O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta`lim kafedrasi maktabgacha ta’limda steam texnologiyalari
Download 1 Mb.
|
STEAM 1 курс узб УМК 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnik fanlar bo’yicha qiziqishlarni rivojlantirish
- Loyihalar ushun ijodiy va innovatsion yondashuvlar
Faol muloqot va jamoaviy ish. STEAM dasturlari ham faol muloqot va guruh ishi bilan ajralib turadi. Muhokama bosqichida ular fikr bildirishga qo’rqmaslikka o’rganadilar. Ko’pincha stol atrofida o’tirmaydi, o’zlarining dizaynlari asosidagi «mahsulot»larni sinovdan o’tkazadi va rivojlantiradi. Ular hamma vaqt hamkorlikni ta’minlaydigan jamoada tarbiyachilar va ularning do’stlari bilan muloqot qilish bilan band bo’lishadi.
Texnik fanlar bo’yicha qiziqishlarni rivojlantirish. Maktabgacha va boshlang’ich maktab yoshidagi STEAM ta’limi vazifasi qiziqishning rivojlanishi uchun dastlabki shart-sharoitlarni yaratishdir. Bolalar uchun tabiat fanlari va texnik fanlar bo’yicha, qilgan ishni yaxshi ko’rish, qiziqishni rivojlantirish uchun asosdir. STEAM bolalar uchun juda qiziqarli va dinamik bo’lib, bolalarning zerikishlariga to’sqinlik qiladi. Ular vaqt o’tayotganini sezmaydilar, lekin ham charchamaydilar. Raketalar, ko’priklar, binolar qurish, elektron o’yinlar, fabrikalar, logistika tarmoqlarini yaratish, dengiz osti kemalari, ilm-fan va texnologiyaga qiziqish tarmoqlarini yaratish, dengiz osti kemalari, ilm-fan va texnologiyaga qiziqish ortib boradi. Loyihalar ushun ijodiy va innovatsion yondashuvlar STEAM ta’limi oltita bosqichdan iborat: savol (vazifa), muhokamalar, dizayn, qurilish, test va takomillashtirish. Ushbu bosqichlar muntazam ravishda loyiha yondashuvining asosidir. O’z navbatida hamkorlik yoki turli imkoniyatlardan birgalikda foydalanish ijodkorlik asosi hisoblanadi. Shunday qilib, bir vaqtda bolalarda fan va texnologiyalarni qo’llash, yangi innovatsiyalarni yaratish mumkin. STEAM ta’lim texnologiyasi yangicha o’qitish metodikasi bo’lib, an’anaviy o’qitish metodikasidan farqli metodika hisoblanadi. U bir vaqtning o’zida to’rtta-fan (Science), texnologiya (Technology), muhandislik (Engineering), tasviriy san’at (Art), matematika (Math) bo’yicha integratsiyalashgan o’qitish tizimidir. STEAM fan bo’yicha emas, balki mavzular bo’yicha integratsiyalashgan o’qitish tizimidir. STEAM ta’limi amaliy mashg’ulotlar yordamida ilmiy-texnik bilimlarni real hayotda qo’llash tushuniladi. STEAM ta’lim muhitida bolalar bilimga ega bo’ladilar va darhol undan foydalanishni o’rganadilar. Shuning uchun, ular o’sib ulg’ayganlarida va hayotiy muammolarga duch kelganda, atrof muhitning ifloslanishi yoki global iqlim o’zgarishi bo’ladimi, bunday murakkab masalalarni faqat turli sohalardagi bilimlarga tayanib va birgalikda ishlash orqali hal qilish mumkinligini tushunadilar. Bu erda faqat bitta mavzu bo’yicha bilimga tayanish etarli emas. Maktabgacha ta’lim tashkilotida STEM texnologiyasi ta’limiy loyiha va eksperimental tadqiqot ishlarini tashkil etish orqali amalga oshiriladi. STEM texnologiyasi orqali tarbiyachi rivojlantiruvchi muhitni yaratadi. Shu bilan birga, tarbiyachilar turli faoliyat turlari, o’yinlar uchun qo’llanmalar va jihozlar, mustaqil faoliyat uchun materiallarni tayyorlash jarayonlarini o’rganadilar. STEAM texnologiyasi orqali tarbiyachilar turli materiallardan elementar yordamida (yog’och, qog’oz, metal, plastik) boshlang’ich texnik ko’nikma va malakalarini egallaydilar, muhandislik tamoyillari bilan tanishadilar. Turli konstruktorlar orqali tarbiyachilar bolalaarda ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling