O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
DATCHIKLARNING XARAKTERISTIKALARINI OLISH
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy malumotlar
DATCHIKLARNING XARAKTERISTIKALARINI OLISH
IShNI BAJARIShDAN MAQSAD: aylanish chastotasi, chiziqli hamda burchak siljish datchik (o„lchov-o„zgartkich)larini tuzilishi va ishlashini o„rganish, xamda xarakteristikalarini tajribada aniqlash ko„nikmalarini olish. QO„LLANILADIGAN JIHOZLAR: Birlamchi o„lchov-o„zgartkich (BO„O„) lar - datchiklar bilan jihozlangan laboratoriya stendi. Umumiy ma'lumotlar Laboratoriya stendining tuzilishi va ishlash prinsipining tavsifi Hozirgi kunda ko„plab rivojlangan mamlakatlarda qolaversa Respublikamizda ham zamonaviy transport vositalari va qishloq xo„jalik mashinalarini avtomatlashtirishga katta e‟tibor berilmoqda. Ularda ko„plab mexanik, gidravlik, issiqlik, pnevmatik va boshqa ko„plab kattaliklarni o„lchash va anolog (elektrik) signalga so„ngra uni raqamli signallarga o„zgartirib beruvchi qurilmalar keng qo„llanilmoqda. Yildan yilga bunday qurilmalarning ayniqsa birlamchi o„zgartirgich datchiklarning turlari yangilanib takomillashib bormoqda. Bu datchiklarni mexanik kontaktli datchiklarning o„rniga kontaktsiz prinsipda ishlaydigan optik elektron qurilmalarga almashtirilmoqda. Bu qurilmalarning ishonchliligi, aniqligi, sezgirligi va chiqish kattaligining barqarorligi yuqoriligi ta'minlangan. Bunday qurilmalarga misol qilib: Xoll, induktiv, tenzometrik, potensiometrik, bosim, temperatura va boshqa ko„plab datchiklardar iborat qurilmalarni keltirish mumkin. Hozirda tobora rivojlanib borayotgan zamonda talabalarga bu datchiklar haqida ma'lumot beribgina qolmasdan ularni ishlash jarayonida namoyish berish uchun o„quv-tadqiqot laboratoriya stendilarini yaratish muhim ahamyatga ega. O„quv jarayoni uchun mo„ljallangan stendlarni takomillashtirish ularga zamonaviy datchiklarni o„rnatish, ularni tajriba davomida ishlatib 144 xarakteristikalarini olish, birlamchi o„lchash-o„zgartgichlardan olingan analog signallarni raqamli signallarga aylantirib berish talab etiladi. Ushbu talablarni e'tiborga olib loyihalangan stendning prinsipial konstruktiv sxemasi quyida 2.13.1- rasmda keltirilgan. 2.13.1-rasm. Laboratoriya stendining prinsipial konstruktiv sxemasi:1- boshqaruv bloki; 2-elektrodvigatel tezligini rostlash tugmalari; 3-induktiv datchik; 4-Xoll datchigi; 5-elektrodvigatel; 6-harorat datchigi; 7-potensiometrik burchak siljish datchigi; 8-potensiometrik chiziqli siljish datchigi; 9-stend stoli; 10-displey Laboratoriya stendi stend stoli (8)ga (12.1-rasm) o„rnatilgan boshqaruv bloki (1), o„zgarmas tok elektrodvigateli (5), elektrodvigatel tezligini rostlash tugmalari(2), tadqiq qilinadigan datchiklar: induktiv datchik(3), Xoll datchigi(4), potensiometrik burchak siljish datchigi; 7-potensiomet-rik chiziqli siljish datchigi va o„lchash natijalarini raqamli xolga o„zgartirib namoyish qilish uchun raqamli displey (9) dan iborat. Stendning tarkibiy qismlarining aloxida elektr sxemalari 2.13.2-rasmda tasvirlangan va stendning umumiy elektr sxemasiga ulangan. 145 2.13.2-rasm. Stendning prinsipial elektr sxemasi: 1-raqamli displey elektr sxemasi; 2-rele va elektrodvigatel bloki elektr sxemasi; 3-mikrokontroller elektr sxemasi; 4-harorat datchigi elektr sxemasi; 5-induktiv datchigi elektr sxemasi; 6-Xoll datchigi elektr sxemasi; 7-stablizator va filtr bloki; 8- potensiometrik burchak siljish datchigi elektr sxemasi; 9- potensiometrik chiziqli siljish datchigi elektr sxemasi; 10-displey kontrastini sozlash potensiometri Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling