126
Agar Siz Control Button
tugmasidan foydalansangiz, o„nlik kasr nuqtasi
noto„g„ri holatda bo„lishi mumkin.
Sig„imni
nF oralig„ida o„lchashda, ulagichlar hali kondansatorga ulanmagan
bo„lsa, displeyda nolga teng bo„lmagan qiymat aks ettirilishi mumkin.
Ushbu
qiymat o„lchov natijasidan ayirib tashlanishi kerak.
10.4.6. Chastotani o„lchash
Qora ulagichni COM uyachaga ulang, qizilini -
V/Ω/F uyachaga.
Funksiyalarni tanlash muruvatini kHz holatga qo„ying
va ulagichlarni
o„lchash manbaiga ulang. Eslatma:
Kirish kuchlanishi (o„zgaruvchan) 200 mV dan 10 V gacha bo„lishi kerak.
Agar kuchlanish 10 V katta bo„lsa, ko„rsatkich qiymati talab qilingan aniqlik
darajasiga javob bermaydi.
10.4.7. Zanjirni uzluksizligi va diodlarni tekshirish
Qora
ulagichni SOM uyachaga ulang, qizilini -
V/Ω/F uyachaga (qizil
ulagichning qutbi ishorasi "+").
Funksiyalarni tanlash muruvatini
/ holatga qo„ying
va zanjirni uzluksizligi
va diodlarni tekshirish rejimini tanlash uchun
/
tugmani bosing.
Zanjirni uzluksizligi
tekshirish rejimida, agar zanjir uzluksiz bo„lsa (ya'ni
qarshiligi 50 Om dan kam bo„lsa), Siz asbobga o„rnatilgan zummerning signalini
eshitasiz.
Diodlarni tekshirish rejimida qizil va qora ulagichlarni diodning anod va
katodiga ulang. Displeyda dioddagi kuchlanishning bevosita
tushishining V dagi
qiymati ko„rsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: