O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov


Download 2.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/80
Sana30.01.2024
Hajmi2.8 Kb.
#1817308
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80
Bog'liq
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH

 
 


99 
8 - LABORATORIYA ISHI 
ISSIQLIK O‟LCHASH O‟ZGARTKICH (DATCHIK) LARINI VA 
OBYEKT HARORATINI NAZORAT QURILMASINING ISH 
JARAYONINI TADQIQ QILISH 
ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD
1. Muhit va moddalarning haroratini o‟lchovch iissiqlik datchiklarining 
tuzilishi, xarakteristikalari va ishlash prinsiplarini organish. 
2. Obyektning harorati o‟zgarishini nazorat qiluvchi qurilmani ng tuzilishi va 
ishlashini o‟rganish. 
3. Harorat o‟lchash o‟zgartkichi xarakteristikasini tadqiq qilish. 
QO‟LLANILADIGAN JIHOZLAR: Obyektning harorati ozgarishini nazorat 
qiluvchi qurilma va issiqlik datchiklari. 
UMUMIY MA‟LUMOTLAR 
Moddalarning isitilganlik darajasini tavsiflaydigan va issiqlik holatini 
aniqlaydigan kattalik mashinasozlik, kimyo,oziq-ovqat ishlab chiqarish, qishloq 
xo‟jalik mahsulotlarini qayta ishlash sanoatlarida, harorat asosiy parametr 
hisoblanadi.
Haroratni o‟lchashda ikki xil harorat shkalasidan foydalaniladi: termodinamik 
Kelvin (K) o‟lchash birligi va halqaro amaliyotdagi selsiy (
o
C) gradusi o‟lchov 
birligi bilan.
Selsiy gradusida ifodalangan haroratdan (t,
o
C) kelvinda (T, K) ifodalangan 
haroratga o‟tish uchun ushbu formula xizmat qiladi:
T= (t+273,15) K
Odatda, haroratni o‟lchash uchun haroratga bog‟liq holda va uni o‟lchash 
qulay bo‟lgan jismning qandaydir fizik xususiyati o‟zgarishidan foydalaniladi.


100 
HARORAT O‟LCHOV-O‟ZGARTKICHLARI
Harorat O‟O‟ turli obyekt va muhitlar temperaturasini o‟lchash, nazorat qilish 
va rostlash uchun mo‟ljallangan bo‟lib, ishlash prinsiplari termometrik moddalar- 
suyuq, bimetall va metall sterjenlarning ular kiritilgan muhit temperaturasi ta‟sirida 
hajmiy yoki chiziqli kengayishiga, o‟tkazgich yoki yarim o‟tkazgichlarni elektr 
qarshiligining o‟zgarishiga, yopiq jism ichidagi gaz yoki suyuqlik bosimining 
o‟zgarishiga hamda termoelektrik effekt hodisalariga asoslangan. 
Elektrissiqlik (bimetαllplastinali) temperatura O‟O‟ ishlash prinsipi shu 
turdagi bosim O‟O‟niki kabi bo‟lib, germetik patronga joylashtirilgan bimetall 
plastina nazorat qilinayotgan muhitga (masalan, patron IYOD silindrlari bloki 
qopqog‟iga) o‟rnatilganda temperaturaning o‟zgarishi plastinalar deformatsiyasi 
(chiziqli kengayishiga)ning oshishi va buning natijasida elektr zanjirida tok 
kuchining o‟rtacha qiymatini kamayishiga olib keladi. 
Chiziqli kengayish haroratga tengdosh ravishda o‟zgaradi. Dilatometrli va 
bimetalli termorezistorlar asosan xabarlash (signalizatsiya) vazifasini bajarish 
uchun ishlatiladi hamda avtomatik rostlash tizimlarida qo‟llaniladi.
Termoelektrik O‟O‟ (2.8.1-rasm)ishlash prinsipi 1821 yilda Zeebek kashf 
etgan termoelektr effekt hodisasiga asoslangan. Bu hodisaning temperaturalarini 
o‟lchashda qo‟llanishi ikki xil metall simdan iborat zanjirda ularning 
kavsharlangan joyida temperaturalar farqi hisobiga hosil bo‟ladigan e.yu.k. 
effektiga asoslangan. E.yu.k. hosil bo‟lishining sababi erkin elektronlar zichligi 
ko‟proq metallning erkin elektronlar zichligi kamroq metallga diffuziyasi bilan 
izohlanadi. Termo e.yu.k.ning qiymati sovuq t
s
va issiq t
i
uchlari temperatura farqiga 
proporsional bo‟lib, sim qaysi metalldan tayyorlanganligiga ham bog‟liq:
E = a (t
i
-t
s
), 
bunda a - termojuft materialiga bog‟liq bo‟lgan termoelektrik doimiy.
 Qarshilik termometrlari (termorezistorlar) o‟tkazgichli hamda yarim 
o‟tkazgichli turlarga bo‟linadi. O‟tkazgichli termoqarshiliklar (2.8.2-rasm) toza 
metallardan tayyorlanadi. Ko‟pchilik toza metallarning elektr qarshiligi


101 

Download 2.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling