I-mavzu: maktabgacha ta`limda steam ta`lim texnologiyasi reja
Download 60.24 Kb.
|
1-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- M — Mathematics - M atematika STEAM
- STEAM taʼlim texnologiyasi
- STEAM yondashuvining o‘quv samaradorligiga ta’siri
I-MAVZU: MAKTABGACHA TA`LIMDA STEAM TA`LIM TEXNOLOGIYASI REJA: STEAM ta`lim texnologiyasining mazmun va mohiyati. maktabgacha ta`limda STEAM ta`lim texnologiyasidan foydalanish zaruriyati. maktabgacha ta`limda STEAM ta`lim texnologiyasining ahamiyati. STEAM ta`lim tizimining rivojlanish tarixi. Tayanch iboralar: STEAM ta`lim texnologiyasining mazmuni, ta`limga STEAM yondashuv, integratsion ta`lim, STEAM yondashuvining o‘quv samaradorligiga ta`siri, maktabgacha yoshdagi bolalar uchun STEAM ta`limining muhim jihati. STEAM S — Science - Fan T — Technology - Texnologiya E — Engineering - Muhandislik A — Art - San’at M — Mathematics - Matematika STEAM – (ingliz tilidan olingan bo`lib), 5 ta so‘zning bosh harflaridan tashkil topgan birikma bo‘lib, bu shunday ma`noni anglatadiki, tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika fanlarini uyg’unlikda o‘qitish uslubidir. Ushbu yo‘nalishlar hozirgi zamonaviy ta`lim sohasida eng mashhurdir. Shuning uchun bugungi kunda STEAM tizimi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda. STEAM ta’limi yo‘nalishi va amaliy yondashuvni qo‘llash, shuningdek, barcha 5 ta sohani yagona ta’lim tizimiga integratsiyalashuviga asoslangan. STEAM texnologiyasi ta’limdan farqli ravishda bilimlarni alohida emas, o‘zaro mutanosib holda olib borishni ta’minlab beradi. O‘quvchi o‘zida nostandart fikrlash, muammoga bir nechta yechim topish va ijodkorlik ko‘nikmalarini shakllantiradi va bu uning kelajakdagi faoliyatida juda qo‘l keladi. STEAM taʼlim texnologiyasi oʻquvchilarni yangicha oʻqitish metodikasi boʻlib, anʼanaviy oʻqitish metodikasidan farqli metodika hisoblanadi. U oʻquvchilarni bir vaqtning oʻzida – fan (Science), texnologiya (Technology), muhandislik, (Engineering), tasviriy sanʼat (Art), matematika (Math) boʻyicha oʻqitishga moʻljallangan. STEAM fan boʻyicha emas, balki mavzular boʻyicha integratsiyalashgan oʻqitish tizimidir. Bolalarni ilmiy-texnika yo‘nalishlarida kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan. STEAM yondashuvining o‘quv samaradorligiga ta’siri: Uning asosiy g’oyasi shundan iboratki, amaliyot nazariy bilimlar singari muhimdir, ya’ni, o‘rganish paytida biz nafaqat miyamiz bilan, balki qo‘limiz bilan ham ishlashimiz kerak. Faqat guruh devorlarida o‘rganish tez o‘zgaruvchan dunyo bilan hamqadam emas. STEAM yondashuvining asosiy farqi shundaki, bolalar turli xil mavzularni muvaffaqiyatli o‘rganish uchun ham miyani, ham qo‘llarini ishlatadilar. Ular olgan bilimlarni o‘zlari «uqib oladilar». STEAM ta’limi nafaqat o‘qitish usuli, balki fikrlash tarzidir. STEAM ta’lim muhitida bolalar bilimga ega bo‘ladilar va darhol undan foydalanishni o‘rganadilar. Shuning uchun, ular o‘sib ulg’ayganlarida va hayotiy muammolarga duch kelganda, atrof muhitning ifloslanishi yoki global iqlim o‘zgarishi bo‘ladimi, bunday murakkab masalalarni faqat turli sohalardagi bilimlarga tayanib va birgalikda ishlash orqali hal qilish mumkinligini tushunadilar. Bu yerda faqat bitta mavzu bo‘yicha bilimga tayanish yetarli emas. STEAM yondashuvi bizning ta’limga bo‘lgan qarashimizni o‘zgartirmoqda. Amaliy qobiliyatga e’tibor berib, o`quvchilar o‘zlarining irodasini, ijodkorligini, moslashuvchanligini rivojlantiradi va boshqalar bilan hamkorlik qilishni o‘rganadi. Ushbu ko‘nikmalar va bilimlar asosiy ta’lim vazifasini tashkil etadi, ya’ni bu butun ta’lim tizimi nimaga intilishini belgilab beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar STEAM faoliyati uchun juda mosdir. Maktabgacha yoshdagi bolalar atrofdagi hamma narsa qanday ishlashini bilishni, amaliy mashg'ulotlarni, tajribalar o`tkazishni ko`proq xohlashadi. Bolalar bu yoshda kattaroq tushunchalarni tushunishga qodir. Shuningdek, ular o'z dunyosida nima sodir bo'layotganini chuqurroq o'ylab ko'rishlari va ularni nima qiziqtirayotganini aytib berishlari mumkin. Bu davrda bola bilan STEAM mashg'ulotlarini o'tkazish uchun ajoyib imkoniyat. Bolaga imkoniyat berish, o`zining xayolot dunyosiga sho`ng`ishiga qo`yib berish lozim. Download 60.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling