O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli Buxoro davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Jo\'rayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sidirish (protyashkalash) .
Randalash. Randalash protsessi ko‘ndalang-randalash va
buylama-randalash stanoklarida keskichlar bilan amalga oshiriladi. Randalash keskichlari, odatda, egik bo‘ladi. Ko‘ndalang-randalash stanoklarida asosiy harakatni keskich, surish harakatini esa xom ashyo bajaradi; bo‘ylama-randalash stanoklarida zagotovka asosiy harakat qilsa, keskich surish harakatini bajaradi. O‘yish. Bu protsess o‘yish stanoklarida maxsus keskichlar bilan bajariladi. Bunda o‘yish keskichiga asosiy (ilgarilama qaytar) harakat, zagotovkaga esa surish harakati beriladi. Parmalash. Bu protsess parmalash stanoklarida turli konstruksiyadagi parmalar bilan bajariladi. Bunda bosh harakat ham, surish harakati ham parmaga beriladi. Bosh harakat parmaning aylanishidan, surish harakati esa uning o‘z o‘qi yo‘nalishida ilgarilanma harakatidan iborat bo‘ladi. Frezalash. Bu protsess frezalash stanoklarida ko‘p tig‘li asbob- freza bilan bajariladi. Bunda frezaning aylanma harakat (bosh harakat) bilan zagotovkaning ilgarilanma harakati (surish harakati) qo‘shilishi natijasida qirindi kesib olinadi. Jilvirlash. Jilvirlash protsessi maxsus stanoklarda jilvirlash toshi bilan bajariladi. Silindrik yuzalar doiraviy jilvirlash stanoklarida, yassi yuzalar zsa tekis jilvirlash stanoklarida jilvirlanadi. Silindrik yuzalarni jilvirlashda zagotovkaga aylanma harakat berish bilan birga, ilgarilanma-qaytar harakat (bo‘ylama surish harakati) ham beriladi, jilvirlash toshi ham aylanma harakat (bosh harakat) qiladi, ham ko‘ndalang yo‘nalishda, xom ashyoning har qaytishida kesish chuqurligi qadar surilib ham turadi. Sidirish (protyashkalash). Sidirish jarayoni sidirish stanoklarida tegishli rofildagi protyashkalar-ko‘p tig‘li asboblar 167 vositasida bajariladi. Sidirishning ichki va sirtqi sidirish turlari bo‘ladi. 1-rasm, i da ichki sidirish uchun ishlatiladigan protyajka tasvirlangan. Sidirishda bosh harakat (kesish harakati) protyajkaga beriladi. Bu sxemada surish harakati bo‘lmaydi va u protyajkaning konstruksiyasidan kelib chiqadi, ya’ni protyashkaning yondosh ikki tishi balandliklarining ayirmasi surish S 2 bo‘ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling