O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta`lim kafedrasi
MAKTABGACHA TA’LIMDA STEAM TEXNOLOGIYALARI
fanidan
O`quv uslubiy majmua
(1 kurs)
Bilim sohasi:
|
100000-Gumanitar soha
|
Ta`lim sohasi:
|
110000 – Pedagogika
|
Bakalavriat yo`nalishi:
|
60110200 – Maktabgacha ta`lim
|
Nukus – 2022
USLUBIY MAJMUA MUNDARIJASI
1. O`quv materiallar
2. Mustaqil ta`lim mashg`ulotlari
3.Glossariy
4. Fan dasturi
5. Ishchi fan dasturi
6. Tarqatma materiallar
7. Testlar
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta`lim kafedrasi
MAKTABGACHA TA’LIMDA STEAM TEXNOLOGIYALARI
fani bo`yicha ma`ruza matnlari
NUkUs
1 Mavzu. STEAM-ta’lim. Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasi
Reja
1. STEAM-ta’limi haqida tushuncha
2.Maktabgacha yoshdagi bolalarda STEAM faoliyati
3. Loyihalar ushun ijodiy va innovatsion yondashuvlar
1. STEAM-ta’limi haqida tushuncha
STEAM ta’lim muhitida bolalar bilimga ega bo’ladilar va darhol undan foydalanishni o’rgnadilar. Shuning uchun, ular o’sib ulg’ayganlarida va hayotiy muammolarga duch kelganda, atrof muhitning ifloslanishi yoki global iqlim o’zgarishi bo’ladimi, bunday murakkab masalalarni faqat turli sohalardagi bilimlarga tayanib va birgalikda ishlash orqali hal qilish mumkinligini tushunadilar. Bu erda faqat bitta mavzu bo’yicha bilimga tayanish etarli emas. Bundan ko’rinadi, STEAM ta’lim jarayonida maktabgacha yoshdagi bolalar amalda bajargan faoliyatlarini ijodiy fikrlash orqali tushuntirib berishga harakat qiladilar. STEAM yondashuvi bizning ta’lim va tarbiyaga bo’lgan qarashimizni o’zgartirmoqda. Amaliy qobiliyatga e’tibor berib, bolalar o’zlarining irodasini, ijodkorligini, moslashuvchanligini rivojlantiradi va boshqalar bilan hamkorlik qilishni o’rganadi. Ushbu ko’nikmalar va bilimlar asosiy ta’lim-tarbiya vazifasini tashkil etadi. Bu nazariya va amaliyotni birlashtirishning mantiqiy natijasidir. STEAM Amerikada ishlab chiqilgan. Amaliy faoliyatda tajriba-sinovdan muvaffaqiyatli o’tdi va fan, texnologiya, muhandislik va matematika kabi fanlarni birlashtirishga qaror qilishdi va STEM (fan, texnika, muhandislik va matematika) tizimi shu tarzda shakllandi. Keyinchalik bu erda Art qo’shildi va endi STEAM oxirigacha shakllandi. Bolalar ushbu mavzular, aniqrog’i ushbu fanlardan bilimlari kelajakda ularning yuqori malakali mutaxassis bo’lib etishishiga yordm beradi, deb hisoblashadi. Natijada bolalar yaxshi bilim olishga intilishadi va uni darhol amalda qollashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |