29
Moliya-sanoat guruhi – ishlab chiqarishning raqobatbardoshligi va
samaradorligini
oshirish, maqbul texnologiya va kooperatsiya aloqalarini
tashkil
etish,
eksport
salohiyatini
ko‘paytirish,
ilmiy-texnikaviy
taraqqiyotni jadallashtirish hamda investitsiyalarni
jalb qilish maqsadida
moddiy va nomoddiy aktivlarni to‘liq yoki qisman birlashtirish yo‘li bilan
(qatnashish tizimi) tashkil etiladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar, kredit-
moliya muassasalari birlashmasi.
Tijorat siri – uchinchi shaxslarga noma’lumligi sababli fan-texnika,
texnologiya, ishlab chiqarish, moliya-iqtisodiyot sohalarida hamda boshqa
sohalarda tijorat qimmatiga ega bo‘lgan,
qonuniy asosda erkin
foydalanmaydigan axborot bo‘lib, ushbu axbarot mulkdori uning
maxfiyligini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘radi;
Tijorat sirining mahfiyligi – tijorat
sirining tarqalib ketishi, oshkor
etilishi va undan ruhsatsiz foydalanishi hafsizligi ta’minlaydigan holati;
Tijorat sirining mulkdori – tijorat
siriga egalik qilish, undan
foydalanish hamda uni tasarruf etishni amalga oshiruvchi va unga nisbatan
tijorat siri rejimini o‘rnatgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Konfident – tijorat sirini uning miqdori
bilan tuzilgan shartnoma
asosida egalik qilishga va foydalanishga olgan yuridik yoki jismoniy
shaxs;
Do'stlaringiz bilan baham: