O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli Buxoro davlat universiteti
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Jo\'rayev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- 16.1. Kukunlarning olinish usullari
15.5. Yuqоri sifаtili metаllаr оlish
Rаngli metаllаr sifаtini оshirish uchun ulаrni vаkuumli elektr pechlаridа, elektrоn nurlik vа plаzmаlik eritish dаstgоhlаridа оlish, elektrоmаgnit kristаllizаtоrlаrdа uzluksiz vа cheklаngаn uslublаrdа quyish kаbilаr qo’llаnilаdi. Nаtijаdа tаrkibidаgi аrаlаshmаlаr miqdоri 0,01-0,005% dаn оshmаydigаn «tоzа» metаllаr оlinаdi. Lekin kоsmоs teхnikаsi vа yarim o’tkаzgichlаr sаnоаti kаbi sоhаlаrni bu dаrаjаdаgi «tоzаlik» hаm qаnоаtlаntirmаydi. Shuning uchun yanаdа tоzа metаllаr оlish uchun yuqоridа аytilgаn uslublаrdаn tаshqаri quyidаgi tоzаlаsh uslublаrdаn tаshqаri quyidаgi tоzаlаsh uslublаri qo’llаnilаdi. 1. Elektr shаkli yoki qаytа elektrоlizlаsh, qаytа eritish uslubidа mis, аlyuminiy vа ulаrning qоtishmаlаri tоzаligini 99,999 % gаchа оshirаdi. 2. Zоnаlik eritish uslubi rаngi metаllаr vа yarim o’tkаzgichlаr tоzаligini 99,9997 % gа etkаkzish mumkin. Bundа аlyuminiy оddiy shаrоitdа, bоshqа metаllаr vа yarim o’tkаzgichlаr esа vаkuumdа «zоnаlаri» eritilаdi. 133 Nazorat savollari: 1. Mis ishlаb chiqаrish jarayonini sharhlab bering. 2. Аlyuminiy ishlаb chiqаrish jarayoni. 3. Mаgniy оlish uslublаrini sanab bering. 4. Titаn ishlаb chiqаrish teхnоlоgiyasi. 5. Yuqоri sifаtli metаllаr оlish texnologiyasi haqida fikrlar. 16-MAVZU: KUKUNLI METALLURGIYA Tayanch so’zlar: kukun, metallurgiya, mexanik usul, sharli tegirmon, oquvchanlik, presslanuvchanlik, pishuvchalik, presslash, kukun metallurgiyasi, yeyilishga chidamlilik, aniq o’lcham, detallarni quyish va bosim ostida ishlash, preslash, magnitlilik xossasi, eletroliz. 16.1. Kukunlarning olinish usullari Kukun metallurgiyasi usullari bilan suyultirilganda bir-birida erimaydigan metallardan, shuningdek qiyin eriydigan va o’ta toza metallardan qotishmalar olish mumkin. Kukunli metallurgiyada zagotovkalar, shuningdek, aniq o‘lchamli turli detallar tayyorlanadi. Kukunli metallurgiya g‘ovak materiallar va ulardan detallar, shuningdek, ikkita (bimetallar) yoki turli metallar va qotishmalarning bir necha qatlami ko‘rinishidagi detallar tayyorlash imkonini beradi. Kukunli metallurgiya usullari otashga chidamliligi, yeyilishga chidamliligi yuqori, qattiqligi katta, belgilangan barqaror (magnit xossali, shuningdek aloxida fizik-ximiyaviy, mexanik va texnologik xossali - detallar olish imkonini beradi. Bunday detallarni quyish va bosim ostida ishlash yo’li bilan olish mumkin emas. Kukun materiallardan detal va buyumlar olish protsessi metall kukunini tayyorlash, ulardan shixta tuzish, presslash, zagotovkani pishirishdan iborat. Metall kukunlari mexanik va fizik-ximiyaviy usullar bilan olinadi. Mexanik usullarda kukunlar qattiq metallarni maydalab, suyuq metallarni esa ximiyaviy tarkibini o‘zgartirmasdan to‘zitib hosil qilinadi. Mo’rt qattiq materiallarni maydalash uchun sharli, uyurma va vibratsion tegirmonlardan foydalaniladi. Ishlov beriladigan material po‘lat yoki cho’yan sharlarning zarbiy yoki ishqalovchi ta’siri bilan maydalanadi. Metall kukunlarni mexanik usullar bilan olishda ularning ifloslanishini hisobga olish zarur. 134 Sharli tegirmon po‘lat barabandan iborat bo‘lib, unga maydalovchi sharlar va maydalanadigan material solinadi. Sharli tegirmonda olingan kukun zarralari 100—1000 mkm o‘lchamli noto‘g‘ri ko’pyoqlik ko‘rinishida bo‘ladi. Uyurma tegirmonlarda maydalash sharli tegirmonlarga nisbatan tezroq kechadi. Uyurma tegirmonining kamerasida ikkita parrak bo‘lib, qarama-qarshi tomonlarga aylanib, o‘zaro kesishuvchi xavo oqimlari hosil qiladi. Kameraga solingan material (sim bulagi, qirindi, qirqimlar va boshqa mayda bo’lakchalar) ni havo oqimi ilashtirib olib ketadi, ular o‘zaro bir-biriga urilib 50 dan 200 mkm gacha o‘lchamli zarralarga maydalanadi. Hosil bo‘lgan zarrachalar tarelka ko‘rinishida, chetlari arrasimon bo‘ladi. Mo’rt metall karbidlari va oksidlaridan mayin kukunlar olish uchun vibratsion tegirmonlardan foydalaniladi. Vibrotegirmonlar eng unumli bo‘lib, ularning ishi po‘lat shar va silindrlarning tegirmon barabanining katta chastotami aylanma tebranma harakati tufayli maydalanadigan materialga govori chastota bilan ta’sir qilishiga asoslangan. Qalay, kurg‘oshin, alyuminiy, mis, shuningdek temir va po‘lat kukunlarini olish uchun havo, suv, bur yoki inert gazlar kinetik energiyasi bilan suyuq metallni to‘zitish usulidan ham foydalaniladi. Olingan kukun zarralari 50—350 mkm o‘lchamli bo‘lib, sferik ko‘rinishga yaqin. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling