
oddiy, o‘lchamlari taxminiy bo‘ladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling