O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
d
=5mll, H h =5,1 mll deb olsak Absolyut xatolik ∆H = H d - H h (9.1) iIfoda,bilan aniqlanadi, bu yerda: H d - o‟lchanayotgan xatoliklarning haqiqiy qiymati (shkala bo‟yicha); H h - hisoblagich yordamida o‟lchab olingan qiymat priborning ko‟rsatishi. Demak, ∆H = H d - H h = 5 – 5,1 = - 0,1mll. Nisbiy xatolik quyidagi ifodadan aniqlanadi: % 100 д H H (9.2) 3. Idishdagi suyuqlikning yuqori sathi normada ekanligini tadqiq qilish. Buning uchun: Idishga suyuqlikni sathi chekkadagi “V” klemmali elektrodning uchiga tekkancha quyish kerak. Suyuqlikning sathi “V”- klemmali elektrod uchiga yetganda yonib turgan “SD2” qayd qiluvchi lampa o‟chadi va suyuqlikning sathi yuqorigi sathiga (normaga) yetganligini bildiradi. “Nasos” lampasi o‟chib nasos idishga suyuqlikni haydashdan to‟xtaganligini bildiradi. Bu yerda ham xuddi 2- punktdagidek xabarlash, o‟lchash xatoliklarini aniqlash kerak. 4. Idishdagi suyuqlik sathi belgilangan nuqtadan past tushganligini xabarlashni tadqiq qilish(idishdan suvni sarf qilish ya‟ni chiqarib olish jarayonida). Buning uchun: a) Suyuqlik to‟ldirib qo‟yilgan idishdan (suyuqlik sathi yuqorigi elektrod uchiga bemalol tegib turgan bo‟lishi kerak) tayyorlab qo‟yilgan idishning jo‟mragi orqali idishdan suv sekinlik bilan chiqariladi. Idishdagi suyuqlikning sathi yuqorigi elektrod uchidan pastga tushganda “SD2” qayd qiluvchi lampa yonib, suyuqlikning sathi normadan pastga tushganligini bildiradi. Bu holda, “SD1”, “Nasos” lampalari yonmaydi. b) Suyuqlikning sathi normadan pastki sathga tushganligini xabarlashni tadqiq qilish. Buning uchun: 115 Idishdagi suyuqlikni sekinlik bilan chiqarib yuborishni davom ettirish kerak. Idishdagi suyuqlikni sathi pastki “N” elektrodning uchidan pastga tushganda “SD1” qayd qiluvchi lampa yonib suyuqlikni sathi normadan pastga tushganligini bildiradi. Bu yerda “SD1” lampasi bilan birgalikda “Nasos” lampasi ham yonib idishga suv quyish boshlanganligidan xabar beradi. Ikkala holatda ham yuqoridagidek ABTolyut va nisbiy xatoliklarni hisoblash kerak. Stendni boshlang‟ich holatga keltiring. Buning uchun “tumbler”ni “Otkl” holatga o‟tkazish kerak. Hisobot mazmuni 1. Idishdagi suyuqlikning sathini normadan pastda ekanligini 2-punktga asosan ishni bajaring va olingan natijalarni 1-jadvalga kiriting, o„rtacha arifmetik hamda o„rtacha xatoligini hisoblang va sathning o„zgarish grafigini quring. 2.9.1-jаdval O„lchashlar soni № 1 2 3 4 5 O„rtacha arifmetik qiymat, mm O„rtacha xatolik, % O„lchash sathlari,% 4,5 4,7 4,9 4,7 5,0 O„rta sathdan past ekanligini o„lchash natijalari, mm Absolyut xatolik Δ, % 2. Idishdagi suyuqlikning sathini normadan baland ekanligini 2-punktga asosan ishni bajaring va olingan natijalar bo„yicha 2-jadvalni to„ldiring, o„rtacha arifmetik hamda o„rtacha xatoligini hisoblang va sathning o„zgarish grafigini quring. 116 2.9.2- jаdval O„lchashlar soni № 1 2 3 4 5 O„rtacha arifmetik qiymat, mm O„rtacha xatolik, % O„lchash sathlari, % 5,0 5,1 5,2 5,3 5,1 O„rta sathdan past ekanligini o„lchash natijalari, mm Absolyut xatolik Δ, % HISOBOT MAZMUNI 1. Laboratoriya ishining maqsadi. 2. Laboratoriya stendning prinsipial sxemasi. 3. Tajriba natijalari jadvallari va grafiglari. 4. Xulosa. NAZORAT SAVOLLARI 1. Idishlardagi suyuqliklar sathi o‟zgarishini nazorat qiluvchi, xabarlovchi usullar va datchiklarni turlarini ayting. 2. Suyuqliklar sathi o‟zgarishini nazorat qiluvchi, xabarlavchi usullarni, datchiklar xarakteristikalarini, afzalliklari va kamchiliklarini tushuntirib bering. 3. Obyektdagi suyuqlik sathi o‟zgarishini nazorat qiluvchi va xabarlovchi qurilmaning tuzilishini, bloklari asosiy vazifalari va ishlash prinsipini ayting. Obyektdagi suyuqlik o‟zgarishini rostlash oralig‟ini qanday qilib o‟zgartirish mumkin? 4. Obyektdagi suyuqlik o‟zgarishini nazorat qilish, xabarlash xatoligi nimaga bog‟liq? Hisobotni bajardi _______________________"__"______ 20 __y. f.i.sh., imzo Hisobotni qabul qildi ______________________"___"_____ 20 __y. f.i.sh., imzo Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling