O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli Buxoro davlat universiteti


 Shlak va tosh eritmasidan ishlangan buyumlar


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet72/128
Sana04.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1748388
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   128
Bog'liq
Jo\'rayev

11.7. Shlak va tosh eritmasidan ishlangan buyumlar 
Temir rudasini eritib cho‘yan olganda eritma yuziga suyuq shlak 
ko‘tariladi. Uni turli shakldagi qoliplarga quyib, qurilish uchun 


105 
buyumlar olinadi. Bunday buyumlar pollar qurishda, qoplama plitalar 
sifatida agressiv muhit ta’sir etadigan joylarda ko‘plab ishlatiladi. 
Bunday texnologiya asosida tez va arzon qurilish buyumlarini 
tayyorlash mumkin. Aynan shu usul bilan bazalt, qumtosh, karbonatli 
tog‘ jinslarini eritib, qoliplarga quyib yuqori mustahkam, agressiv va 
atmosfera muhitiga chidamli buyum olish mumkin. Xom ashyoning 
turi olingan buyumning xossalariga va rangiga ta’sir qiladi. Xom 
ashyoning erish haroratini pasaytirish uchun plavik shpat (SaF
2

singari qo‘shimchalar qo‘shiladi. Mayda donali bir xil strukturali 
massa olish uchun xom ashyo tarkibiga minerallashtiruvchi 
qo‘shimchalar (xromit, magnezit va sh.k.) qo‘shiladi. Eritma 
kimyoviy tarkibini o‘zgartirish bilan uning issiqqa bardoshligini
haroratdan chiziqli kengayish koeffitsientini, mustahkamligini, 
agressiv 
muhitga 
chidamligini 
boshqarish 
mumkin. 
Ayniqsa, domna va marten pechlari shlaklaridan qurilish 
materiallari tayyorlash iqtisodiy samara beradi. Chunki, pechdan 
maxsus qorishtirgichga uzatilgan, 1350-1450
0
S haroratdagi shlakka 
istalgan qo‘shimcha aralashtirib quyish, shtamplash, prokatlash 
vassentrafugalash usullarida buyumlar tayyorlash imkoniyati mavjud.
Quyma tosh buyumlarning o‘rtacha zichligi 2900-3000 kgm
3

g‘ovakligi 1-2% bo‘lib, yopiq xarakterga ega. Shu tufayli ular 
sovuqqa o‘ta chidamli, issiqqa bardoshli bo‘ladi. Ularning siqilishdagi 
mustahkamlik chegarasi 200-240 MPa, egilishdagi mustahkamligi 20-
30 MPa. Edirilishi 0,7 g(sm
2
bo‘lib, tabiiy toshlarga (diabaz, granit) 
nisbatan 2-5 marta bardoshlidir. Eritilgan tosh materiallar atmosfera, 
agressiv muhitga chidamlilik talab etilgan joylarda, intensiv edirilish, 
erish va muzlash kuzatiladigan muhitlarda ishlatiladi. Ular yo‘l 
qurilishida mustahkam, chidamli toshli qoplamalar, kimyoviy 
moddalar ishlab chiqaradigan zavodlar, metall quvurlar o‘rnini 
bosadigan diametri 200-1200 mm bo‘lgan tosh quyma quvurlar 
sifatida ishlatilishi mumkin. Rangli tosh quyma plitalar bino 
fasadlarini bezashda, arxitektura qismlarini tayyorlashda ham 
ishlatiladi. Yuqori haroratdagi suyuq shlakni ko‘pirtirib va tez sovitib 
ko‘p g‘ovakli material-termozit olish mumkin. YUqori 1200-1400
0

haroratdagi suyuq shlak juda kichik teshiklardan bosim ostida ip 
singari chiqqan eritmaning sovishidan hosil bo‘lgan engil, issiqlik 


106 
izolyasiyasi materiali shlak paxtasi deyiladi. Uning o‘rtacha zichligi 
250-300 kg(m
3
, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,05 Vt(m
0
S. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling