11-mavzu. Zokirjon Furqat hayoti va ijodi (2 soat)
Furqat merosining о‘rganilish tarixi. “Sarguzashtnoma” asari uning hayoti va ijodiy faoliyatini о‘rganishdagi ishonchli manba sifatida. Furqat ijodi taraqqiyotining muhim bosqichlari. Farg‘ona, Toshkent, chet ellardagi ijodi. Furqat ijodining kо‘p qirrali muhim qismi she’riyati ekanligi. Shoir lirikasining janr turlari. Mavzusi, g‘oyaviy yо‘nalishi. She’riyatida insonga muhabbat, sevgi va sadoqat, vatan va g‘urbat mavzularining о‘ziga xos ifodasi yoritiladi. Shoirning badiiy mahoratiga e’tibor qaratiladi. О‘zbek adabiyotida ma’rifatparvarlik adabiyotining shakllanishi va rivojlanishida Furqat ijodining о‘rni va ahamiyati. Shoir ijodida ma’rifatparvarlikning yangi bosqichga kо‘tarilishi. Shoirning “Gimnaziya”, “Ilm xosiyati”, “Teatr haqida manzuma” kabi asarlari tahlilga tortiladi. Furqat nasrining janr va uslub rang-barangligi. Ilk о‘zbek jurnalisti sifatidagi faoliyati. Ilmiy-etnografik xarakterdagi asarlari. She’riy maktublari. Furqatning san’atkorlik mahorati va adabiyotning tarixiy taraqqiyotida shoir ijodining о‘rni alohida ta’kidlanadi.
12-mavzu. Zavqiy lirikasi hayoti va ijodi (2 soat)
Zavqiyning о‘zbek ma’rifatparvarlik adabiyotining yirik vakili sifatidagi faoliyati haqida ma’lumot beriladi. Shoir ijodining taraqqiyot bosqichlari. Ijodida lirikaning о‘rni. She’riyatining mavzui, g‘oyaviy yо‘nalishi. Sevgi va muhabbat mavzusidagi asarlarida lirik qahramonning о‘ziga xos ifodasi. Siyosiy lirikasida hayotiy masalalarga, ijtimoiy xodisalarga munosabati. Shoir she’riyatining tili va uslubi. Zavqiyning xalq og‘zaki ijodidan, badiiy tasvir vositalaridan foydalanishdagi mahorati ham alohida о‘rganiladi. Zavqiy lirikasida hajviyotning о‘ziga xos о‘rni, hajviy asarlarining davr illatlarini fosh qilish, taraqqiyotga tо‘sqinlik qilayotgan hukmron ijtimoiy kuchlarga qarshi qaratilganligi haqida fikr-mulohaza yuritiladi. Turli tabaqa vakillarining, mahalliy boylar, savdogarlar, rus kapitalistlarining Zavqiy hajviyotida fosh etilishining о‘ziga xos tomonlariga e’tibor qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |