III-modul. 6-mavzu. “Farhod va Shirin” dostonining timsollar olami (2-soat)
Dostonning sarlavhasi va markazida Farhod obrazining yaratilishi. Doston syujetida umumbashariy g‘oyalarning tarannum etilishi. Dostonda komil inson goyasining tasviri. Farhoddagi ijobiy fazilatlar. Oliyjanob va mehnatkash,xalqparvar shaxs timsoli. Shirin – ma’rifatpar ayol timsoli. Vafo va sadoqatning g‘olib kelishi. Do‘stlik tuyg‘usinig kuylanishi. Dostondagi ijobiy va salbiy obrazlar. Xusrav va Sheruyaning fojeasi. Nafs talqini. Asarning bugungi kundagi ahamiyati.
7-mavzu. “Layli va Majnun” dostonida muallif badiiy niyatining
ifodalanishi (2-soat)
“Layli va Majnun” siklidagi dostonlarning keng tarqalishi, uning murakkab tarixi. Dostonga asos bo‘lgan arab rivoyatlari. “Layli va Majnun”dostonining tadrijiy takomili. Navoiyning adabiy an’analardan foydalanish mahorati. Dostonning hayotiy mohiyati. Dostonning obrazlari. Majnun-bosh qahramon. Layli-mashuqa. Tasavvuf va ishqiy kechinmalar tarannumi. Navfal va Ibn Salom obrazlarining asar syujatida tutgan o‘rni. “Layli va Majnun”dostonida ruhiy iztirobning ifodasi.Dostonning g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari. Vazn va badiiy san’atlar ifodasi.
8-mavzu. “Sab’ai sayyor” dostonining tarkibiy tuzilishi, hikoyatlar tahlili 2-s)
“Sab’ai sayyor”ishqiy-sarguzasht doston. Dostonga asos bo‘lgan afsonaing shakllari. Firdavsiyning “Shohnoma”sida Bahromning sarguzashtlari. Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy “Xamsa”larida Bahrom haqidagi qoliplovchi hikoyaning ozgarishga uchrashi.Bahrom shoh va oshiq. Bahrom sarguzashti va fojeasining temuriy Husayn Boyqaro taqdiriga ishora qilishi. Diloromning husn latofati, ma’naviy fazilatlar sohibasi.Yetti hikoyaning syujetiga xalq ijodining ta’siri. Hikoyatlarda konflikt – ezgulik va yovuzlikning yoritilishi. “Sab’ai sayyor”ning “Xamsa” tarkibida tutgan o‘rni.
9-mavzu. “Saddi Iskandariy” dostonining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari (2-s)
Xamsanavislikda Iskandar obrazining tadriji. Iskandarshoh obrazining tarixiy ildizlari. “Iskandarnoma“ va “Oyinayi Iskandar”da Iskandar obrazining yaratilishi. Tarixiy Iskandar va asar qahramonining o‘rtasidagi mushtarakligi. Iskandar adolatliva ma’rifatparvar ideal podsho timsoli. Undagi olimlik va shohlik sifatlarining uyg‘unligi. Dostonda ayollar obrazi. “Saddi Iskandariy” dostonining kompozitsiyasi va boshqa badiiy xususuyatlari. Dostonda urush mavzusi. Ijtimoiy-siyosiy masalalarining badiiy talqini. Doston xotimasining Xamsa uchun ham yakunlovchi qism ekanligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |