O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/80
Sana30.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1817308
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

 
 
 
3 - LABORATORIYA ISHI 
SILJISH O‟LCHOV O‟ZGARTKICHLARINING
XARAKTERISTIKALARINI ANIQLASH 
ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD: Potensiometrik va induktiv siljish 
o‟lchov-o‟zgartkich (O‟O‟) larining tuzilishi va ishlashini o‟rganish. 
QO‟LLANILADIGAN JIHOZLAR: Siljish O‟O‟larining ishlashini o‟rganish 
va ularning xarakteristikalarini olish uchun qo‟llaniladigan laboratoriya qurilmasi. 
UMUMIY MA‟LUMOTLAR 
Qishloq xo‟jaligi va sanoat avtomatikasida mashina va mexanizmlarni 
miqdoran kichik bo‟lgan chiziqli va burchak siljishlarini o‟lchashda 
potensiometrik, induktiv va sig‟imli qabul qiluvchi sezgich organlari bo‟lgan elektr 
O‟O‟lari (datchiklar) keng qo‟llaniladi. Bu O‟O‟larning ishlash prinsipi kirish 
kattaligi - siljishning chiqish kattaligi - elektr zanjirining ma‟lum bir parametrini 
o‟zgartirishiga asoslangan. 
Potensiometrik O‟O‟ burchak va chiziqli siljishlarni o‟lchash uchun 
ishlatiladi, ya‟ni mexanik siljishlarni tok yoki kuchlanishga o‟zgartirib berishga 
xizmat qiladi. Potensiometrik O‟O‟ asosiy qismlari - keramik yoki plastmassali 


71 
asos 1, unga o‟ralgan sim chulg‟am 7 va qo‟zg‟aluvchi kontakt (polzunok) 3 
(2.3.1a-rasm). 
Xalqasimon 
potensiometrik 
O‟O‟ning 
tuzilishi 
quyidagicha: 
tok 
o‟tkazmaydigan materialdan yasalgan asos 1 ga solishtirma qarshiligi yuqori 
bo‟lgan materiallar (nixrom, platina, iridiy va platina-palladiy qotishmalari)dan 
tayyorlangan sim shulg‟am 2 o‟ralgan. Sim shulg‟am 7 ustida o‟q 5 orqali cho‟tka 
4ga mahkamlangan kontakt 6 harakatlanadi. Manbadan kirish kuchlanishi sim 
shulg‟amning ikki uchiga beriladi va chiqish kuchlanishi sim shulg‟amning bir 
uchi va tok ajratuvchi halqa 2 da joylashgan kontakt 3 orqali olinadi. O‟O‟ 
yuklanishsiz ishlaganda chiqish kuchlanishi cho‟tka holatining o‟zgarishiga, ya‟ni 
qarshilikning o‟zgarishiga mos ravishda o‟zgaradi va statik xarakteristikasi to‟g‟ri 
chiziqdan iborat bo‟ladi. 
2.3.1- rasm. Xalqasimon potensiometrik siljish o‟lchov o‟zgartkichi
a) prinsipial va b) elektr sxemasi 
O‟O‟ning statik xarakteristikasini quyidagi tenglikdan topish mumkin: 
R = a(2

r360
o
) R
a
, [Om/grad] 
Bunda R
a
- bir xil o‟ralgan chulg‟amdagi birlik aylana uzunligiga to‟g‟ri keladigan 
solishtirma qarshilik (o‟ralgan sim materialining solishtirma qarshiligi va 
ko‟ndalang kesimiga bog‟liq), Om/m; 
r - O‟O‟ning radiusi, m; 
a - qo‟zg‟aluvchi kontaktning burilish burchagi, grad. 


72 
O‟O‟ning sezgirligi: 
K = dR/d
a
 = (2

r/360) R

, [Om/grad] 
Aylana uzunligi bo‟ylab mavjud qarshilik miqdori va qo‟zg‟aluvchi kontakt 
radiusi qancha katta bo‟lsa, O‟O‟ning sezgirligi shuncha yuqori bo‟ladi. 
3.1(b)-rasmda 
potensiometrik O‟O‟ning elektr sxemasi keltirilgan. 
Yuklanmagan potensiometrning H va K mahkamlagichlariga o‟zgarmas yoki 
o‟zgaruvchan U kuchlanish ulanadi. Bu holda H mahkamlagich va «CH» cho‟tka 
orasidagi potensiometr qarshiligi R
H
=R
H
/l qonun bo‟yicha o‟zgaradi. Bu yerda R
H

H uchastka qarshiligi; l-potensiometr uzunligi; R- potensiometrning to‟la 
qarshiligi. 
O‟chiq chiqish kuchlanishi potensiometrning R qismidan olinadi va «CH» 
cho‟tka siljishiga bog‟liq. Shu yo‟l bilan mexanik siljishni elektr kuchlanishiga 
o‟zgartirish amalga oshiriladi. 
Yuklanishsiz holatda cho‟tkaning N nuqtadan o‟ng tomonga x kattalikka 
siljiganda O‟O‟ning chiqish kuchlanishi U yuklanishsiz U=UR
x
/R=U
x
/l ga teng. 
Bu holatda O‟O‟ning statik xarakteristikasi to‟g‟ri chiziqli bo‟ladi. Yuklangan 
holatda esa statik xarakteristikasi notekis bo‟ladi. Bu holda O‟O‟ ning chiqish 
kuchlanishi U
chiq
=I
n
R
n

Bu yerda I
n
- yuklangan qarshilik R
n
dan o‟tuvchi tok. 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling