O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
109 9 - LABORATORIYA ISHI OBYEKTDAGI SUYUQLIKNING SATHI O‟ZGARISHINI NAZORAT QILUVCHI VA XABARLOVCHI QURILMANING ISHLASHINI TADQIQ QILISH ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD: 1. Obyektdagi suyuqlikning o‟zgarishini nazorat qiluvchi va xabarlovchi usullarni, datchiklarning tuzilishi va ishlash prinsiplarini, ularning xarakteristikalarini o‟rganish. 2. Suyuqlik sathining belgilangan nuqtadan past tushganligini xabarlashni tadqiq qilish. 3. Suyuqlik sathining belgilangan nuqtadan yuqori bo‟lganligini xabarlashni tadqiq qilish. 4. Qurilmaning ishlash prinsipini o‟rganish. QO‟LLANILADIGAN JIHOZLAR: Obyektdagi suyuqlikning sathi o‟zgarishini nazorat qiluvchi va xabarlovchi qurilma. UMUMIY MA‟LUMOTLAR Suyuq moddalarning sathi o‟zgarishini nazorat qiluvchi va xabarlovchi usullar va datchiklar quyidagi turlarga bo‟linadi: 1. Kontaktli; 2. Kontaktsiz. Ularning ishlash prinsipi o‟lchanilayotgan sathni u yoki bu usul bilan elektr signaliga aylantirishga asoslangan. Kontaktli datchiklar va ularning ishlash prinsipi suyuqliklar sathining berilgan normadan o‟zgarishi mexaniq kontaktning ulanishiga va richagni uzilishiga asoslangan. Masalan, qalqovichli datchiklar (2.9.1-rasm). Kontaktsiz datchiklar ishlash prinsiplari suyuqlik sathining o‟zgarishi o‟tkazgichning L-induktivligi, C-sig‟imi, R-aktiv qarshilik kabi kattaliklarining proporsional o‟zgarishiga asoslangan. Bu kattaliklarni o‟zgartirish uchun lazer, oddiy yorug‟lik nurlaridan foydalanish usullari ham yo‟lga qo‟yilgan. 110 2.9.1-rasm. Qalqovichli datchik sxemasi Bulardan tashqari, suyuqlik va sochiluvchan jismlar sathi o‟zgarishini nazorat qilish uchun ultratovushli chastotali qurilmalardan foydalanish keng tarqaldi. Ultratovushni o‟lchovchi, xabarlovchi qurilmalarning ishlash prinsipi nazorat qilinayotgan moddalarning sathi o‟zgarishi uzatilayotgan chastotaning amplitudasi yoki fazasiningo‟zgartirishiga asoslangan. Ushbu laboratoriya qurilmasida kontaktsiz datchiklardan biri konduktometrik elektrodli sathdatchiklari qo‟llanilgan(2.9.3-rasm) bo‟lib, uning ishlash prinsipi datchiklarning elektr zanjirini tok o‟tkazuvchi suyuqlik orqali uzish va ulashga asoslangan. STENDNING TUZILISHI Stendning old tomoniga maxsus chiqishlarda tajriba o‟tkazish uchun qurilmaning sxemasi kerakli bloklarini kirish va chiqishlari o‟rnatilgan. Bu yerda: “+” va “-” chiqishlari orqali qurilmaning ichidagi manba blokining kuchlanishi tekshiriladi (manbaning kuchlanishi 23V); “N” chiqishlarini, nasos vazifasini bajaruvchi, mikrodvigatelni ulash uchun ishlatish mumkin. “Pastsath” (SNU) hamda “yuqorisath” (SVU) qayd qiluvchi lampalar orqali idishdagi suvning sathi qayd etiladi. Qaytaulovchi tumblerni “Vkl” holatiga o‟tkazilsa, qurilmaga 220V kuchlanish ulanadi, “otkl” holatiga o‟tkazilsa, qurilmaga berilgan 220V kuchlanish uziladi. “Set” – lampasi manba bloki ishlayotganligi (setda kuchlanish bor yoki yo‟qligini) bildiradi: Pr – saqlagich. Idishdagi suvning sathi o‟zgarishini nazorat qilish va boshqarish uchun stendning orqa tomonidan uchta sim chiqqan va u simlar “0”, “N”, “V” klemmali elektrodlarga ulangan. 111 QURILMANING TUZILISHI VA ISHLASHI Qurilmaning struktura sxemasi 2.9.2-rasmda keltirilgan. Qurilma ushbu bloklardan tashkil topgan: NO-nazorat obyekti; SD-sath datchiklari; PSXB- past sathni xabarlovchi blok; YuSXB- yuqori sathni xabarlavchi blok; BSN- stabillashgan manba bloki. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling