O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/80
Sana30.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1817308
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

 


117 
10-LABORATORIYA ISHI 
AVTOMOBILLAR VA TRAKTORLARNING ELEKTR VA 
ELECTRON QURILMALARINI O‟RGANISH BO‟YICHA 
LABORATORIYA ISHLARIDA QO‟LLANILADIGAN USKUNALAR
VA ASBOBLARNI O‟RGANISH 
 
ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD: Avtomobillar va traktorlarning elektr 
va elektron jihozlarni sinash, sozlash va sinovdan o‟tkazishda qo‟llaniladigan
uskunalar va asboblarni tuzilishi va ulardan foydalanish bo‟yicha nazariy
bilimlarni mustahkamlash va to‟ldirish, shuningdek, ushbu qurilmalar va
uskunalarda ishlash amaliy ko‟nikmalarga ega bo‟lish.
QO‟LLANILADIGAN JIHOZLAR: tester(tekshirish asbobi), otsillograf, 
nazorat lampasi, asboblar va simlar to‟plami. 
TOPSHIRIQ: Talabalar avtomobil va traktorlarning elektr va elektron 
jihozlarini sinash, sozlash va sinovdan o‟tkazish uchun asboblar va qurilmalarning
ishlashini o‟rganish va ushbu qurilmalar bilan ishlash bo‟yicha amaliy 
ko‟nikmalarni egallashlari lozim.
Ish mazmuni: 
1. Quyida keltirilgan tavsifdan va adabiyotlardan foydalanib, avtomobil va 
traktorlarning elektr va electron jihozlarini eksperimental tadqiq qilishda 
foydalaniladigan qurilma va asboblarning tuzilishi, ishlashi va xususiyatlarini
o‟rganish va ushbu qurilmalarda ishlash bo‟yicha amaliy ko‟nikmalarni oshirish.
2. Hisobotni sxemalar, rasmlar bilan to‟ldirish va o‟rganilgan ma‟lumotlarni
qisqacha tavsifini yozish. 
 
UMUMIY MA‟LUMOTLAR
10.1. O‟t oldirish jarayonini otsillogafik analizatori
Otsilografiyalash qisqa vaqt davomida agregatlarni mashinadan ajratmagan 
holda o‟t oldirish tizimi, generator, kuchlanish rostlagichini texnik holatini va
yuzaga kelishi mumkin bolgan nosozliklarni aniqlashga imkon beradi. Ushbu 


118 
usulning asosiy ustunligi dvigatelda yoqish tizimining ishlashi paytida barcha
tekshiruvlarni haqiqiy sharoitda o‟tkazadi. 
Bunday qurilmadan foydalanish samaradorligi ayniqsa, ichki yonuv 
dvigatellaridagi buzilishlarning 40 % o‟t oldirish tizimning ishlamay qolishi
sabab bo‟lishini etiborga olinganda shubha o‟rin qoldirmaydi, buzilishni qidirib 
toppish odatda “ko‟r-ko‟rona” amalga oshiriladi.
O‟t oldirish analizatorining blok-sxemasi 2.10.1-rasmda keltirilgan. 
Kengaytirgichni ishga tushirish impulsini ishga tushirish sxemasi orqali 
kengaytirgich generatoriga uzatiladi. Ushbu generatordan kelayotgan arrasimon 
kuchlanish kuchaytirilgandan keyin electron-nurli trubka (ENT-ELТ) nurini 
gorizontaldan og‟dirish uchun foydalaniladi. 
Uzgich kontaktlaridan o‟t oldirish impulsi vertikal og‟ishlar kuchaytirgichiga, 
undan ENT ning og‟diruvchi plastinalariga yuboriladi. Har bir impulsning
kengaytmasini alohida olish uchun kengaytmasi davomiylgini impulsning
takrorlanish davriga qaraganda kamroq tanlanadi, uning qiymati dvigatel tezligiga
tog‟ri proprsionaldir. Agar o‟t oldirish tizimi normal ishlayotgan bo'lsa, unda 
barcha impulslar analizator ekranida bitta tasvirga birlashadi. Birlamchi zanjirda 
agar nosozlik bo‟lsa barcha impulslar yana birlashgan ko‟rinishga keladi, ammo 
ularning shakli buzilgan bo‟ladi. Ikkilamchi zanjirda nosozlik bo‟lsa, faqat 
taqsimlagich tomonidan nosoz zangirga ulangan ipulsning shakli buziladi. 
Ushbu nosoz zanjirni tezda aniqlash uchun analizator ekranidagi pulslarning 
butun ketma-ketligini kengaytmasini chiqarish qulay - to'rt silindrli dvigatel uchun 
to'rtta impuls, olti silindrli dvigatel uchun oltita impuls va hokazo. 
Bunday olda qaysissilindrdan kengaytmani ishga tushirish boshlangan bo„lsa 
kengaytmadagi birinchi impuls shussilindrga tegishli bo„ladi. Keyingi impulslarni 
kengaytmadagi joylashish tartibi shu dvigatelga o„rnatilgan silindrlarning o„t 
oldirish tartibiga mos bo„ladi. Shuning uchun o„t oldirish zanjiri nosozssilindrni va 
nosozlikni sababini aniqlash oson bo„ladi. 


119 
2.10.1-rasm. O‟t oldirish analizatorining blok-sxemasi

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling