2-mavzu. Tazkirachilik va Navoiy tazkiralarining o‘ziga xos xususiyatlari (2s)
Sharq adabiyotida tazkira janrining paydo bo‘lishi. Tazkiraning shakllanish yo‘llari. Tazkiraning arab va fors adabiyotida bosib o‘tilgan yo‘li. Tazkiraning turlari. Shoirlar va valiylar haqidagi tazkiralarning bir-biridan farqi. “Majolis un-nafois”da shoirlarga xos bo‘lgan tab’ nazmning bahosi. “Nasoyim ul-muhabbat”da turkiy valiylar siymosi. Valiylar va tasavvuf masalalari. Navoiyning turkiy adabiyotda tazkira janrining asoschisi Valiylarning karomatlari, valiylar silsilasi haqida ma’lumot.
3-mavzu. “Mahbub ul-qulub” – ma’rifiy-ta’limiy asar (2-soat)
“Mahbub ul-qulub” Navoiy umrining so‘ngidagi falsafiy xulosasi. Asarning o‘tkir satirik pafosi. Shoirning keng taxayul olami. Asardagi jamiyatning turli qatlamlarining tasnifi. Asarda adolatning bosh mezon sifatida belgilanishi. Zulm va zolimlikning badiiy talqini. Asardagi insonning ma’naviy fazilatlari va ichki qusurlari haqida. “Mahbub ul-qulub”ning poetikasi. Asar matnida badiiy jozibasi va tugallikning ifodasi.
II-modul. 4-mavzu. Xamsanavislik an’anasining rivoji va Alisher Navoiy “Xamsa”sining badiiy xususiyatlari. (2-soat)
Xamsanavislik tarixidan. Nizomiy Ganjaviy “Xamsa”sining yaratilish tarixi va Xisrav Dehlaviy “Xamsa”sida syujetlarning o‘zgarishga uchrashi, Hirot adabiy muhitida xamsanavislik. Abdurahmon Jomiy “Xamsa”sining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari. Hirot adabiy muhitida xamsanavislikka havas va harakat. Alisher Navoiy beshligi birinchi turkiy “Xamsa” sifatida. Navoiyning “Xamsa’ dostonlariga novatorona yondashuvi.
5-mavzu. “Hayrat ul-abror” dostonining badiiy xususiyatlari (2-soat)
“Hayrat ul-abror” dostonida badiiy falsafa. Dostonning mazmuniy mundarijasi. Dostondagi maqolotlarning tarkiblanishi. Maqolotlarning mazmunidagi ilgari surilgan g‘oyalar. Valiylar portretining aks etishi. Doston maqolotlarida axloqiy-ta’limiy masalalar. Doston hikoyatlarida tasavvufiy ma’nolar, talqinlar. Ilohiy-ishqiy holatning ifodasi. Doston mundarijasining, maqolotlarining keyingi dostonlar syujeti uchun ochqich vazifasini o‘tashi.
Do'stlaringiz bilan baham: |