O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi a. D. Abdazimov, Е. O‟ljayev, N. N. Omonov
Download 2.8 Kb. Pdf ko'rish
|
TEXNIK TIZIMLARNI BOSHQARISH
202 5-AMALIY MASHG„ULOT Tizim o„tish jarayonining sifat ko‟rsatkichlarini bilvosita (taxminiy) va bevosita (o‟tish xarakteristikasi qurish va uni tahlili asosida) aniqlash Ishning maqsadi – Tizim ish jarayonining sifat ko‟rsatkichlarini bilvosita (taxminiy) va bevosita (o‟tish xarakteristikasi orqali) aniqlash boyicha bilim va ko„nikmalarni o„zlashtirish. Topshiriq - Talaba shaxsiy topshirig„idagi ABTning sifat ko‟rsatkichlarini bilvosita va bevosita usullar yordamida aniqlash va baholash. Umumiy ma‟lumotlar Tizimning sifat ko‟rsatkichlarini taqribiy baholashda tizimning turli tipik kirish ta‟sirlariga javob reaksiyasi, ya‟ni o‟tish funksiyasining grafigi tahlil qilinadi. Tizimning sifat ko„rsatkichlarini aniqlash usullari. Avtomatik tizimning ishlash sifati dinamik ko„rsatkichlari (rostlash vaqti - p t , o„tarostlash va o„tish jarayoning tebranuvchiligi теб n ) yuqorida ta‟kidlanganidek, tizim o„tish jarayonining grafigini (3,9-rasm) tahlil kilish orqali aniqlanadi. Bu grafikni tajriba yo„li bilan, elektronhisoblash mashinalari (EHM) da modellashtirish yoki hisoblash (analitik) usullari bilan olish mumkin. Tajriba usuli bilan o„tish jarayonining grafigi olish uchun ABT, ya‟ni boshqarish ob‟ekti va boshqaruvchi qurilma (rostlagich) zarur o„lchov, qayd qiluvchi asbob va qurilmalar bilan jihozlangan bo„lishi kerak. Bunday tizimga birlik kirish ta‟siri 1(t) berilib, chiqish kattaligi y(t)ning o„zgarishi yozib (qayd qilib) olinadi va shular asosida o„tish jarayoni egri chizig„i quriladi. Bu usulning kamchiligi - uni har doim ham amalga oshirib bo„lmaydi, chunki loyihalash davrida bo„lajak ABTning u yoki bu qismi etishmasligi mumkin, etarli aniqlikda o„lchash qiyinligi va amalga oshirish uchun qimmat baho qurilma kerakligidir. Modellashtirish usuli o„tish jarayoni tavsiflovchi differensial tenglamalarni EHMlarda yechishdan iborat. Hozirda murakkab ABTlarni tadqiqot qilish 203 imkonini beradigan EHM lar uchun ko„plab dasturlar ishlab chiqilgan. Shulardan biri ABTni hisoblashda qo„llanadigan MatLAB dasturidir. MatLAB keng miqyosdagi dinamik tizimlarni analiz(tahlil) va sintez qilishdagi ilmiy va muhandslik hisoblarini bajarish mumkin. MatLAB da immitatsion modellashtirish mobayinida har qanday blokning chiqish kattaligining o„zgarish qonuniyati grafiklarini bevosita ekranda kuzatish imkoniyati mavjud. Shu sababli tizimni rostlash jarayonini sifat ko‟rsatkichlarini aniqlash uchun o‟tish xarakteristikasini qurish uchun kompyuterda MatLAB dasturi yordamida amalga oshirish tavsiya etiladi. Ushbu dasturda tizimning matematik modellari tipik dinamik zvenolar bloklaridan iborat struktur sxemalar ko‟rinishida kiritadi [10]. Talaba o‟z shaxsiy varianti bo‟yicha berilgan koeffitsientlar qiymatlarini har bir zvenoga tegishlisini kiritadi. MatLAB dasturi immitatsion modellashtirish mobaynida har qanday blokning chiqish kattaligining o‟zgarish qonuniyati grafiklarini bevosita ekranda kuzatish imkoniyati bo‟ladi. Natijaviy chiqqan o‟tish jarayoni grafigi bo‟yicha tizimning sifat ko‟rsatkichlari aniqlanadi. MatLAB amaliy dasturi ishga tushirilib berilgan qiymatlar va tizimni struktur sxemasi quriladi. Natijada o‟tish funksiyasi grafigi olinadi (3.13-rasm). 3.13- rasm. MatLAB amaliy dasturiga kiritilgan ART o‟tish jarayoni grafigi 204 MatLAB amaliy dasturi yordamida olingan 3.13-rasmda keltirilgan ART ning o„tish jarayoni grafigidan sifat ko‟rsatkichlari bevosita o‟lchashlar asosida aniqlanadi. Shuningdek, ABTning rostlash jarayonini sifat ko‟rsatkichlarini aniqlash uchun o„tish xarakteristikasini EHM yordamida «SIAM»(sistema immitatsionnogo avtomatizirovannogo modelirovaniya i parametricheskoy optimizatsii) dasturida ham immitatsion modellashtirish usulida qurish va tahlil qilish mumkin. Ushbu dasturda tizimning matematik modellari tipik dinamik zvenolar bloklaridan iborat struktur sxemalar ko„rinishida kompyuterga kiritiladi. Talaba o„z shaxsiy varianti bo„yicha berilgan koeffitsientlar qiymatlarini har bir zvenoga tegishlisini kiritadi. SIAMda immitatsion modellashtirish mobaynida har qanday blokning chiqish kattaligining o‟zgarish qonuniyati grafiklarini bevosita ekranda kuzatish imkoniyati bo‟ladi. Natijaviy chiqqan o„tish jarayoni grafigi bo„yicha tizimning sifat ko„rsatkichlari aniqlanadi. O„tish jarayoni grafigini olishning hisoblash usuli differensial tenglamalarni yechish va chastotaviy metodlarga asoslangan. Differensial tenglamalarini yechish klassik, operator va b. usullarda amalga oshirilishi mumkin. Operatsion usul [1,5,6,7] Laplas almashtirishi metodiga asoslangan bo„lib, ushbu almashtirishni maxsus adabiyotlarda berilgan jadvallaridan foydalanish asosida amalga oshiriladi. Klassik usul hisoblashda ma‟lum qiyinchiliklar bo„lishi sababli, ayniqsa tenglama tartibi 3 va undan yuqori hollarda, odatda kam qo„llaniladi. Amaliyotda differensial tenglamalarni yechmasdan o„tish jarayoni egri chizig„ini qurish imkonini beradigan bir qancha taqribiy usullar, shuningdek, sistema sifat ko„rsatkichlarini o„tish jarayoni egri chizig„ini qurmasdan bilvosita baholash metodlari qo„llaniladi. Download 2.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling