O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta`lim kafedrasi maktabgacha ta’limda steam texnologiyalari


Download 1 Mb.
bet65/72
Sana08.03.2023
Hajmi1 Mb.
#1250368
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72
Bog'liq
STEAM 1 курс узб УМК 2022

Axloqiy tarbiya – muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo`lgan tartib, odob, o`zaro munosabat, muloqot va xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o`quvchilar ongiga singdirish asosida ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko`nikmalari va axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo`naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Aqliy tarbiya - shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to`g`risidagi bilimlarni berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishga yo`naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi.
Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, sxemalar, ma`lum obrazlar ko`rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma`lumotlar majmui.
Bilim olish – borliqni idrok etish, o`rganish, mashq qilish va muayyan tajriba asosida xulq-atvor hamda faoliyat ko`nikma, malakalarining mustahkamlanib, mavjud bilimlarning takomillashib, boyib borish jarayoni.
Bilish - ob`ektiv borliqning inson ongida aks etish shakli; ilmiy bilimlarni o`zlashtirish jarayoni.
Verbal – bilim (ma`lumot, axborot)larni so`z yordamida (og`zaki) etkazib berish, ifoda etish.
Gnoseologiya (yunon tilidan gnosis – bilim, ong, o`rganish) – bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo`lgan borliqni anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta`limot.
Davlat ta`lim standarti – 1) ta`lim olish shaklidan qat`iy nazar bitiruvchilar erishishlari zarur bo`lgan ta`lim darajasini belgilovchi asosiy hujjat; 2) o`quv fani bo`yicha ta`limning yakuniy natijalarini belgilovchi asosiy hujjat; 3) ta`lim dasturlari mazmunining minimumi, o`quvchilar tomonidan bajariladigan o`quv ishlarining maksimal hajmi, shuningdek, bitiruvchilarning tayyorgarlik darajalariga qo`yiluvchi talablar.
Dars - bevosita o`qituvchi rahbarligida muayyan o`quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta`lim jarayonining asosiy shakli.
Darslik – muayyan fan bo`yicha ta`lim maqsadi, o`quv dasturi va didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlar to`g`risidagi ma`lumotlarni beruvchi manba.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling