O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
10.2. Motor-testerlar
Motor-testerlar IYOD va elektr jixozlari parametrlarini o„lchash va yashirin nosozliklarni aniqlash uchun mo„ljallangan. Ularning imkoniyatlari analizatorlarnikiga nisbatan ancha yuqori, chunki bunday asboblarning ko„pchiligi kompyuterlar asosida yaratilgan bo„lib, xotirasiga har qanday mashinaning standart ma‟lumotlarini “yuklash” mumkin. “Kamerton” (Minsk sh., Belorus Respublikasi) maxsus konstruktorlik byurosida ishlab chiqarilayotgan M1-2 va M-2 motor-testerlari benzinli hamda dizel dvigatellari bilan ishlashga mo„ljallangan. Bu asboblarda kompyuter va operativ axborotlarni saqlash va bosmaga chiqarish, hamda har bir diagnostika qilinayotgan mashina sinov natijalarini protollashtirish va hujjatlashtirish qurilmalari bilan dasturiy bog„lanish ko„zda tutilgan. Motor-tester uncha katta bo„lmagan ko„tarib olib boriluvchi asbob bo„lib uning surati 2.10.2-rasmda keltirilgan. 120 2.10.2-rasm Motor -testerga ulash uchun asboblar va datchiklar: 1- motor - testerning orqa paneli; 2- masofadan boshqarish pulti; 3- stroboskop; 4- tok datchigi; 5- ulash simlari to'plami; 6- ulanish qurilmasi; 7- avtomobil ichki diagnostika rozetkasiga ulanish uchun ulagich; 8- yuqori kuchlanish datchigi; 9- birinchi silindrn datchigii (hisob boshi datchigi) Uning yordamida turli xil datchiklar va stroboskop yordamida turli xil ish rejimlarida dvigatellar va elektr jihozlarining 50 dan ortiq parametrlarini o'lchashi mumkin. Quvvat parametrlarini bilvosita aniqlashning antiqa usullari qo'llaniladi. Misol uchun, silindrlardagi nisbiy kompressiyani. Kompressiya va silindrlarni ishlash bir tekisligini o‟lchashga qo'shimcha ravishda, quyidagi uchqun parametrlari o'lchanadi: teshib chiqish kuchlanishi, yoy kuchlanishi, uchqun davomiyligi (2.10.3-rasm) va boshqa parametrlar. Ushbu ma‟lumotlar asosida dastur nafaqat o‟t oldirish tizimi holatini, balki o‟t oldirish shami atrofidagi yonilg‟i aralashmasi tarkibini ham aniqlab beradi. Sinov davomida silindrlarda o„t oldiriщ navbat bilan o„chirilganda dvigatelning umumiy quvvatiga har bir silindrning ulushi aniqlanadi, agar bunda tizimga gazanalizatori ulansa, dvigateldan chiqayotgan gazlarning zaxarlovchilik darajasi (toksichnost) aniqlanadi, bu ayniqsa benzinni taqsimlab purkovchi 121 tizimlarni diagnostika qilishda muhim ahamiyatga ega (har bir forsunkaning holati aniqlab beriladi). 2.10.3 - rasm. Mоtоr-tester ekranida uchqun parametrlari Asbobning o„zgarmas xotirasiga dvigatellar zamonaviy modellarining eng asosiy xarakteristikalari (silindrlar soni, ularni ishlash tartibi, o„lchanilayotgan kataliklarning ruxsat etilgan qiymatlari va b.) kiritilgan. Boshqa ko„rsatkichlarni diagnostika qilish uchun qurilmaning operativ xotirasiga klaviturasi orqali ma'lumotlar kiritiladi. Sinov boshlanishida modelning raqamini terishning o„zi kifoya, qurilma o„zi olgan o„lchov natijalarini ruxsat etilganlar bilan taqqoslaydi. Kurilmada diagnostika qiluvchi operator bilan avtomatik muloqat rejimi xam ko„zda tutilgan, uning ekranida ishlash uchun zarur maslaxatlar, datchiklar va boshqa qurilmalarni ulash bo„yicha ko„rsatmalar tasvirlab beriladi. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling