O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli Buxoro davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Jo\'rayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnologik xususiyatlari
Shishaning issiqlikka munosabati. Deraza oynalarining 100
0 S haroratdagi issiqlik izolyasiyasi koeffitsienti 0,4-0,82 Vt(m 0 S tashkil qiladi. Tarkibidagi ishqoriy oksidlar ko‘p bo‘lgan shisha issiqlikni kam o‘tkazadi. Ko‘pikshishaninig issiqlik izolyasiyasi koeffitsienti 0,045-0,058 Vt(m 0 S bo‘ladi. Xona haroratida shishaning issiqlik sig‘imi 0,63-1,05 KJ(kg 0 S ni tashkil etadi. Shishaning issiqlik sig‘imi va issiqlikdan termik kengayishi uning kimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. qurilish shishasining haroratdan chiziqli kengayish koeffitsenti (9 . 10 -6 -15 . 10 -6 ) 0 S -1 ni eng kichik ko‘rsatkichi 0,58 . 10 -6 0 S - 1 tashkil etadi. Shishaning issiqqa bardoshligi haroratdan chiziqli kengayish koeffitsientiga, o‘z navbatida shisha xom ashyosining kimyoviy tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Oddiy qurilish shishasining issiqqa chidamliligi 120 0 S atrofida bo‘ladi. Shisha tarkibiga kremniy, bor va sh.k. oksidlarni kiritib issiqdan chiziqli kengayish koeffitsienti, demak issiqqa bardoshligi oshiriladi. Elektr o‘tkazuvchanlik. Shishaning elektr o‘tkazuvchanligi uning kimyoviy strukturasiga, shu jumladan kremniy, bor, bariy, litiy va sh.k. larning oksidlari miqdoriga, mikroarmatura va fibroarmatura bilan ta’minlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Oddiy silikat shishasining xona haroratidagi solishtirma elektr qarshiligi 10 10 -10 11 Om . sm, teshib o‘tish kuchlanishi 450 kVsm 2 tashkil qiladi. Texnologik xususiyatlari. Shishani va undan tayyorlangan buyumlarni mexanik qayta ishlash mumkin: olmos bilan kesish, arralash, pobedit keskichlari vositasida charxlash, shliflash, polirovkalash shular jumlasidandir. Shishani 800-1000 0 S haroratda list, nay, tola sifatida cho‘zib olish, payvandlash va puflab shakl berish, buyum olish mumkin. Keyingi paytda shishaning ishlanuvchanligidan foydalanib, undan turli qurilish va me’morchilik buyumlari va qismlari, shishapaketlar, tola va matolar tayyorlash imkoniyati tug‘ildi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling