O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirli Buxoro davlat universiteti
Kukunlarni olishda fizik-mexanik usullarda olish jarayoni
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Jo\'rayev
16.2. Kukunlarni olishda fizik-mexanik usullarda olish jarayoni
16.1-rasm. Kukun metallurgiyasi. Fizik-ximiyaviy u s u l l a r bilan kukunlar olishda boshlang‘ich materialning ximiyaviy tarkibi va xossalari o‘zgaradi. Metallarni 135 oksidlardan ximiyaviy qaytarish, suyultirilgan tuzlarni elektroliz qilish, karbonil va gidrogenizatsiya usullari asosiy fizik-ximiyaviy usullar hisoblanadi. Oksidlardan materiallarni ximiyaviy qaytarish gazsimon yoki qattiq qaytargichlar bilan amalga oshiriladi. Gazsimon tiklagichlar sifatida tabiiy, domna gazlari, karbonat angidrid, shuningdek vodorod keng qo’llaniladi. Ximiyaviy qaytarish natijasida hosil bo‘ladigan g‘ovak metall massa maydalanadi. Kukun olishning fizik- ximiyaviy usullari ichida bu usul eng arzon hisoblanadi. 1 —100 mkm o‘lchamli dendrit ko‘rinishdagi toza va nodir metallar (tantal,ssirkoniy va boshqalar) ning kukunlari suyultirilgan metall tuzlarini elektroliz qilish usuli bilan olinadi. Elektroliz usuli ifloslangan xomashyodan toza kukunlar olish imkonini beradi. Karbonil usuli 1-800 mkm o‘lchamli sferoid ko‘rinishdagi magnitli temir, nikel va kobalt kukunlarini olish imkonini beradi. Bu usul bilan olingan mahsulot 200-300°S temperaturada metall kukuni va uglerod oksidiga parchalanadi. Gidrogenizatsiya usuli asosida kalsiy gidrati bilan xromni qaytarish yotadi. Bunda hosil bo‘lgan ohak suv bilan yuviladi, metall kukuni esa 8— 20 mkm o‘lchamli dendritlardan tashkil topadi. Fizik-ximiyaviy usullar bilan olingan kukunlar mayda dispersli va toza hisoblanadi. Zarralari o‘lchamiga ko‘ra kukunlar granulometrik tarkibi buyicha 0,5 mkm gacha o‘lchamli ultra mayda, 0,5—10 mkm o‘lchamli juda mayda, 10—40 mkm o‘lchamli mayda, 40—150 mk o‘lchamli o’rtacha mayda va 150—500 mkm o‘lchamli yirik xillarga bo‘linadi. To’kilish massasi, oquvchanlik, presslanuvchanlik va pishuvchanlik kukunlarning asosiy texnologii xarakteristikalari hisoblanadi. T o ’ k i l i s h m a s s a s i erkin tukilgan 1 sm 3 kukunning grammlarda ulchangan massasidir. Agar kukun o‘zgarmas tukilish massasiga ega bo‘lsa, pishirilganda uning o‘zgarmas kirishuvchanligi ta’minlanadi. Olinish usuliga qarab, bitta kukunning tukilish massasi turlicha bo’lishi mumkin. Govakligi yuqori bo‘lgan buyum tayyorlash uchun tukilish massasi kichik bo‘lgan kukundan, asbob va mashinalarning turli detallarini tayyorlashda esa tukilish massasi katta kukunlardan foydalanish lozim. O q u v c h a n l i k — kukunning qolipni tuldira olish qobiliyatidir. U ma’lum diametrli teshik orqali kukunning utish tezligi 136 bilan xarakterlanadi. Kukun zarralarining o‘lchami kamayishi bilan uning oquvchanlish yomonlashadi. Kukunning qolipni bir tekis tuldirishi va presslashda zichlanish tezligi ko‘pjihatdan oquvchanlikka bog‘liq. P r e s s l a n u v c h a n l i k — tashqi nagro‘zka ta’siridan kukunning zichlanish xossasidir, u presslangan kukun zarralari o‘zaro qanchalik mustahkamlashganligini xarakterlaydi. Presslanuvchanlik materialning plastikligi, kukun zarrasining o‘lchami va shakliga bog‘liq bo‘ladi. Kukun tarkibiga sirtqi aktiv moddalar qushilishi bilan ularning presslanuvchanligi ortadi. P i s h u v c h a n l i k deyilganda presslangan zagotovkani termik ishlash natijasida zarrachalarning ilashish mustaxkamligini tushuniladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling