O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/80
Sana30.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1817308
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

 
2 - LABORATORIYA ISHI 
ELEKTRON VA ELEKTROPNEVMATIK VAQT
RELELARINING ISHLASH XATOLIGINI ANIQLASH 
ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD: Elektron va elektropnevmatik vaqt 
relelarining tuzilishi va ishlashini o‟rganish, ularning ishlash xatoliklarini aniqlash. 
QO‟LLANILADIGAN JIHOZLAR: Elektron va elektropnevmatik vaqt 
relelarining ishlash xatoliklarini aniqlovchi laboratoriya qurilmasi. 
UMUMIY MA‟LUMOTLAR 
Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda ko‟pincha jarayonlarni 
boshlash va to‟xtatish vaqtini birmuncha ushlab turishga to‟g‟ri keladi, ya‟ni 
kuchlanish berilganda yoki uzilgandan keyin rele kontaktlari ma‟lum bir 
rostlanadigan vaqtda ulanishi yoki uzilishi kerak bo‟ladi. Bunday relelar vaqt 
relelari deyiladi. 
Yuqori quvvatli sinxron elektr yuritgichni yurgizib yuborish uchun vaqt 
relesining qo‟llanilishi bunga misol bo‟la oladi. Bunda saqlagichlar (predoxranitel) 
orqali ishchi tokidan 5...7 marotaba katta bo‟lgan yurgizib yuboruvchi tok o‟tadi. 
Saqlagichlar esa ishchi tokidan 2...3 barobar ortiq tokka mo‟ljallangan. Shuning 
uchun elektr yuritgich yurgizib yuborilganda saqlagichlar quyib ketmasligi uchun 
elektr zanjir yurgizib yuboruvchi vaqt relesi kontaktlari bilan ulanadi. Yana bir 
misol - hisoblash qurilmasida vaqt relesi sikl (jarayon) vaqtini to‟g‟ri tanlashda
qurilma elementlari ishining ketma-ketligini ta‟minlash uchun qo‟llaniladi. Vaqt 
relelarining turlari juda ko‟p. Ishlash prinsipiga ko‟ra ular mexanik, 


67 
elektromexanik, elektropnevmatik, elektron, fotoelementli va boshqa turlarga 
bo‟linadi. Ushbu laboratoriya ishida ana shulardan ikki xili o‟rganiladi. 
Elektron vaqt relesining ishlashi. Elektron vaqt relesi (2.2.1-rasm) 
o‟zgaruvchan tok manbaidan transformator Tr va diod D orqali kelayotgan tok 
bilan ta‟minlanadi. Bu yerda kondensator C
2
pulsatsiyalangan kuchlanishni 
tekislaydi va tranzistorlar almashlab ulash rejimida ishlab, tranzistorning 
kirishidagi kuchlanish 2V ga yetganda rele R ning ishlab ketishini ta‟minlaydi. 
Relening ishlab ketish vaqti kondensator C
1
ning, tranzistor VT
1
ning emitterli 
o‟tishi va qarshiliklar orqali zaryadsizlanishi bilan bog‟liq bo‟ladi. R
3
qarshilikni 
o‟zgartirish orqali kerakli ishlab ketish vaqtini qo‟yish mumkin. 
Boshlang‟ich paytda o‟chirgichning kontaktlari ochiq bo‟lib, kondensator C
1
da kuchlanish 0 ga teng, ikkala tranzistor yopiqdir, rele g‟altagidan tok o‟tmaydi. 
K kalitning qisqa muddatga ulanishi natijasida kondensator C
1
zaryadlanadi va 
darhol zaryadsizlana boshlaydi. 
2.2.1-rasm. Elektron vaqt relesi elektr prinsipial sxemasi 
Kalitning ulangandan to kondensator 2V kuchlanishgacha zaryadlanganiga 
qadar rele ulangan holda qoladi va kondensator zaryadsizlana boshlagach
kuchlanish 2V dan kamaygandan keyin rele uziladi. Kalit ulangandan to rele 
uzilishigacha bo‟lgan vaqtga relening ushlab turish vaqti deyiladi. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling