O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
2.9.2-rasm. Qurilmaning struktura sxemasi
Nazorat obyektida har qanday suyuq mahsulot bo‟lishi mumkin. Sath datchiklari (SD) orqali suyuqlikning pastki va yuqori sathlari to‟g‟risidagi ma‟lumotlar sathlari o‟zgarishini xabarlovchi PSXB va YuSXB bloklarga uzatib beradi. PSXB va YuSXB bloklar suyuqliklarning past va yuqori sathlarini normadan o‟zgarganligi to‟g‟risidagi xabarni operatorga qayd qiluvchi lampalar orqali xabarlaydi. PSXB va YuSXB bloklar nazorat obyektidagi suyuqlik sathi berilgan oralig‟ida (past va yuqori sathlar oralig‟ida) ushlab turish uchun nasosni yoki elektromagnitli klapanni ishga tushirish uchun boshqaruvchi signal ishlab chiqaradi. Obyektdagi suyuqlikning sathi o‟zgarishini nazorat qiluvchi avtomatlashtirilgan qurilmaning prinsipial sxemasi 2.9.3-rasmda keltirilgan. Bu yerda idishdagi suyuqlik sathi o‟zgarishini nazorat qilish uchun uchta “0”, “N”, “V” elektrodlari (plastinkalar) ishlatilgan. Ularning chiqishlari sim bilan sxemaning +23V kuchlanishiga, VT1, VT2 tranzistorlar bazalariga ulangan. Bu tranzistorlar elektron kalit vazifalarini bajaradi va suyuqlik sathi o‟zgarishi 112 to‟g‟risidagi xabarlarni SD1 va SD2 qayd qiluvchi lampalar orqali operatorga yetkazadi. Bu yerda SD1 lampasi orqali suyuqlik pastki sathi o‟zgarganligi, SD2 lampasi orqali esa suyuqlik yuqorigi sathining o‟zgarishi to‟g‟risida ma‟lumot olamiz. Qurilma ishlashi uchun 220V ƒ o = 50 Gs kuchlanishni +23Vga o‟zgartiruvchi stabillashgan manba blokidan foydalanilgan. 2.9.3-rasm. Obyektdagi suyuqlik sathi o‟zgarishini nazorat qiluvchi (xabarlovchi) avtomatlashtirilgan qurilmaning prinsipial sxemasi Sxemadagi R1 va R2 relelari idishdagi suyuqlik sathini ko‟rsatilgan oraliqda ushlab turishda nasosga boshqaruvchi signal berish uchun ishlatilgan. Qurilmaning ishlash prinsipi suyuqlik “0” va “N”, “V” elektrodlariga tekkanda +23V tok manba va VT1, VT3 tranzistorlar orasidagi kuchlanishning o‟zgarishiga asoslangandir. Bu yerda, bazali tokning ortishi VT1, VT3 tranzistorlarining ochilishiga olib keladi. Tajriba ishini o‟tkazish uchun qo‟shimcha suv solingan idish kerak bo‟ladi. ISHNI BAJARISH TARTIBI 1. Idishga suyuqlikning quyilish jarayonida suyuqlik sathini belgilangan nuqtadan past tushganligini nazorat qilish-xabarlashni tadqiq qilish. 113 Buning uchun: a) Tayorlab qo‟yilgan uchta elektrodli panel shishali idishga tushiriladi; b) Qurilmadagi “T” tumbler “Vkl” holatiga o‟tkaziladi. Qurilmaning yuzasida joylashgan “SD1”, “SD2”, “Nasos”, “Set” chiroqlari yonishi kerak. Bu shuni bildiradiki: - idishda umuman suyuqlikning yo‟qligini yoki suyuqlikning sathi nihoyatda past ekanligini; - suyuqlikning sathi o‟zgarishini nazorat qiluvchi qurilmaning normal ishlayotganligini; - idishga suv quyish uchun nasosning ishlayotganligini. 2. Idishdagi suyuqlik pastki sathining normaga yetganligini tadqiq qilish. Buning uchun: Idishga suyuqlikni sathi o‟rtancha – (N) klemmali elektrodning uchiga tekkuncha quyish kerak. Suyuqlikning sathi o‟rtancha elektrod uchiga yetganda o‟chib turgan SD1 qayd qiluvchi lampa yonadi va suyuqlikni pastki sathi normada ekanligini bildiradi. Bu yerda, yonib turgan SVU qayd qiluvchi lampa suyuqlikning sathi yuqori sathdan past ekanligini hamda nasos idishga suyuqlik haydayotganligini bildiradi. Idishga suv quyish jarayonida “N” klemmali elektrodning uchiga suvning yuzasi tekkanida “SD1” lampasi yonishiga diqqat bilan ahamiyat berish kerak va shu sath shkalasini lineykada belgilang. Agarda suvning yuzasi elektrodning uchiga tekkanida “SD1” lampasi o‟chmasa, suv quyushni juda sekinlik bilan SD1 lampasi yongunga qadar davom yetkazing va lampa yongan sathdagi shkalaning kattaligini yozib oling. “N” klemmali elektrodning uchi joylashgan shkalani va “SD1” lampasi uchgan sathdagi shkalani kattaligini millimetrda aniqlang. Bu kattalik elektron xabarlovchi qurilmaning ishlashi xatoligini bildiradi. Masalan “N” elektrodning pastki sathini 5 mll olsak, suvning sathi ushbu 5 mllga teng bo‟lganda “SD1” lampasi yonsa u holda ∆H – absolyut xatolik va boshqa xatoliklar nolga teng bo‟ladi. 114 Agar suvning sathi “N” elektrodni uchidan 1 ml shkalaga, ya‟ni H =5,1 mll bo‟lganda “SD1” lampasi uchsa, u holda H Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling