O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
5 - LABORATORIYA ISHI IDISHDAGI SUYUQLIK SATHINI BARQARORLASH TIZIMINING O‟TISH JARAYONI XARAKTERISTIKASINI OLISH ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD: Avtomatik barqarorlash tizimsining tuzilishi va ishlashini o‟rganish, o‟tish xarakteristikasini olish. QO‟LLANILADIGAN JIHOZLAR: Ichki yonuv dvigateli karbyuratoridagi qalqovichli kameraning ishlash prinsipida ishlaydigan suv sathini avtomatik rostlash laboratoriya qurilmasi, sekundomer. UMUMIY MA‟LUMOTLAR Boshqarilayotgan kattalikning o‟zgarishiga, ya‟ni ishlash algoritmiga ko‟ra avtomatik tizimlar barqarorlovchi, dasturli, kuzatuvchi (taqlidiy) va o‟zi moslashuvchi tizimlarga bo‟linadi. Barqarorlovchi tizimlar boshqarilayotgan kattalikning talab qilinayotgan (belgilangan) qiymatini berilgan aniqlikda rostlab turush uchun xizmat qiladi. 2.5.1-rasmda qalqovichli O‟O‟li idishdagi suyqlik sathini barqarorlovchi tizimning prinsipial sxemasi ko‟rsatilgan bo‟lib, u elektrodvigatel 1, suv nasosi 2, rezina naychalar bilan o‟zaro bog‟langan ikkita chap 3 va o‟ng 4 suyuqlik solingan idishlar, qalqovich 5 va kontakt 6 dan iborat. Qalqovich richag orqali ulovchi 84 kontaktlarga ta‟sir qiladi. Buning natijasida suv nasosi 2 ishga tushib chap idishdan suv o‟ng idishga naycha orqali o‟ta boshlaydi. O‟ng idishga suv sathini ko‟rsatib turuvchi shkala o‟rnatilgan. Idishdagi suv sathining o‟zgarishi tufayli qalqovich pastga yoki yuqoriga harakat qilib nasosni yurituvsi elektrodvigatelning ishlashini kontaktlarni ulash yoki uzish yo‟li bilan boshqarib turadi. Nasos ishlamay turganda o‟ng idish chap tomondagiga nisbatan yuqoriroq joylashganligi sababli suv o‟ng idishdan naycha orqali chap idishga oqib o‟ta boshlaydi va o‟ng idishdagi suv sathi pasaya boshlaydi. Qalqovich ham pastga tushib, richag orqali elektr yuritmani manbaga ulaydi. Nasos yana ishga tushib jarayon qaytariladi. Buning natijasida idishdagi suyuqlikning oldindan belgilangan sathi barqaror saqlanib turiladi. 2.5.1-rasm. Idishdagi suyqlik sathini barqarorlovchi laboratoriya qurilmasining sxemasi ISHNI BAJARISH TARTIBI 1. Laboratoriya qurilmasining tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishib chiqiladi. 2. Chap tomondagi idishning yarmidan ko‟prog‟i suv bilan to‟ldiriladi. Ta‟minlash simini 12 V kuchlanishli o‟zgarmas tok manbaiga ulanadi. 3. Barqarorlovchi avtomatik rostlash tizimsi (ART) ning o‟tish xarakteristikasi olinadi. Buning uchun ta‟minlash simini 12 V kuchlanishli 85 o‟zgarmas tok manbaiga ulanadi. Bunda suv nasos yordamida chap idishdan o‟ng idishga o‟tkazila boshlaydi. O‟ng idishdagi suv sathi belgilangan qiymatga yetganda qalqovich yuqori tomon surilib nasosning elektr yuritmasini o‟chiradi - elektr manbaidan uzadi. Ana shu vaqt davomida, ya‟ni, elektr yuritma ishga tushib, to manbadan uzilguncha o‟tgan vaqt mobaynida ma‟lum teng vaqt, masalan, har 3 sekund oralig‟idagi sathning shkala orqali aniqlangan qiymatlari 6.1-jadvalga yoziladi. 4. Kamida 3 takror o‟tkazilgan tajriba natijalarining o‟rtacha qiymatlari asosida sath rostlash jarayonining o‟tish egri chizig‟i quriladi. 5. O‟tish jarayoni egri chizig‟ini tahlil qilish asosida rostlash jarayonining sifat ko‟rsatkichlari (rostlash vaqti - t r ; o‟ta rostlash - G, %; jarayonning tebranuchanligi - n; sathning turg‟un holatdagi balandligi - H tur ; sathning maksimal balandligi - H max ) aniqlanadi va ma‟lum bir xulosaga kelinadi. 2.5.1-jadval. Tajriba natijalari jadvali t,s H,mm t,s H,mm t,s H,mm 2.5.2-rasm. Barqarorlash tizimsining o‟tish jarayoni grafigi 86 O‟tish jarayoni grafigidan aniqlangan sifat ko‟rsatkichlari: H max - sathning max balandligi, H max =….. H tur - sathning turg‟un holatidagi balandligi, H tur =…. ζ - o‟ta rostlash, %: % 100 rt о max tur H H H n - yarim tebranishlar soni, n =…. t r - rostlash vaqti, t r= ….. BAJARILGAN ISH BO‟YICHA HISOBOT MAZMUNI 1. Laboratoriya sxemasi va u haqida qisqacha ma‟lumot. 2. Tajriba natijalari jadvali va o‟tish jarayoni xarakteristikasi. 3. Barqarorlash tizimsining sifat ko‟rsatkichlari. 4. Xulosa. NAZORAT SAVOLLARI 1. Avtomatik rostlash tizimlari ishlash algoritmiga ko‟ra qanday turlarga bo‟linadi? 2. Barqarorlash tizimsi deb qanday tizimga aytiladi? 3. Programmali boshqarish tizimsi deb qanday tizimga aytiladi? 4. Kuzatuvchi tizim deb qanday tizimga aytiladi? Hisobotni bajardi _______________________"__"______ 20 __y. f.i.sh., imzo Hisobotni qabul qildi ______________________"___"_____ 20 __y. f.i.sh., imzo Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling