O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
87 6 - LABORATORIYA ISHI SXU-4 CHIGIT SEYALKASINING TEXNOLOGIK JARAYONINI "KEDR-1" AVTOMATIK NAZORAT TIZIMINI TADQIQ QILISH ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD: SXU-4 chigit seyalkasi texnologik jarayonini avtomatik nazorat qiluvchi "Kedr-1"ning tuzilishi va ishlash prinsipini o‟rganish va tizimning ishlash tezligi ko‟rsat(reaksiyasi) ni aniqlash. QO‟LLANILADIGAN JIHOZLAR: "Kedr-1" nazorat tizimi o‟rnatilgan chisit seyalkasi laboratoriya stendi. UMUMIY MA‟LUMOTLAR Avtomatik nazorat tizimlari (ANT) harakatlanuvchi (mobil) qishloq xo‟jaligi agregatlarining texnologik jarayonlarining bajarilishini nazorat qilib borish uchun mo‟ljallangan bo‟lib, texnologik jarayonning buzilishi haqida haydovchiga tovush va yorug‟lik signali ko‟rinishida ma‟lumot berib boradi. Odatda qishloq xo‟jalik agregatlari texnologik jarayonining quyidagi parametrlari nazorat qilinishi mumkin: qishloq xo‟jaligi mashinalari ishchi organlarining asosiy parametrlari; yig‟ishtirib olinayotgan qishloq xo‟jaligi mahsulotining soni va sifati; qishloq xo‟jalik agregatlari sig‟imlaridagi mahsulot miqdori; qishloq xo‟jalik agregatlari orqali dalaga mineral o‟g‟it berish jarayoni. SXU-4 paxta seyalkasi "Kedr-1" avtomatik nazorat tizimsi chigitning urug‟ idishidagi miqdorini, chigit qadash jarayonini, suyuq mineral o‟g‟it purkalishini nazorat qilish vazifasini bajaradi. Nazorat tizimsi quyidagicha ishlaydi: yuritgich qo‟shilganda ta‟minlash manbaini ulash tumbleri ham qo‟shilib - yashil lampochka yonadi. Urug‟ idishida chigit miqdori yetarli va seyalka bir maromda ishlaganda tizim pultida yorug‟lik va tovush signalini bo‟lmaydi. Biror sababga ko‟ra ekish jarayoni to‟xtab qolsa, 1-2 sekunddan keyin ekish apparatiga o‟rnatilgan fotoo‟zgartkich tizim pultiga yorug‟lik - (ekish jarayoni to‟xtab qolgan uzel raqami 88 yonadi) va tovush signali uzatadi. Bunday signal pultda ekish diskida chigit bo‟lmaganda va disk harakati to‟xtab qolganda, soshnik va apparatga tuproq va boshqa narsalar tiqilib qolganda paydo bo‟ladi. Agar bir necha ekish apparati to‟xtab qolsa indikatorda 8 raqami yonadi. Idishdagi chigit miqdori sath datchigi o‟rnatilgan belgidan pastga tushib ketsa, qisqa tovush signali paydo bo‟ladi va qizil lampochka yonadi. Urug‟ miqdorini nazorat qiluvchi sath datchigi fotojuftlikdan iborat bo‟lib, idishning quyi qismiga o‟rnatilgan. Sath datchigining ishlash prinsipi urug‟ idishi chigit bilan to‟ldirilgan holatda fotojuftlik (yoritgich va fotodiod) ning ishchi zonasi berkilib turishiga va chigit sathi kamayishi bilan yoritgich (svetodiod) ning yorug‟lik oqimi fotodiod (fotopriyomnik) ga tushib impulslar hosil qilishga asoslangan va bu impulslar kuchaytirish bloki orqali pultga uzatiladi. Bu fotoelektrik signal tizimsi (7.1-rasm) ishlash prinsipi quyidagicha: urug‟ idishi chigit bilan to‟ldirilgan holatda - R rezistor shunday tanlanganki, bunda VT tranzistor ochilgan, K rele ulangan va K kontakt ham ochiq, HL signal lampochkasi uzilgan holatda bo‟ladi. 2.6.1-rasm. Urug‟ idishidagi sath fotoelektrik signalizatori elektr prinsipial sxemasi Sath kamayishi bilan EL lampochkasining yorug‟lik oqimi VL fotodiodga tushib, VT tranzistorning yopilishiga va HL lampochkasi yonishiga olib keladi. C kondensatori (fotodiodga) bo‟lgan kichik chetki ta‟sirlardan tizimni saqlaydi. 89 Chigit qadash jarayonini nazorat qiluvchi ekish datchigi uyalagich apparati tubiga o‟rnatilgan. Ekish datchigi fotoelektrik juftlikdan iborat bo‟lib, unda yorug‟lik manbai sifatida EL lampochkasi, yorug‟likni qabul qiluvchi element sifatida VL fotoo‟zgartkich qo‟llanilgan (2.6.2-rasm). Seyalka bir maromda ishlab turganda, tushayotgan chigit fotojuftlik (yoritgich va qabul qiluvchi element) ning ta‟sir zonasini kesib o‟tib (2.6.3-rasm), datchik kuchaytirgichining chiqishida impulslar hosil qilib, kuchaytirish bloki orqali pultga uzatadi. 2.6.2-rasm. Ekish datchigi elektr prinsipial sxemasi 2.6.3-rasm. Ekish datchigi: 1-yoritgich, 2-qabul elementi, 3-kuchaytirgich, 4-chigit ANT ning kuchaytirish bloki sakkizta kanaldan iborat bo‟lib, sath va ekish datchiklaridan impuls tarzida kelayotgan signallarni integrallab, chiqish tranzistorini yopiq holda ushlab turadi va datchiklardan kelayotgan impulslar 90 to‟xtashi bilan blokning chiqish tranzistori ochilib, u yoki bu kanalda texnologik jarayon buzilganligi haqida boshqarish pultiga signal beradi. LABORATORIYA STENDI TUZILISHI VA ISHLASHI Laboratoriya stendi (2.6.4-rasm) chigit seyalkasining bir seksiyasidan iborat bo‟lib, quyidagi tarkibiy qismlardan tuzilgan: 1-ekish apparati, 2-urug‟ idishi, 3- reduktor, 4-elektr yuritgich, 5-urug‟ o‟tkazgich, 6-ekish datchigi ta‟sir zonasini berkituvchi moslama, 7-ekish datchigi, 8- urug‟ sathi datchigi, 9-mikroulagich, 10- kuchaytirish bloki, 11-nazorat pulti, 12-elektrosekundomer. Stend quyidagi tartibda ishlaydi: nazorat tizimsi manbaga ulanib, ekish datchigi ta‟sir zonasi moslama bilan berkitilganda, mikroulagich elektrosekundomerni ishlatib yuboradi va u ekish datchigi ta‟sir zonasi berkitilgandan to nazorat pultida yorug‟lik (raqam yonadi) va tovush signali paydo bo‟lgangacha vaqtni belgilaydi. Elektr yuritgichi 220 V ta‟minlash manbaiga ulanib, tizimning ishlash tezligi (reaksiyasi) aniqlanadi. Birozdan keyin manbadan uziladi va boshqarish pultida texnologik jarayonning buzilganligi haqida signal paydo bo‟lish vaqti aniqlanadi. 2.6.4-rasm. Laboratoriya stendi prinsipial sxemasi 91 ISHNI BAJARISH TARTIBI 1. Laboratoriya stendi tuzilishi va ishlashi bilan tanishib chiqiladi. 2. Sath va ekish nazorati datchiklarining ishlash prinsiplarini o‟rganib chiqiladi. 3. Urug‟lik sathi datchigi ta‟sir zonasini berkitib, boshqarish pultida signal paydo bo‟lish vaqtini elektrosekundomerdan aniqlanadi (5 marotaba). Natijalar 2.6.1-jadvalga yoziladi. 4. Tizimning ishlash tezligi (reaksiyasi) ni aniqlash uchun avval elektr yuritgichni manbaga uladi, so‟gra yuritgichni manbadan uzib, boshqarish pultida texnologik ekish jarayonning buzilganligi haqida signal paydo bo‟lish vaqtini 12- elektrosekundomer vositasida aniqlanadi (5 marotaba). Natijalar 2.6.2-jadvalga yoziladi. 2.6.1-jadval. Boshqarish pultida urug‟lik sathi datchigidan signal paydo bo‟lish vaqti № 1 2 3 4 5 O‟rtacha t, s 2.6.2-jadval. Boshqarish pultida ekish datchigidan signal paydo bo‟lish vaqti № 1 2 3 4 5 O‟rtacha t, s BAJARILGAN ISH BO‟YICHA HISOBOT MAZMUNI 1. Laboratoriya stendining sxemasi va u haqida qisqacha ma‟lumot. 2. Tajriba natijalari jadvallari. 3. Xulosa. 92 NAZORAT SAVOLLARI 1. QXMlar texnologik jarayonlaridan qaysilarini avtomatik nazorat qilish mumkin? 2. Paxta seyalkasining qanday texnologik jarayonlari "Kedr-1" avtomatik tizimi bilan nazorat qilinadi? 3. Laboratoriya qurilmasining tuzilishi va ishlash prinsipini tavsiflang. 4. Sath va ekish datchiklarining ishlash prinsipini tavsiflang. Hisobotni bajardi _______________________"__"______ 20 __y. f.i.sh., imzo Hisobotni qabul qildi ______________________"___"_____ 20 __y. f.i.sh., imzo Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling