ma’lumotlarni qidirish, yig‘ish, ishlov berish va saqlash uchun zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalardan foydalana olishning amaliy ko‘nikmalari: mustaqil ish natijalarini bezash bo‘yicha o‘quv topshiriqlarini bajarish (nutqlar, referatlar, o‘quv loyihalari va boshqalar).
Mustaqil ta’limning asosiy metodi adabiyotlar ustida individual ishlashdir. Bu metod axborotlar oqimida eng muhim axborotni topish, unga to‘g‘ri baho berish, ushbu axborotdan o‘zining kasbiy faoliyatida foydalanish malakasini shakllantiradi. Qo‘lga kiritilgan axborotlar asosida mustaqil mashq qilish metodlaridan foydalanish amaliy faoliyatida zarur bo‘ladigan sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlaydi.
Mustaqil ta’limning muhim metodlaridan biri talabalarning o‘zaro muloqatidir. Mustaqil ta’limning maqsadi talabalarning ijodiy izlanishiga, o‘z ustida ishlashga, xar tomonlama tadqiqot yuritishning mohiyatini anglashga tortishdir.
TMI ni tashkil etishda talabaning akademik o`zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllaridan foydalanish mumkin:
-fanning ayrim mavzularini o`quv adabiyotlari yordamida mustaqil o`zlashtirish, o`quv manbalar bilan ishlash;
-amaliy, seminar va labaratoriya mashg`ulotlariga tayyorlanib kelish;
-ma`lum mavzu bo`yicha refarat tayyorlash;
-kur ishi (loyihalari) ni bajarish;
-bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi uchun materiallar to`plash;
-hisob-kitob va grafik ishlarni bajarish;
-maket, model, va badiiy asarlar ustida ishlash;
-amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini toppish, test, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash;
-ilmiy maqola, tezislar va ma`ruza tayyorlash;
-amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash;
-uy vazifalarini bajarish va boshqalar.
MAKTABGACHA TA`LIM QIYOSIY BOLALARNI IJTIMOIY MOSLASHUVI FANIDAN TALABALAR TOMONIDAN BAJARADIGAN MUSTAQIL ISHNI TASHKIL ETISH, NAZORAT QILISH VA BAHOLASH TARTIBI
Do'stlaringiz bilan baham: |