O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
I
f = U / (R f + R n ), bunda U - manba kuchlanishi. Fotoqarshilikning sezuvchanligi S f uning xarakteristikasi I f = f(f) ga muvofiq aniqlanadi: S f = I f / F, [mA/lm] Yorug‟lik ortishi bilan fotoqarshilikning sezuvchanligi kamayadi, manba kuchlanish oshirilishi bilan fototok miqdori o‟zgarmaydi. Ya‟ni to‟yingan tok hosil 79 bo‟ladi. Fotoqarshilik xarakteristikasining ana shu nuqtasi sezgirlik chegarasi hisoblanadi. Konstruktiv jihatdan fotoqarshiliklarning tuzilishi (2.4.2-rasm) shisha plastinka 5 ustiga qoplangan, yupqa yarimo‟tkazgich 4 (selen, kadmiy sulfid, qo‟rg‟oshin sulfid, talliy sulfid va shunga o‟xshashlar) fotosezuvchan qatlamdan va plastmassa qobiq 2 dan iborat. Yarim-o‟tkazgich qatlamining qarama-qarshi tomoniga fotoqarshilikni zanjirga ulovchi metall elektrodlar 1 mahkamlangan. Yorug‟lik yarim-o‟tkazgichga shisha oyna 3 orqali tushadi. 2.4.2-rasm. Ichki fotoeffektli fotoo‟zgartkich prinsipial sxemasi Ventil fotoeffektli fotoelementning ishlash prinsipi yoritilgan yarimo‟tkazgich bilan metallning chala tiniq qatlami chegarasida elektr yurituvchi kuch (e.yu.k.) hosil bo‟lishiga asoslangan. Hosil bo‟lgan e.yu.k. ta‟siri ostida tashqi zanjirda elektr toki (fototok) paydo bo‟ladi. Ventilli fotoelementlar xarakteristikasi tashqi effektli fotoelement bilan fotoqarshilik orasida oraliq holatni egallaydi. LABORATORIYA QURILMASINING TUZILISHI Fotoqarshiliklarning xarakteristikalarini olish uchun qurilma (2.4.3-rasm) yoritgich 1, fotoelement 4, elektromagnit rele 7 va signal lampachasi 8 dan iborat. Reostat 3 yordamida ta‟minlovchi kuchlanishni o‟zgartirib, yoritgichning yorug‟lik oqimini o‟zgartirish mumkin. 80 2.4.3-rasm. Fotoqarshiliklarning xarakteristikalarini olish laboratoriya qurilmasining elektr prinsipial sxemasi Yoritgichning ta‟minlovchi kuchlanish qiymati voltmetr 2 bilan, fototok qiymati va fotoqarshilikning ta‟minlovchi kuchlanishi milliampermetr 5 va voltmetr 6 bilan nazorat qilinadi. Ta‟minlovchi kuchlanish qiymatini o‟zgartirish mumkin bo‟lishi uchun fotoqarshilik 220V o‟zgaruvchan tok zanjiriga pasaytiruvchi transformator orqali ulanadi. ISHNI BAJARISH TARTIBI 1. Laboratoriya qurilmasi tuzilishi va sxemasini o‟rganish. 2. Qurilmani elektr manbaiga ulash. 3. Reostat yordamida yoritish zanjirida kuchlanishni o‟zgartirish bilan olingan fototok qiymatlarini 2.4.1-jadvalga kiritib, FSK-2 ning volt-amper xarakteristikasini olish. 4. Inersion xarakteristikasini (sezgirligi) olish (ishlab ketish vaqtining yoritish zanjiridagi kuchlanishga (yoritilishga nisbati). Buning uchun kuchlanish reostat 3 yordamida fotoqarshilik ishlab ketishi sodir bo‟ladigan minimal qiymatga qo‟yiladi 81 (fotoqarshilikning ishlab ketishi zanjirga rele 7 orqali ulangan signal lampachasi 8 ning yonishi bilan aniqlanadi). Minimal qiymat (ya‟ni, sezgirlik chegarasi) aniqlanib, fotoqarshilik ulab-o‟chirgichi o‟chirilib, qayta ulanadi va sekundomer ishlatib yuborilib fotoqarshilikning ishlab ketishi bilan o‟chiriladi. FSK-2 ning ishlab ketish vaqti kuchlanishning bir necha qiymatlari uchun aniqlanadi. 5. Yuqoridagi tajribalarni FSK-G2 fotoqarshiligi uchun ham qaytarish. TAJRIBA NATIJALARI JADVALLARI 2.4.1-jadval. FSK-2 fotoqarshiligi uchun U 0 0 2 4 6 8 10 12 I f1 I f2 I f3 I fo‟rt 2.4.4-rasm. U = const bo‟lgandagi FSK-G2 ning volt-amper xarakteristikasi Hisoblab aniqlanadigan ko‟rsatkichlar: Sezgirlik chegarasi U = Sezgirlik koeffisienti S = I F o‟rt / Uo = Inersionligi T = 82 2.4.2-jadval. FSK-G2 fotoqarshiligi uchun U 0 0 2 4 6 8 10 12 I f1 I f2 I f3 I fo‟rt 2.4.5-rasm. U = const bo‟lgandagi FSK-G2 ning volt-amper xarakteristikasi Hisoblab aniqlanadigan ko‟rsatkichlar: Sezgirlik chegarasi U = Sezgirlik koeffisienti S = I F o‟rt / Uo = Inersionligi T = BAJARILGAN ISH BO‟YICHA HISOBOT MAZMUNI 1. Fotoo‟zgartkichlar va laboratoriya qurilmasi sxemalari va ular haqida qisqacha ma‟lumot. 2. Tajriba natijalari jadvallari. 3. Fotoo‟zgartkichlarning volt-amper xarakteristikalari. 4. Xulosa. 83 NAZORAT SAVOLLARI 1. Qanday elementlarga fotoelementlar deyiladi? 2. Ichki va tashqi fotoeffekt hodisasi deb nimaga aytiladi? 3. Fotoo‟zgartkichlarning qanday turlarini bilasiz? 4. Fotoelementlarning asosiy xarakteristikalari. Hisobotni bajardi _______________________"__"______ 20 __y. f.i.sh., imzo Hisobotni qabul qildi ______________________"___"_____ 20 __y. f.i.sh., imzo Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling