O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
2.8.4-rasm. Tajriba qurilmasining old tomonidan ko‟rinishi
T-tumbler orqali tarmoqning kuchlanishi qurilmaga ulanadi; tarmoq («set») - lampasi manba bloki ishlayotganligini («set»ni kuchlanishi bor-yo‟qligini) bildiradi; PR - saqlagich (predoxranitel). Tajriba ishini o‟tkazish uchun qo‟shimcha oddiy 0 50(75) kuchlanishni o‟lchaydigan voltmetr hamda raqamli multimetr termorezistorlarni qizdirish uchun metall stakan 0 120 0 C haroratni o‟lchovchi termometr kerak. LABORATORIYA ISHINI BAJARISH TARTIBI 1. Issiqlik datchigi qarshiligining harorat o‟zgarishiga bog‟liqlik xarakteristikasini olish. Buning uchun: a) Tayyorlab qo‟yilgan termometr, termorezistor, metall idish, qizdirgich hamda raqamli multimetr kerak. O‟lchash xatoligi kam bo‟lishi uchun termometr va termorezistorlarni shunday joylashtirish kerakki, isiyotgan nuqtasi nihoyatda bir - biriga yaqin bo‟lsin. 105 b) Ommetrning chiqishlarini termorezistorni ikki tomoniga (oyoqchalariga) ulang. d) Spirtli yoki elektr isitgich orqali metall idishni bir tekisda qizdira boshlang. Shu vaqtning o‟zida raqamli ommetrning ko‟rsatishini 10.1-jadvalga yozib boring. e) Bunday tajribalarni boshqa turdagi termorezistorlar uchun ham o‟tkazing. TAJRIBA NATIJALARI JADVALLARI 2.8.1 – jadval. Termorezistorning statik xarakteristikasi Termometr ko‟r-shi, 0 C 10 20 30 40 50 60 70 80 90 100 Raqamli ommetr ko‟r-shi, Om Olingan natija bo‟yicha termorezirtorlar qarshiligining harorat o‟zgarishiga bog‟liqlik [(R= (T)] grafigini chizing(10.5-rasm). Ushbu tajribani bitta termorezistor uchun ikki–uch marta o‟tkazing. Olingan natijalar bo‟yicha arifmetik, nisbiy va ABTolyut xatoliklarni aniqlang. 2.8.5-rasm. Termorezistorning statik xarakteristikasi 2. Obyektning harorati o‟zgarishini avtomatlashtirilgan o‟lchovchi va xabarlovchi qurilma orqali o‟rganish. Buning uchun: 106 a) Stendning tumblerini «otkl» holatiga o‟tkazing. b) Stendda keltirilgan elektrik sxemaning VX1, VX2 – kirishlariga termorezistorlarni ulang. d) KT1, KT2 – nazorat nuqtalariga multimetrni ulang yoki oddiy 0 dan 50V gacha bo‟lgan kuchlanishni o‟lchovchi voltmetrni ulang. Bu yerda termorezistor qarshiligini o‟lchovchi qurilma kerak. e) Termometr ko‟rsatishini, ya‟ni obyekt haroratini 10 0 C dan 15 0 C gacha ko‟rsatishiga erishing. f) Stendning «T» tumblerini «VKL» holatiga o‟tkazing. g) «KTN» nazorat nuqtasiga multimetrning “+” kirishini ulab, R11 qarshiligi orqali INU – qayd qiluvchi lampochka yonishini ta‟minlang. Multimetr va termometr ko‟rsatishini 2.8.2 – jadvalga yozing. Multimetr ko‟rsatgan 1,44V kattalik 15 0 C haroratga tengdir. 2.8.2 – jadval. Harorat o‟zgarishini avtomatlashtirilgan o‟lchovchi va xabarlovchi qurilma xarakteristikasi olish tajriba natijalari Term., 0 C 15 20 30 40 50 60 70 80 90 100 Multimetr, V h) Multimetrni KTN nazorat nuqtasiga ulang va R13 qarshiligi orqali multimetrda 7,0V kuchlanish o‟rnating. Bu kuchlanish 100 0 C ga tengdir. Bu holatda IVU qayd qiluvchi lampochka o‟chiq holatda bo‟ladi. i) Obyekt haroratini sekin oshira boshlang, termometr va multimetrni ko‟rsatishlarini 2.8.2 - jadvalga yozib boring. Obyekt harorati 20 0 C dan oshgandan keyin «INU» nazorat lampochkasi o‟chishi kerak. Bu obyektning harorati past (falokatli) sathdan baland ekanligini bildiradi. Obyektning harorati 80 0 C dan oshgandan so‟ng «IVU» lampochkasi yonadi va harorat belgilangan normadan oshganligini bildiradi. 107 Olingan natijalar bo‟yicha kuchlanishning haroratga bog‟liqlik grafigini chizing. Bu grafik chiziqli bo‟lishi kerak. Grafik chiziqli bo‟lmasa, bu operatsion kuchaytirgichning nochiziqligini bildiradi. 2.8.6-rasm. Harorat o‟zgarishini o‟lchovchi va xabarlovchi qurilmaning statik xarakteristikasi «KTN» va «KTV» nazorat nuqtalarida har xil kattalikdagi kuchlanishlar o‟rnatib, obyektdagi harorat oralig‟ining o‟zgarishini va uni rostlashni o‟zgartirishingiz mumkin. Agar obyektning harorati 30 0 C dan past bo‟lganda, qurilma xabarlovchi signal berishi kerak bo‟lsa, «KTN» nuqtasida 30 0 C ga barobar bo‟lgan kuchlanishni o‟rnatishimiz mumkin. Obyektning harorati 50 0 C dan oshganda xabarlovchi signal berishi kerak bo‟lsa, KTV nazorat nuqtasida 50 0 C ga teng bo‟lgan kuchlanish o‟rnatiladi. Agar obyektning haroratini 50 5 0 C oraliqda ushlab turish kerak bo‟lsa, u holda KTN nazorat nuqtasida 45 0 C ga, KTV nazorat nuqtasida 55 0 C ga teng bo‟lgan kuchlanishlar o‟rnatilishi kerak. Obyektning harorati 55 0 C dan oshib ketsa, IVU lampochkasi yonib, obyekt haroratini pasaytirish kerakligini bildiradi (pechkani o‟chirish kerakligini bildiradi). Stendni boshlang‟ich holatiga keltiring. HISOBOT MAZMUNI 1. Laboratoriya ishining nomi va maqsadi. 108 2. Laboratoriya stendning prinsipial sxemasi. 3. Tajriba natijalari jadvali. 4. Tajribadan olingan grafik. 5. Xulosa. NAZORAT SAVOLLARI 1. Issiqlikka sezgir bo‟lgan termorezistor (datchik)larning tuzilish va ishlash negizlarini, asosiy xarakteristikalarini tushuntirib bering. 2. Termorezistorlar va termoparalar orasidagi asosiy farqlarni va ularning haroratni o‟lchash negizini ayting. 3. Termorezistorlar, termoparalar qanday materiallardan tayyorlangan? 4. -50 0 C dan 1000 0 C gacha oraliqda haroratlarni o‟lchash uchun qanday harorat datchiklari ishlatiladi (qo‟llanish oralig‟i bo‟yicha)? 5. Obyekt harorati o‟zgarishini nazorat qiluvchi qurilmaning tuzilish va ishlash negizlarini 2.8.3, 2.8.4– rasmlardan tushuntirib bering. 6. Obyektning haroratini rostlash oralig‟ini qanday o‟rnatsa bo‟ladi? 7. Haroratni o‟lchash xatoliklarini va ularni bartaraf etish usullarini tushuntirib bering. 8. Datchikning qarshiligini haroratga bog‟liqlik xarakteristikasini hamda operatsion kuchaytirgichning chiqishdagi kuchlanishni haroratga bo‟gliqlik xarakteristikalari qanday olinadi? Hisobotni bajardi _______________________"__"______ 20 __y. f.i.sh., imzo Hisobotni qabul qildi ______________________"___"_____ 20 __y. f.i.sh., imzo Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling