O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
7 - LABORATORIYA ISHI DVIGATEL VALINING AYLANISH CHASTOTASINI AVTOMATIK ROSTLASH TIZIMINING STATIK VA DINAMIK XARAKTERISTIKALARINI ANIQLASH ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD: avtomatik rostlash tizimlarining statik va dinamik xarakteristikalarini olish usullari bilan tanishish va tizimtik xatoliklarni aniqlash. QO‟LLANILADIGAN JIHOZLAR: markazdan qochma barcha rejimli regulyatorli ichki yonuv dvigatelining ishlashini modellashtiruvchi stend. UMUMIY MA‟LUMOTLAR Statik xarakteristika - avtomatik tizim barqaror ishlashini boshqaruvchi parametr (yuritgich valining aylanish chastotasi - n) bilan kirish signali (dvigatel validagi qarshilik momenti - M) orasidagi funksional bog‟lanishdir. [n = f (Mn)]. Avtomatik rostlash tizimi (ART) ning statik xatosi deb, uning barqaror ishlaganda boshqarilayotgan parametrining haqiqiy qiymati bilan berilgan qiymati 93 orasidagi farqqa aytiladi. Statik xatolikka ega avtomatik tizimlar statik ART lar deyiladi. Boshqarilayotgan parametrning qiymati berilganga iloji boricha yaqin bo‟lishi talabi faqat ART ning barqaror ishlash hamda o‟tish jarayoni davriga ham tegishlidir. ART ning shu talabga layoqatliligini aniqlash maqsadida uning barqaror ishlash hamda o‟tish jarayonida tadqiqot o‟tkaziladi. ART ning dinamik xarakteristikalari o‟tish yoki vaqt va chastotaviy xossalarga bo‟linadi. O‟tish xarakteristikasi bosh-qarilayotgan parametrning o‟tish jarayoni davomida o‟zgarishidir. O‟tish funksiyasi ART ning kirishiga birlik pog‟onali signal berish natijasida olinadi. ART ning bir barqaror ishlash tartibidan, agar tizimga tashqi yoki boshqaruvchi ta‟sir bo‟lsa, ikkinchi barqaror ishlash tartibiga o‟tishi uchun ketgan vaqt uning inersionligini belgilaydi. O‟tish xarakteristikasidan ART ning turg‟unligini va ishlash sifatini aniqlash mumkin. LABORATORIYA QURILMASINING TUZILISHI Stend laboratoriya stoliga mahkamlangan. Texnik xavfsizlik hamda o‟tayotgan jarayonni kuzatish maqsadida stend organiq oyna- g‟ilof bilan yopilgan. Stend (2.7.1-rasm) o‟zgarmas tokli elektrodvigatel 1, barcha rejimli regulyator RV, avtomatik taxometr 2, o‟zgarmas tok kuchaytirgichi UPT-1, o‟zgaruvchi rezistorlar R 10 , R 11 dan iborat. Elektr yuritgich 1 valiga regulyator RV va aylana bo‟yicha bir xil taqsimlangan 60 ta teshikli disk-parda 3 mahkamlangan. Regulyator harakatlanuvchi mufta 4, reyka 5 va richag 6 yordamida qo‟zg‟atish elektr g‟altagi (obmotka vozbujdeniya) zanjirining umumiy elektr qarshiligini o‟zgartiruvchi rezistor R 11 bilan bog‟langan. Rezistor R 11 qarshiligi dizelga beriladigan yoqilg‟i o‟zgarishining o‟xshatmasidir. 94 2.7.1-rasm. Dvigatel valining aylanish chastotasini ART ni tekshirish uchun laboratoriya qurilmasining prinsipial sxemasi O‟zgaruvchi rezistor R 10 yordamida elektr yuritmaning aylanish chastotasi qo‟yiladi. Elektr yuritgich vali yuklanishining o‟zgarishi R 1 ...R 9 rezistorlarni ulagich SA1 yordamida zanjirga ulash orqali amalga oshiriladi. Stend quyidagi tartibda ishlaydi: Stendning oldi yuzasiga o‟rnatilgan ulagich "tarmoq" deb yozilgan tomonga buralgach, kuchlanish pasaytiruvchi transformator TR1 dan to‟g‟rilagichga, kuchaytirgich UPT-1 orqali elektr yuritmasiga o‟tkaziladi. Elektr yuritgichning aylanish chastotasini rezistor R 10 yordamida minimal qiymatdan maksimumgacha o‟rnatish mumkin. Elektr yuritgich ishlaganda markazdan qochma kuch hisobiga yukchalar 7 harakatga keladi, prujina 8 qisilib, mufta 4 yuqoriga yoki pastga qarab siljiydi. Mufta reyka 5 va richag 6 orqali o‟zgaruvchi rezistor R 11 kontaktini (sxema bo‟yicha) yuqoriga va pastga siljitib, yuritgich yuklanishiga monand aylanish chastotasini rostlaydi. 95 Elektr yuritgichning yuklanishi kamaysa (SA1 ulagich yordamida o‟zgartiriladi), valning aylanish chastotasi oshadi yukchalar 7 ko‟proq ochilib, mufta 4 yuqoriga siljiydi, reyka 5 va richag 6 orqali o‟zgaruvchi rezistor R11 ning kontaktini surib, elektr qarshiligini oshiradi, elektr yuritgichning harakatlantirish g‟altagidan o‟tayotgan tok kamayadi, buning natijasida valning aylanish chastotasi kamayadi. Elektr yuritgichning yuklanishi ko‟paysa, valning aylanish chastotasi kamayadi, markazdan qochma kuch kamaygani uchun prujina 8 muftani pastga harakatlantiradi. Natijada rezistor R 11 qarshiligi kamayadi, g‟altakdan o‟tayotgan tok ko‟paygani uchun elektr yuritgich valining aylanish chastotasi oshadi. Yuritgichning aylanish chastotasi avtomatik taxometr bilan o‟lchanadi. Taxometr - chastotani bo‟luvchi ChB, dekadalar hisoblash bloki DHB, avtomatika bloki AB, shakllantiruvchi blok ShB, o‟zgartkich va disk-parda 3 dan iborat bo‟lgan - fotoelektrik datchik 9 dan tashkil topgan. Chastota bo‟luvchi ChB - elektr tarmoq chastotasi 50 Gs.ni yoki tashqi generator chastotasini 50ga bo‟lish va o‟lchash vaqtini belgilash uchun xizmat qiladi. Shakllantiruvchi blok kirish signalini kuchaytirib, uni kerakli shaklga o‟zgartiradi. Dekadalar hisoblash bloki DHB, avtomatika yordamida ajratilgan ma‟lum vaqt ichida kelayotgan impulslar sonini hisoblaydi. U deshifrator va ARS 318 tipidagi indikatordan iborat. Avtomatika bloki AB o‟lchash jarayonini (ulash, hisoblagich ko‟rsatkichini o‟chirish, indikasiya vaqtini ajratish) avtomatik boshqaradi. Fotoelektrik datchik modullashtirilgan yorug‟lik oqimini chastotasi valning aylanish tezligiga proporsional bo‟lgan elektr impulslarga o‟zgartirib beradi. Qabul qilingan elektr impulslar shakllantiruvchi blokka uzatilib, u yerda kuchaytirib va to‟g‟ri burchakli impulslarga o‟zgartirib beriladi. 96 Hisoblagichning ko‟rsatkichi - valning burchak tezligi, bir aylanishidagi impulslar soni "s" va o‟lchash vaqti t ga to‟g‟ri proporsional bo‟lib, quyidagi tenglikdan aniqlanadi: Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling