O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
Ishning mazmuni
1. Mazkur uslub va texnik adabiyotlardan foydalangan holda sovituvchi suyuqliq va kiritish quvuridagi havo temperaturasi datchiklari tuzilishi, ishi va o„ziga xos xususiyatlarini o„rganish. 2. Hisobotni sxemalar, chizmalar bilan to„ldirish va o„rganilgan ma'lumotlarni qisqacha konspektlashtirish. Umumiy ma'lumotlar Temperatura O„O„(datchik)lari turli ob'ekt va muhitlar temperaturasini o„lchash, nazorat qilish va rostlash uchun muljallangan bo„lib, ishlash prinsiplari termometrik moddalar - suyuq, bimetall va metall sterjenlarning ular kiritilgan 138 muxit temperaturasi ta'sirida xajmiy yoki chizikdi kengayishiga, o„tkazgich yoki yarim o„gkazgichlar elektr qarshiligining o„zgarishiga, yopik jismichidagi gaz yoki suyuqlik bosimining o„zgarishiga, hamda termoelektrik effekt hodisalariga asoslangan. IYoD sovituvchi suyuqligi temperaturasi datchigi dvigatelning issiqlik holatini aniqlash hamda yoqilg„i uzatilishi va o„t oldirish parametrlarining zaruriy to„rg„ilanishini ta'minlash uchun mo„ljallangan 9 . Datchik kompaund bilan to„ldirilgan yarim o„tkazgichli mikrosxemani o„zida mujassamlagan bo„lib, uning chiqish kuchlanishi chiziqli ravishda haroratga bog„liq. Avtomobillarda sovituvchi suyuqlik temperaturasi datchigi termostatning qobig„ida, sovituvchi suyuqlikni silindrlar blokining boshchasidan chiqaruvchi patrubkada, havo temperaturasining datchigi esa havo filtirining qobig„ida o„rnatiladi. Mikroprotsessorli o„t oldirish tizimi bilan jihozlangan barcha avtomobillarda bir hil temperatura datchiklari o„rnatiladi. Datchikning ichida joylashgan termorezistor qarshilikning manfiy temperatura koeffitsientiga ega, ya'ni qiziganda uning qarshiligi pasayadi. Yuqori harorat datchikning past qarshiligini (130°S da 70 Om), sovituvchi suyuqlikning past temperaturasi esa – yuqori qarshilikni (-40 °S da 100 kOm) keltirib chiqaradi. Elektron boshqaruv bloki, ichidagi doimiy qarshilikka ega rezistor orqali sovutuvchi suyuqlik temperaturasining datchigiga 5V li muvozanatlangan to„yintirish kuchlanishini uzatadi. Kontroller sovituvchi suyuqlikning temperaturasini datchikda kuchlanishning tushishi bo„yicha hisoblaydi. Kuchlanishning tushishi sovuq dvigatelda nisbiy baland, qizitilganda esa past. Sovituvchi suyuqlik temperaturasi ko„p hollarda boshqaruvning tavsiflariga ta'sir qiladi. Temperatura datchigi (2.12.1-rasm) qobiqdan 2, elektr razyomdan 1, termosezuvchi elementdan 3 va zichlagichdan 4 iborat. Qobiqda 3 yarim o„tkazgichli rezistor 6 va elektr kontaktlari 5 joylashgan. 9 DentonT. Automotiveelectronics. PublishedbyElsevlerLtd, 2006 / ДентонТ. Автомобильнаяэлектроника /пер. сангл. В.М.Александрова. – НТПресс, 2008. – с.410-411. 139 2.12.1-rasm. Sovituvchi suyuqlik temperaturasi datchigi: a – datchikning tashqi ko„rinishi; b – datchikning kesimi; 1 – raz'yom; 2 – qobiq; 3 – termosezuvchan element; 4 – zichlagich; 5 – elektr kontaktlar; 6 – rezistor Sovituvchi suyuqlik temperaturasi datchigi zanjirlarida nosozliklar yuzaga kelganda elektron boshqaruv bloke (EBB) ma'lum bir vaqt o„tganidan so„ng o„zining xotirasiga kodni kiritib, nosozlik mavjudligi haqida xabar beruvchi avtomobilning «Check Engine» chiroqchasini qo„shadi. Mazkur holatda EBB datchik signalini dvigatel ishlashi davomida hisoblanadigan harorat qiymati bilan almashtiradi. Almashadigan qiymatlar elektron boshqaruv blokining xotirasida saqlanadi. Datchik 1,5 mA doimiy tok bilan to„yitilganda, uning chiqishlaridagi kuchlanishning tushishi sovituvchi suyuqlikning (K) temperaturasiga 10 ga 140 ko„paytirilgan ravishda sonli (mV) teng. Haroratli rejimlarga ko„ra datchik kontaktlari orasidagi qarshilikning qiymatlari 2.12.1-jadvalida keltirilgan. 2.12.1-jadval. Sovituvchi suyuqlik temperaturasi datchigi qarshiliklari qiymatlari Parametr Temperatura, °С 20 40 80 90 Qarshilik, Om 3060 –4045 1315 –1660 300 – 370 210 – 270 Kiritish quvuridagi temperaturasining datchigi kirayotgan havoning temperaturasiga ko„ra yoqilg„ini uzatish va o„t oldirish tizimini to„g„rilash uchun mo„ljallangan. U yarim o„tkazgich turidagi bo„lib, kirituvchi truboprovoddagi harorat bo„yicha bilvosita aniqlanadigan havoning temperaturasiga ko„ra yoqilg„ini uzatish va o„t oldirish tizimini to„g„rilanishini ta'minlash uchun elektron boshqaruv blokining signalini shakllantiradi. Sovituvchi suyuqlik va havo temperaturasining datchiklari bir hil turdagi termik rezistoridan tashkil topadi. Ushbu datchiklar faqatgina qobiqning tuzilishi bilan farqlanadi. Sovituvchi suyuqlik va havo temperaturasining datchiklari elektron boshqaruv bloke (EBB)ga ikki kontaktli ulagichlar yordamida ulanadi. Kiritish quvuridagi datchik havoning temperaturasini ulchaydi. U o„zidan metall qobiqni tashkil etib, termik rezistorga ega plastikli uchlikka ega. Elektron boshqaruv blokiga uzatiladigan elektronli signal havoning zichligini aniqlash uchun absolyutli bosim kattaligi signali bilan birgalikda qo„llaniladi. Avtomobil havosi temperaturasining datchigi havo filteri va drosselli zaslonka bug„inini bog„lovchi yengida o„rnatiladi. U dvigatelga keluvchi havoning temperaturasini ulchaydi. Havoning zichligi haroratga bog„liq. Harorat qanchalik ko„p bo„lsa, zichlik shunchalik past bo„ladi. Havo temperaturasi, drosselli zaslonkaning holati va absolyutli bosim datchiklaridan ma'lumotlarni olib, elektron boshqaruv bloki dvigatelga keluvchi havoning aniq miqdorini hisoblaydi. Datchikning to„yinish kuchlanishi 5 V ni 141 tashkil qiladi. Haroratli rejimga ko„ra yaroqli datchik kontaktlari orasidagi qarshilikning qiymatlari 2.12.2-jadvalda keltirilgan. 2.12.2-jadval. Kiritish quvuridagi datchik qarshiliklari qiymatlari Parametr Harorat, °С 0 20 40 Qarshilik, Om 7470 – 11970 3060 – 4045 1315 – 1600 Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling