O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet41/80
Sana30.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1817308
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

2.9.2-rasm. Qurilmaning struktura sxemasi
Nazorat obyektida har qanday suyuq mahsulot bo‟lishi mumkin. Sath 
datchiklari (SD) orqali suyuqlikning pastki va yuqori sathlari to‟g‟risidagi 
ma‟lumotlar sathlari o‟zgarishini xabarlovchi PSXB va YuSXB bloklarga uzatib 
beradi. PSXB va YuSXB bloklar suyuqliklarning past va yuqori sathlarini 
normadan o‟zgarganligi to‟g‟risidagi xabarni operatorga qayd qiluvchi lampalar 
orqali xabarlaydi. PSXB va YuSXB bloklar nazorat obyektidagi suyuqlik sathi 
berilgan oralig‟ida (past va yuqori sathlar oralig‟ida) ushlab turish uchun nasosni 
yoki elektromagnitli klapanni ishga tushirish uchun boshqaruvchi signal ishlab 
chiqaradi. Obyektdagi suyuqlikning sathi o‟zgarishini nazorat qiluvchi 
avtomatlashtirilgan qurilmaning prinsipial sxemasi 2.9.3-rasmda keltirilgan.
Bu yerda idishdagi suyuqlik sathi o‟zgarishini nazorat qilish uchun uchta “0”, 
“N”, “V” elektrodlari (plastinkalar) ishlatilgan. Ularning chiqishlari sim bilan 
sxemaning +23V kuchlanishiga, VT1, VT2 tranzistorlar bazalariga ulangan. Bu 
tranzistorlar elektron kalit vazifalarini bajaradi va suyuqlik sathi o‟zgarishi 


112 
to‟g‟risidagi xabarlarni SD1 va SD2 qayd qiluvchi lampalar orqali operatorga 
yetkazadi. Bu yerda SD1 lampasi orqali suyuqlik pastki sathi o‟zgarganligi, SD2 
lampasi orqali esa suyuqlik yuqorigi sathining o‟zgarishi to‟g‟risida ma‟lumot 
olamiz. 
Qurilma ishlashi uchun 220V ƒ
o
= 50 Gs kuchlanishni +23Vga o‟zgartiruvchi 
stabillashgan manba blokidan foydalanilgan. 
2.9.3-rasm. Obyektdagi suyuqlik sathi o‟zgarishini nazorat qiluvchi 
(xabarlovchi) avtomatlashtirilgan qurilmaning prinsipial sxemasi 
Sxemadagi R1 va R2 relelari idishdagi suyuqlik sathini ko‟rsatilgan oraliqda 
ushlab turishda nasosga boshqaruvchi signal berish uchun ishlatilgan. Qurilmaning 
ishlash prinsipi suyuqlik “0” va “N”, “V” elektrodlariga tekkanda +23V tok manba 
va VT1, VT3 tranzistorlar orasidagi kuchlanishning o‟zgarishiga asoslangandir. Bu 
yerda, bazali tokning ortishi VT1, VT3 tranzistorlarining ochilishiga olib keladi. 
Tajriba ishini o‟tkazish uchun qo‟shimcha suv solingan idish kerak bo‟ladi. 
ISHNI BAJARISH TARTIBI 
1. Idishga suyuqlikning quyilish jarayonida suyuqlik sathini belgilangan 
nuqtadan past tushganligini nazorat qilish-xabarlashni tadqiq qilish. 


113 
Buning uchun: 
a) Tayorlab qo‟yilgan uchta elektrodli panel shishali idishga tushiriladi
b) Qurilmadagi “T” tumbler “Vkl” holatiga o‟tkaziladi. Qurilmaning yuzasida 
joylashgan “SD1”, “SD2”, “Nasos”, “Set” chiroqlari yonishi kerak. Bu shuni 
bildiradiki: 
- idishda umuman suyuqlikning yo‟qligini yoki suyuqlikning sathi 
nihoyatda past ekanligini
- suyuqlikning sathi o‟zgarishini nazorat qiluvchi qurilmaning normal 
ishlayotganligini; 
- idishga suv quyish uchun nasosning ishlayotganligini. 
2. Idishdagi suyuqlik pastki sathining normaga yetganligini tadqiq qilish. 
Buning uchun: 
Idishga suyuqlikni sathi o‟rtancha – (N) klemmali elektrodning uchiga 
tekkuncha quyish kerak. Suyuqlikning sathi o‟rtancha elektrod uchiga yetganda 
o‟chib turgan SD1 qayd qiluvchi lampa yonadi va suyuqlikni pastki sathi normada 
ekanligini bildiradi. Bu yerda, yonib turgan SVU qayd qiluvchi lampa 
suyuqlikning sathi yuqori sathdan past ekanligini hamda nasos idishga suyuqlik 
haydayotganligini bildiradi. 
Idishga suv quyish jarayonida “N” klemmali elektrodning uchiga suvning 
yuzasi tekkanida “SD1” lampasi yonishiga diqqat bilan ahamiyat berish kerak va 
shu sath shkalasini lineykada belgilang. Agarda suvning yuzasi elektrodning 
uchiga tekkanida “SD1” lampasi o‟chmasa, suv quyushni juda sekinlik bilan SD1 
lampasi yongunga qadar davom yetkazing va lampa yongan sathdagi shkalaning 
kattaligini yozib oling. 
“N” klemmali elektrodning uchi joylashgan shkalani va “SD1” lampasi 
uchgan sathdagi shkalani kattaligini millimetrda aniqlang. Bu kattalik elektron 
xabarlovchi qurilmaning ishlashi xatoligini bildiradi. 
Masalan “N” elektrodning pastki sathini 5 mll olsak, suvning sathi ushbu 5 
mllga teng bo‟lganda “SD1” lampasi yonsa u holda ∆H – absolyut xatolik va 
boshqa xatoliklar nolga teng bo‟ladi.


114 
Agar suvning sathi “N” elektrodni uchidan 1 ml shkalaga, ya‟ni H =5,1 mll 
bo‟lganda “SD1” lampasi uchsa, u holda H

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling