101
11.5-rasm. Bezak oynalar.
Marbilit qalin (12 mm) rangli oyna bo‘lib, bir tomoni
polirovkalangan va ikkinchi tomoni esa g‘adir-budurlangan bo‘ladi.
Marbilit binolarni ichki
va tashqi tomondan bezashda, deraza osti
taxtalari, sotuv vitrinalari, ish stollari tayyorlashda ishlatiladi.
Emallangan shisha plitka 150x150, 150x175 mm o‘lchamlarda,
qalinligi 3-5 mm qilib chiqindi oynadan shisha emali qoplab
tayyorlanadi. Emallangan oyna quritilgach xumdonda kuydiriladi.
Mahsulot binolarni ichki bezagi uchun ishlatiladi.
Shisha mozaika
gilam mozaika va smalt turlariga bo‘linadi. Gilam mozaika 20x20 mm
yoki 25x25 mm o‘lchamdagi so‘niq rangli plitkalardir. Smalt rangli
shisha bo‘laklari bo‘lib, badiiy mozaika hosil qilishda ishlatiladi.
Gilam mozaika va smalt qurilish me’morchilikda pannolar, suratlar
barpo etishda qo‘llaniladi. Ko‘zgu oynasi polirovkalangan 4-10 mm
qalinlikdagi oynaning bir tomoniga
yupqa alyuminiy yoki kumush
qoplanib tayyorlanadi. Ko‘zgu oyna binolarni ichki bezagi uchun
ishlatiladi.
11.6. Shisha buyumlar va konstruksiyalar
Kovakli shisha bloklar payvandlangan ikki bo‘lakdan iborat
bo‘lib,
nurni taratuvchi, issiqlik va tovush izolyasiyalovchi
xususiyatlarga egadir. Shisha blok ichki tomonidagi chiziqli
bo‘rtmalar nurni taratishga yordam beradi. Ularning nur
o‘tkazuvchanligi 65%
kam emas, nurni taratishi 25%, issiq
o‘tkazuvchanligi 0,4 Vtm
0
S atrofida bo‘ladi. Shisha bloklar rangli va
ko‘p bo‘lmali bo‘lishi mumkin. Ular santexkabinalarda, maishiy
xizmat,
ovqatlanish muassalarida, zinapoya bo‘lmalarida ishlatilishi
mumkin. Shisha bloklar temirbeton karkas ichiga maxsus qorishma
bilan terilib konstruksiya tayyorlanadi. Ular yonmaslik talablari
qo‘yiladigan sanoat va jamoat binolarida ishlatiladi (1-rasm).