O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi a. Qodiriy nomidagi jizzax davlat


Oila tizimlari va boshqa institutlar


Download 0.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana23.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1389635
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Achilova Odina oila pedagogikasi mustaqil ish4

Oila tizimlari va boshqa institutlar 
Oilani o'rganadigan sotsiologlar boshqa institutlar va oila tizimlari bir-biriga 
qanday ta'sir qilishini ham ko'rishadi. Dinning oilaga ta'siri ko'pincha e'tiborga 
loyiqdir va oilaning dinga ta'siri bir xil darajada tushunarli bo'lishi mumkin. Hatto 
dinsiz va agnostik oilalarda ko'pincha ba'zi diniy marosimlar mavjud. Xuddi 
shunday, sotsiologlar oilaning ish, siyosat, ommaviy axborot vositalari va oilaning 
ularning har biriga ta'siri qanday bo'lishiga qiziqishmoqda. 
Faoliyat yo'nalishlari haqida umumiy ma'lumot 
Quyida oila sotsiologiyasini o'rganishda mavjud bo'lgan texnik mavzular haqida 
qisqacha ma'lumot berilgan. Ushbu tushunchalarning har birini tushunish oila 
sotsiologiyasini tushunishga imkon beradi. 


Demografiya 
Oilalarning demografik tuzilishiga va ularning vaqt yoki joylashuvga qarab 
o'zgarishiga e'tibor oilaning sotsiologiyasida asosiy muhokama mavzusi 
hisoblanadi. Masalan, 2019 yilda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, 
mingyillik kattalar boshqa avlodlarga qaraganda ota-onalari bilan kichik 
shaharlarda uyda yashashlari, shuningdek, ularning oilalarida irqiy xilma-xillikni 
ko'paytirish uchun javobgardirlar. 
Ijtimoiy sinf 
Ijtimoiy sinf oilaga qanday ta'sir qiladi va oilaning o'zi qanday qilib individual 
ijtimoiy harakatchanlikka yoki jamiyat tizimlari orqali harakatlanishiga yordam 
berishi yoki to'sqinlik qilishi sotsiologiyaning munozarali mavzularidan biridir. 
Nafaqat oilada, balki kambag'al va badavlat oilalar o'rtasidagi tafovutlar juda 
informatsiondir. 
Ijtimoiy dinamika 
Oila sotsiologiyasini o'rganayotganda, oilaviy ijtimoiy dinamikani o'rganish va 
sodir bo'ladigan turli o'zaro ta'sirlarga e'tibor berish kerak. Bunga uzoq vaqt 
davomida katta qismdagi oila a'zolarining nisbiy rollari va tartiblarini ko'rib 
chiqish kiradi. 
Oila sotsiologiyasini o'rganishda boshqa mavzularga quyidagilar kiradi: 

Ijtimoiy va iqtisodiy o'zgarishlar oilalarga qanday ta'sir qiladi. 

Oilalar va uy xo'jaliklarining xilma-xilligi. 

Oilaviy e'tiqod va printsiplar tanlov va xatti-harakatlarga qanday ta'sir qiladi. 
Sotsial institut haqida ma’lumot 
* Sotsial institut - (institut – lotincha Institutum - qurilma) – g’arb 
sosiologiyasida, ayniqsa strukturaviy funksionalizmda ko’p ishlatiladigan 
tushuncha. Sosial institut inson faoliyatini boshqaruvchi va sosial tizim yasovchi 
rollar va statuslar tizimini yaratuvchi turli rasmiy va norasimiy qoidalar
tamoyillar, me’yorlar, qurilmalarning qattiy majmuini anglatadi. Sosial institut 
sosial guruh sosial tashkilotlardan farq qilmaydi. 
Sotsial institut turlari 


OILA 
MAKTAB 
IQTISOD 
DIN 
HUQUQ 
Sotsial institutlarning eng muhim quyidagi turlari mavjud: 
1. Oila - jamiyatning muhim institutlaridan biri. 
2. Ijtimoiy-madaniy institutlar. 
O.Kont o’z sotsiologik nazariyalarida oilani jamiyatning birlamchi asosi 
sifatida qarab chiqadi va uning kelib chiqishini insoniy munosabatlardagi tabiiy 
holat deb izohlaydi. 
O. Kontning fikricha: oilada ijtimoiy munosabatlarning barcha ko’rinishlari 
o’z aksini topadi, ya’ni notenglik (avlodlar va jinslar o’rtasida), tobelik (oila 
a’zolari o’rtasidagi, oila boshlig’i, kattalar) va hokazo. 
Shunga ko’ra oila bir kichik davlat bo’lib, u davlatning shakllanish asosi, 
uning modeli, oila sotsial funktsiyalari esa - jamiyat funktsiyalarini aks ettiradi. 
Hozirgi zamon oilalarning tarbiya jabhalaridagi umumiy va xususiy 
tomonlarini, vazifalarini bilish nihoyatda ahamiyatlidir. Chunki bir bolalarning 
bog‘cha va maktabda olayetgan bilimlarini, aqliy qiziqishlarini hisobga 
olganimizdagina oilaviy tarbiya ishi samaradorligini ta’minlashimiz mumkin. Biz 
tarbiyaviy vazifalarimiz xususiyatlaridan kelib chiqib, bolalar kamolotiga yakka 
holda yendashish, aqliy, axloqiy, mehnat tarbiya ehtiyejini shakllantirish, o‘z-
o‘ziga xizmat ko‘rsatish malakasi, maishiy mehnat, ietimoiy mehnatga ma’naviy-
ruhiy tayyerlash kabi mezon va qoidalarni hisobga olib ish tutishimiz ijobiy 
maqsadga muvofiqdir. Bunisiz tarbiya jarayenini ijobiy hal qila olmaymiz.
Oiladagi tarbiyaviy jabhalarning saviyasi uning tuzilishiga, ko‘p bolalik yeki 
kam bolalik, ikki yeki uch avlodning birgalikda yashashi, ota-onaning mavjudligi 
yeki ulardan birortasining yo‘qligi, har ikki jinsdagi (o‘g‘il-qiz) bolalarining
borligiga, ota-onalarning ma’lumot saviyasiga, oila a’zolarining ijtimoiy ahvoliga, 
bolalar tarbiyasi bo‘yicha o‘z burchlarini his etishlari, er va xotinning tarbiyaviy 


jabhalarga munosabati kabi ijtimoiy omillarga bog‘liq. Shuningdek, oilaviy 
tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini aniңlashda oila tuzilishining milliy o‘ziga 
xosligini aniqlashda oila tuzilishining milliy o‘ziga xosligini va milliy an’analardan 
foydalanish darajasini hisobga olish lozim.
Bolalar tarbiyasi oilaning insonni buned etuvchi tabiiy va ijtimoiy moxiyati 
bilan uzviy bog‘liqdir. Xuddi shu ma’noda tarbiya o‘z mohiyatiga ko‘ra shunday 
bir jarayenki, u tarbiyalanuvchining biologik, ijtimoiy ehtiyej turlarini, o‘zining 
qadri, qiziqish va g‘oyalarini jamiyat talablariga bo‘ysundirishda namoyet bo‘ladi. 
Bola oilada, maktabda, ota-onalar bilan munosabatda, jamoat joylarida, katta 
yeshdagilar, o‘rtoqlari bilan muloqotda tajriba orttirib boradi. 
Oilalarda bolalarga tarbiya berishda ota-onaning namunasi, ularning 
mehnatsevarligi, oilaviy ishlarga javobgarligi, ish yuritishi, o‘g‘il bolalarga 
nisbatan otaning, qizlarga esa onaning ustozlik, rahnamolik ishlari asosiy o‘rinni 
egallaydi. Bu fikrlar oilalarda o‘tkazilgan anketa ma’lumotlari yerdamida 
aniqlandi. 
Anketa mazmunida quyidagi savollar bor edi. 
1. Familiyangiz, ismingiz, otangizni ismi, tug‘ilgan yilingiz, ma’lumotingiz, 
kasbingiz va adresingiz. 
2. Oilangizda necha farzandingiz bor. 
3. Sizning sevgan mashg‘ulotingiz. 
4. Bolangiz sevgan mashg‘ulotlarni sanab bering. 
5. Oilangizda farzandlaringiz mashg‘uloti uchun qanday sharoitlar mavjud. 
Maxsus xona, stol, stul, kitob shkaflari, radio va boshqalar. 
6. Bolangizni tarbiyalashda qiynalyapsizmi. Ha yeki yo‘q. 
7. Sizningcha oila tarbiyasini nima qiyinlashtiryapti. (Tarbiyaga oid bilimlarning 
yetishmasligi, ota-onalarning bemaslahat ish olib borishi, bolalarni ish bilan band 
etmaslik, yeshiga, qiziqishlariga qarab muomala qilmaslik, xo‘jalik ishlarining 
bajarilishida ishtirok etmasligi va hokazo). 
8. Siz tarbiya ishida uslublar zarur deb hisoblaysizmi. Ha yeki yo‘q. Bir kunda 
necha soat bola tarbiyasi bilan shug‘ullanasiz.


9. Oilangizda bola tarbiyasi bilan kim ko‘proq shug‘ullanadi, bobosi, buvisi, 
onasi, otasi, akasi, opasi va boshqalar. 
10. Siz ko‘proq nima tufayli bolangizga tanbeh berasiz, jazolaysiz, kelisha 
olmaysiz. 
11. Siz va bolalaringizning kelajak haqidagi qarashlarida qarama-qarshilik 
mavjudmi. Fikrlaringiz to‘g‘ri keladimi. Ha yeki yo‘q. 
12. Bolangiz nima sababdan u yeki bu noo‘rin xatolarga yo‘l qo‘yishi hollariga 
e’tibor berasizmi. Ha yeki yo‘q. Sababini surishtirmay jazolaysizmi. Sababini 
hisobga olasizmi. 
13. Oilangizda o‘z-aro munosabatni qanday baholaysiz.
14. Qizingiz yeki o‘g‘lingiz haqida kimlardan ko‘proq ma’lumot olib turasiz. 
Kishilardan, jamoatchilikdan, o‘qituvchilardan yeki boshqalardan. 
15. Tarbiyaga oid Adabiyotlarni, ro‘znoma va oynomalarni muntazam o‘qib 
borasizmi. Tarbiya ishlari haqidagi qanday gazeta va jurnallarga obuna bo‘lgansiz. 
16. Tarbiyaga oid oynai jahon ko‘rsatuvlarini tomosha qilasizmi. Eshittirishlarni 
muntazam eshitasizmi.
17. Oilangizda bolalaringizga ertak, maqol, topishmoqlar aytib berasizmi.
18. Shu o‘quv yilida necha marta va nima sababdan maktabda bo‘ldingiz. 
19. Necha marta va qanday maqsad bilan sinf rahbarlari uyingizda bo‘ldi. Har 
oyda necha marta sinf rahbari siznikiga keladi. 
20. Bolalarning o‘zlashtirishi va tarbiya sifatlarini yaxshilash uchun qanday 
maslahat berasiz.
Kuzatishlarning ko‘rsatishicha, kam bolali oilalarga nisbatan ko‘p bolali 
oilalarda tarbiya imkoniyatlari ko‘p va rang-barangdir.
Yoshlarni oilaviy hayotga, nikohga tayyorlashda, oila mustahkamligini 
ta’minlashda nikohlanuvchilarning ota-onalari saviyasiga, turmush tarziga, 
xarakter xususiyatlariga va nihoyat, kasb faoliyatlariga e’tibor berish maqsadga 
muvofiqdir. 
Oila xo‘jaligida mehnat taqsimoti eng qadimiy va madaniy ijtimoiy bir 
holdir. Hozirgi kunda esa, shahar va qishloq oilalarida er va xotin o‘zaro 


mas’uliyatli ishlarni bo‘lishib olishning ko‘plab turlarini vujudga keltirishdi. 
Aniqroq qilib aytganda, barcha oilaviy ishlarni bajarishda teng huquqlilik 
yo‘nalishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa, bu bolalar tarbiyasi vazifasining 
bajarilishida ko‘proq namoyen bo‘lmoqda. 

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling