O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
4 - LABORATORIYA ISHI FOTOQARSHILIKLARINING XARAKTERISTIKALARINI OLISH ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD: Fotodatchiklarning tuzilishi va ishlashini o‟rganish, ularning volt-amper xarakteristikalarini qurish, sezgirlik chegarasi va ishlab ketish vaqtini aniqlash. QO‟LLANILADIGAN JIHOZLAR: FSK-2 va FSK-G2 fotoqarshiliklari va ularning xarakteristikalarini olish uchun laboratoriya qurilmasi. UMUMIY MA‟LUMOTLAR Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirishda ko‟pincha yorug‟lik oqimini elektr tokiga o‟zgartiradigan va yorug‟lik oqimining o‟zgarishini seza oladigan elementlardan - fotoo‟zgartkichlardan foydalanish zaruriyati vujudga keladi. Fotoelementlar, fotodiodlar va fotoqarshiliklar avtomatikaning ana shunday 77 elementlari hisoblanadi. Ular avtomatik tizimlarda jarayonlarni boshqarish va nazorat qilishda keng tarqalgan. Fotoo‟zgartkichlarning asosiy xarakteristikalari - bu yorug‟lik (statik) va volt- amper xarakteristikalari va yorug‟lik oqimiga sezgirligidir. Yorug‟lik xarakteristikasi - kuchlanish o‟zgarmas bo‟lgandagi yorug‟lik oqimiga nisbatan fototokning o‟zgarishi. Volt-amper xarakteristikasi - yorug‟lik oqimi o‟zgarmas bo‟lgandagi kuchlanishning fototok bilan bog‟liqligidir. Fotoelektrik o‟zgartkichning o‟zgartirish koeffitsienti uning sezgirligi deyiladi. Mavjud fotoo‟zgartkichlar ishlash prinsipiga qarab uch turga bo‟linadi: 1) tashqi fotoeffektli; 2) ichki fotoeffektli; 3) ventil fotoeffektli. Ayrim moddalarning yoritilish ta‟sirida tashqi muhitga elektronlar chiqarishi tashqi fotoeffekt hodisasi hisoblanadi. Tashqi fotoeffektli fotoelektr o‟zgartkichlarining ishlash prinsipi quyidagi hodisaga asoslangan: agar ichida elektrodlar kavsharlangan havosiz lampadagi elektrodlarning biri - katod yoritilsa, yorug‟lik ta‟siri ostida elektrod materialidan elektronlar tashqariga chiqib, tashqi manba kuchlanishi hosil qilayotgan elektr maydonining yordamida ikkinchi elektrod - anod tomon harakatlanadi va fototok paydo bo‟ladi. Lampali fotoelement havosi so‟rib olingan (vakuumli) yoki inert gaz-argon bilan to‟ldirilgan shisha ballon ichki devoriga yopishtirilgan, yorug‟likni o‟ta sezuvchi yarimo‟tkazgich, ko‟pincha surma-seziy qatlamidan iborat bo‟lgan katod K dan va doira shaklidagi plastina yoki halqadan iborat bo‟lgan anod A dan tuzilgan (2.4.1-rasm). Vakuumli fotoelementlar to‟yinganlik rejimida ishlaydi, ya‟ni fototokning qiymati kuchlanishga emas, balki yorug‟lik oqimiga bog‟liq bo‟ladi. 78 Ichki fotoeffektli fotoo‟zgartkichlarning ishlashi fotoelementning ichki qarshiligining yoritilishiga qarab o‟zgarishi hodisasiga asoslangan. Shuning uchun ham bunday fotoelementlar "fotoqarshiliklar" degan nom olgan. Fotoqarshiliklarda elektronlar yorug‟lik ta‟siri ostida fotosezuvchan qatlamdan chiqib ketmasdan, shu qatlamda qoladilar. 2.4.1-rasm. Lampali (vakuumli) fotoelement prinsipial sxemasi Fotoqarshiliklarda yorug‟lik nurining tushishi tufayli yarim- o‟tkazgichlardagi erkin elektronlar soni ko‟payadi, ya‟ni elektr o‟tkazuvchanligi ortadi (yorug‟lik energiyasi tufayli, ya‟ni yorug‟likning yarimo‟tkazgich qatlam yuzasiga tushishi bilan). Bu hodisaga ichki fotoeffekt hodisasi deyladi. Agar elektr toki manbai, o‟lchov asbobi va fotoqarshilikdan iborat bo‟lgan berk elektr zanjirida fotoqarshilik yoritilsa, yorug‟lik oqimi F ta‟siri ostida fotoqarshilikning ichki qarshiligi (yarimo‟tkazgich qarshiligi) R f o‟zgaradi, natijada yuklanish qarshiligi Rn orqali o‟tadigan tok I f ham o‟zgaradi: Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling