O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Potensiometrik O‟O‟
3 - LABORATORIYA ISHI SILJISH O‟LCHOV O‟ZGARTKICHLARINING XARAKTERISTIKALARINI ANIQLASH ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD: Potensiometrik va induktiv siljish o‟lchov-o‟zgartkich (O‟O‟) larining tuzilishi va ishlashini o‟rganish. QO‟LLANILADIGAN JIHOZLAR: Siljish O‟O‟larining ishlashini o‟rganish va ularning xarakteristikalarini olish uchun qo‟llaniladigan laboratoriya qurilmasi. UMUMIY MA‟LUMOTLAR Qishloq xo‟jaligi va sanoat avtomatikasida mashina va mexanizmlarni miqdoran kichik bo‟lgan chiziqli va burchak siljishlarini o‟lchashda potensiometrik, induktiv va sig‟imli qabul qiluvchi sezgich organlari bo‟lgan elektr O‟O‟lari (datchiklar) keng qo‟llaniladi. Bu O‟O‟larning ishlash prinsipi kirish kattaligi - siljishning chiqish kattaligi - elektr zanjirining ma‟lum bir parametrini o‟zgartirishiga asoslangan. Potensiometrik O‟O‟ burchak va chiziqli siljishlarni o‟lchash uchun ishlatiladi, ya‟ni mexanik siljishlarni tok yoki kuchlanishga o‟zgartirib berishga xizmat qiladi. Potensiometrik O‟O‟ asosiy qismlari - keramik yoki plastmassali 71 asos 1, unga o‟ralgan sim chulg‟am 7 va qo‟zg‟aluvchi kontakt (polzunok) 3 (2.3.1a-rasm). Xalqasimon potensiometrik O‟O‟ning tuzilishi quyidagicha: tok o‟tkazmaydigan materialdan yasalgan asos 1 ga solishtirma qarshiligi yuqori bo‟lgan materiallar (nixrom, platina, iridiy va platina-palladiy qotishmalari)dan tayyorlangan sim shulg‟am 2 o‟ralgan. Sim shulg‟am 7 ustida o‟q 5 orqali cho‟tka 4ga mahkamlangan kontakt 6 harakatlanadi. Manbadan kirish kuchlanishi sim shulg‟amning ikki uchiga beriladi va chiqish kuchlanishi sim shulg‟amning bir uchi va tok ajratuvchi halqa 2 da joylashgan kontakt 3 orqali olinadi. O‟O‟ yuklanishsiz ishlaganda chiqish kuchlanishi cho‟tka holatining o‟zgarishiga, ya‟ni qarshilikning o‟zgarishiga mos ravishda o‟zgaradi va statik xarakteristikasi to‟g‟ri chiziqdan iborat bo‟ladi. 2.3.1- rasm. Xalqasimon potensiometrik siljish o‟lchov o‟zgartkichi a) prinsipial va b) elektr sxemasi O‟O‟ning statik xarakteristikasini quyidagi tenglikdan topish mumkin: R = a(2 r360 o ) R a , [Om/grad] Bunda R a - bir xil o‟ralgan chulg‟amdagi birlik aylana uzunligiga to‟g‟ri keladigan solishtirma qarshilik (o‟ralgan sim materialining solishtirma qarshiligi va ko‟ndalang kesimiga bog‟liq), Om/m; r - O‟O‟ning radiusi, m; a - qo‟zg‟aluvchi kontaktning burilish burchagi, grad. 72 O‟O‟ning sezgirligi: K = dR/d a = (2 r/360) R a , [Om/grad] Aylana uzunligi bo‟ylab mavjud qarshilik miqdori va qo‟zg‟aluvchi kontakt radiusi qancha katta bo‟lsa, O‟O‟ning sezgirligi shuncha yuqori bo‟ladi. 3.1(b)-rasmda potensiometrik O‟O‟ning elektr sxemasi keltirilgan. Yuklanmagan potensiometrning H va K mahkamlagichlariga o‟zgarmas yoki o‟zgaruvchan U kuchlanish ulanadi. Bu holda H mahkamlagich va «CH» cho‟tka orasidagi potensiometr qarshiligi R H =R H /l qonun bo‟yicha o‟zgaradi. Bu yerda R H - H uchastka qarshiligi; l-potensiometr uzunligi; R- potensiometrning to‟la qarshiligi. O‟chiq chiqish kuchlanishi potensiometrning R qismidan olinadi va «CH» cho‟tka siljishiga bog‟liq. Shu yo‟l bilan mexanik siljishni elektr kuchlanishiga o‟zgartirish amalga oshiriladi. Yuklanishsiz holatda cho‟tkaning N nuqtadan o‟ng tomonga x kattalikka siljiganda O‟O‟ning chiqish kuchlanishi U yuklanishsiz U=UR x /R=U x /l ga teng. Bu holatda O‟O‟ning statik xarakteristikasi to‟g‟ri chiziqli bo‟ladi. Yuklangan holatda esa statik xarakteristikasi notekis bo‟ladi. Bu holda O‟O‟ ning chiqish kuchlanishi U chiq =I n R n . Bu yerda I n - yuklangan qarshilik R n dan o‟tuvchi tok. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling