O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
99 8 - LABORATORIYA ISHI ISSIQLIK O‟LCHASH O‟ZGARTKICH (DATCHIK) LARINI VA OBYEKT HARORATINI NAZORAT QURILMASINING ISH JARAYONINI TADQIQ QILISH ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD: 1. Muhit va moddalarning haroratini o‟lchovch iissiqlik datchiklarining tuzilishi, xarakteristikalari va ishlash prinsiplarini o‟rganish. 2. Obyektning harorati o‟zgarishini nazorat qiluvchi qurilmani ng tuzilishi va ishlashini o‟rganish. 3. Harorat o‟lchash o‟zgartkichi xarakteristikasini tadqiq qilish. QO‟LLANILADIGAN JIHOZLAR: Obyektning harorati o‟zgarishini nazorat qiluvchi qurilma va issiqlik datchiklari. UMUMIY MA‟LUMOTLAR Moddalarning isitilganlik darajasini tavsiflaydigan va issiqlik holatini aniqlaydigan kattalik mashinasozlik, kimyo,oziq-ovqat ishlab chiqarish, qishloq xo‟jalik mahsulotlarini qayta ishlash sanoatlarida, harorat asosiy parametr hisoblanadi. Haroratni o‟lchashda ikki xil harorat shkalasidan foydalaniladi: termodinamik Kelvin (K) o‟lchash birligi va halqaro amaliyotdagi selsiy ( o C) gradusi o‟lchov birligi bilan. Selsiy gradusida ifodalangan haroratdan (t, o C) kelvinda (T, K) ifodalangan haroratga o‟tish uchun ushbu formula xizmat qiladi: T= (t+273,15) K, Odatda, haroratni o‟lchash uchun haroratga bog‟liq holda va uni o‟lchash qulay bo‟lgan jismning qandaydir fizik xususiyati o‟zgarishidan foydalaniladi. 100 HARORAT O‟LCHOV-O‟ZGARTKICHLARI Harorat O‟O‟ turli obyekt va muhitlar temperaturasini o‟lchash, nazorat qilish va rostlash uchun mo‟ljallangan bo‟lib, ishlash prinsiplari termometrik moddalar- suyuq, bimetall va metall sterjenlarning ular kiritilgan muhit temperaturasi ta‟sirida hajmiy yoki chiziqli kengayishiga, o‟tkazgich yoki yarim o‟tkazgichlarni elektr qarshiligining o‟zgarishiga, yopiq jism ichidagi gaz yoki suyuqlik bosimining o‟zgarishiga hamda termoelektrik effekt hodisalariga asoslangan. Elektrissiqlik (bimetαllplastinali) temperatura O‟O‟ ishlash prinsipi shu turdagi bosim O‟O‟niki kabi bo‟lib, germetik patronga joylashtirilgan bimetall plastina nazorat qilinayotgan muhitga (masalan, patron IYOD silindrlari bloki qopqog‟iga) o‟rnatilganda temperaturaning o‟zgarishi plastinalar deformatsiyasi (chiziqli kengayishiga)ning oshishi va buning natijasida elektr zanjirida tok kuchining o‟rtacha qiymatini kamayishiga olib keladi. Chiziqli kengayish haroratga tengdosh ravishda o‟zgaradi. Dilatometrli va bimetalli termorezistorlar asosan xabarlash (signalizatsiya) vazifasini bajarish uchun ishlatiladi hamda avtomatik rostlash tizimlarida qo‟llaniladi. Termoelektrik O‟O‟ (2.8.1-rasm)ishlash prinsipi 1821 yilda Zeebek kashf etgan termoelektr effekt hodisasiga asoslangan. Bu hodisaning temperaturalarini o‟lchashda qo‟llanishi ikki xil metall simdan iborat zanjirda ularning kavsharlangan joyida temperaturalar farqi hisobiga hosil bo‟ladigan e.yu.k. effektiga asoslangan. E.yu.k. hosil bo‟lishining sababi erkin elektronlar zichligi ko‟proq metallning erkin elektronlar zichligi kamroq metallga diffuziyasi bilan izohlanadi. Termo e.yu.k.ning qiymati sovuq t s va issiq t i uchlari temperatura farqiga proporsional bo‟lib, sim qaysi metalldan tayyorlanganligiga ham bog‟liq: E = a (t i -t s ), bunda a - termojuft materialiga bog‟liq bo‟lgan termoelektrik doimiy. Qarshilik termometrlari (termorezistorlar) o‟tkazgichli hamda yarim o‟tkazgichli turlarga bo‟linadi. O‟tkazgichli termoqarshiliklar (2.8.2-rasm) toza metallardan tayyorlanadi. Ko‟pchilik toza metallarning elektr qarshiligi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling