O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Aylanishlar chastotalari datchigi
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
Aylanishlar chastotalari datchigi
(tirsakli val holati datchigi) Induktivli datchik dvigatel tirsakli valining burchakli holatini aniqlash, boshqaruv blok ishini dvigatelning ishchi jarayoni bilan sinxronizatsiyalash va uning aylanishlari chastotasini aniqlash uchun mo„ljallangan.Datchik dvigatelning old qismi o„ng tomonida o„rnatiladi. Datchikning tuzilishi 2.11.2-rasmda ko„rsatilgan. 2.11.2-rasm. Aylanishlar chastotasini va tirsakli val holatini aniqlash uchun induktivli datchik: 1 – datchikning chulg„ami; 2 – qobiq; 3 – magnit; 4 – zichlagich; 5 – sim; 6 – mahkamlash kronshteyni; 7 – magnitli o„tkazgich; 8 – sinxronizatsiyalash diski. Datchik o„zida magnit (3) va o„zakdan (7) iborat induktivli g„altakni (1) tashkil etadi. Datchik tirsakli valning shkivida o„rnatilgan tishli sinxronizatsiyalash diski (8) bilan birgalikda ishlaydi. Sinxronizatsiyalash diski (8) tishlarining o„zak (7) yon tomonidan o„tishi datchikda magnit oqimining o„zgarishini chaqiradi. Magnit maydonining o„zgarishi datchik g„altagida o„zgaruvchan elektr tokining yuzaga kelishini chaqiradi. Yuzaga kelgan o„zgaruvchan kuchlanish boshqaruv blokiga uzatiladi, u esa unga datchiklarning boshqa signallari bilan birgalikda ishlov berib, forsunkalar va o„t oldirish g„altaklari ishlashi uchun elektr impulslarining parametrlarini shakllantiradi. Tirsakli val holatining datchigi yoki uning zanjirlari ishdan chiqganida o„t oldirish tizimi va tegishlicha dvigatelning ishi to„xtaydi. 133 Dvigatel yaroqliligini ommetr yordamida tekshirish mumkin. Datchik holatining qarshiligi 850-900 Om chegaralarida bo„lishi kerak. Datchikning normal ishi datchik o„zaki va sinxronizatsiyalash diski tishlari orasidagi tirqish 1+0,5 mm chegaralarida bo„lganida ta'minlanadi. Tirsakli val holatining datchigi (DPVK) dvigatelning burchakli holati, uning tirsakli val aylanishining chastotasini, shuningdek dvigatel va elektron boshqaruv bloki ishini sinxronizatsiyalash uchun mo„ljallangan. Ayniqsa Xoll effektiga asoslangan induksiyali hamda optik datchiklar keng qo„llanilishga ega. 8 «Bosch» 026121013 rusumli induksiyali turdagi tirsakli val holatining datchigi ZMZ-4063.10 (2.11.3-rasm) dvigatelining old qismi o„ng tomonidan zanjir old qapqog„i og„izida o„rnatilib, tirsakli val shkivida moslashtirilgan tishli sinxronizatsiyalash diski bilan birgalikda ishlaydi. 2.11.3-rasm. “ZMZ” dvigateli tirsakli vali holatining datchigi: a – datchikning joylanishi; b – toj; 1 – datchikning cho„lg„ami; 2 – qobiq; 3 – magnit; 4 – zichlagich; 5 – sim; 6 – mahkamlash kronshteyni; 7 – mahkamlash joyining teshigi; 8 – magnitli sim; 9 – sinxronizatsiya diski; 10 – tortuvchi bolt; 11 – shkif-dempfer; 12 – shponka; 13 – rezinli zichlagich; 14 – dvigatelning tirsakli vali; 15 – tayanch 8 Denton T. Automotive electronics. Published by Elsevler Ltd, 2006 / Дентон Т. Автомобильная электроника /пер. с англ. В .М.Александрова. – НТ Пресс, 2008. – с.66-70. 134 Datchik ikki kontaktli vilka bilan yakunlanadigan egiluvchan simga ega. U doimiy magnit (3) va o„zakdan (8) iborat induktivli g„altakni (1) o„z ichiga oladi. Ushbu datchikning ishlash prinsipi ham datchik o„zaki oldidan diskning tishlari o„tganida magnit oqimi kattaligining o„zgarishiga asoslangan. Magnit maydonining o„zgarishi 1 g„altakining chulg„amida o„zgaruvchan kuchlanishni induksiyalaydi, uning chastotasi esaaylanish tezligi va tishlarning soniga proporsional. Tirsakli valning (14) oldingi uchida tortuvchi bolt (10) yordamida shkiv- dempfer o„rnatilgan va shponkada (12) sinxronizatsiyalash diski (9) bilan o„zidan 58 ta teng uzoqlashtirilgan (har 6°) cho„nqirlardan iborat tishli g„ildirakni tashkil etuvchi maxovik mahkamlangan. Sinxronizatsiyalash diskida tishning raqami ikkita tishni o„tkazish joyidan soat milining yurishiga teskari hisoblanadi. Ulanmaning germetikligi rezinali halqa (13) yordamida ta'minlanadi. Sinxronizatsiya diski aylanganida datchikning magnitli o„tkazgichida magnitli oqim o„zgarib, uning cho„lg„amida o„zgaruvchan tok kuchlanishining impulslarini shakllantiradi. Elektron boshqaruv bloki impulslarning miqdori va kelishi chastotasi bo„yicha forsunkalar va o„t oldirish tizimini boshqarish impulslarining davomiyligini hisoblaydi. Aylantirish rejimida chiqish kuchlanishining kattaligi 0,5-1,0 V ni tashkil qilib, tirsakli val aylanishining chastotasi o„sib borishi bilan ko„payadi. Elektron boshqaruv blokida kuchlanish signalining kattaligi 610 V darajasida chegaralangan. Tirsakli val holatining datchigi g„altak cho„lg„ami 89-900 Om qarshilikga ega. Datchik va sinxronizatsiyalash diski tishining cho„qqisi orasidagi tirqish 0,5- 1,0 mm ni tashkil qiladi. VAZ-2110 oyilasiga mansub avtomobillar tirsakli val holatining datchigi (2.11.4-rasm) 191.3847 (Rossiya) yoki DRG 130 (Germaniya) induktivli turdagi hisoblanadi. Datchik moy nasosi qapqog„ida generator yuritgichining shkivi bilan birlashtirilgan belgilovchi disk ro„parasida o„rnatilgan. Tirsakli val aylanganida datchik ostida navbat bilan belgilovchi diskning tishlari va cho„nqirlari o„tadi. 6° qadamda diskga 60 ta tishlar sig„adi, ammo ikkita 135 tish silindrlarning 1 va 4 porshenlarini kontroller bilan ishlashini kelishtirishga zarur bo„lgan sinxronizatsiyalash impulsini yaratish uchun kesib olingan. Datchikning o„zagi va belgilovchi diskning tishi orasidagi tirqish 1± 0,5 mm chegaralarida bo„lishi kerak. 1 2 3 4 5 2.11.4-rasm. Tirsakli val holatining datchigi: 1 – qobiq; 2 – raz'yom; 3 – mahkamlash uchun teshik; 4 – mahkamlash flanetsi; 5 – magnitli o„tkazgich. O„zgaruvchan analogli kuchlanishning eng sodda misoli etib sinusoida (2.11.5-rasm) hisoblanadi. Mazkur signal faqatgina ikkita parametr bilan tavsiflanadi – amplituda va chastota. Sinusoidan o„zgaruvchan kuchlanishning nolli chizig„i signalning aynan o„rtasida joylashadi. 2.11.5-rasm. Tirsakli val holati datchigining sinusoidal chiqish signali Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling