I-mavzu: maktabgacha ta`limda steam ta`lim texnologiyasi reja


STEAM – Ta`limni haqiqiy hayot bilan bog`lovchi texnologiya


Download 60.24 Kb.
bet3/5
Sana01.11.2023
Hajmi60.24 Kb.
#1738140
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-MAVZU

STEAM – Ta`limni haqiqiy hayot bilan bog`lovchi texnologiya
Bolaga beriladigan har bir ma`lumotni amaliyot bilan bog`lash imkoniyati.
STEАM faoliyatida bolalar har bir mavzu bo`yicha modellashtirish ishlarini olib boradi, quradi, yasaydi. Masalan, bolalar mashina modelini yasaydi, keyin uni sinovdan o`tkazadi, kutilgan natijaga erishmasa, uning sababini aniqlashga harakat qiladi, balkim mashinaning bir g`ildiragi katta bo`lgandir. Har bir sinovdan keyin bola o`zining kamchiliklarini to`g`irlab boradi. Bolalar ko`prik qurish, mashina va samolyot modelini yaratib, uni sinovdan o`tkazib, modelni takomillashtirib boradi, ularda o`z kuchiga ishonch hissi shakllanadi. Bolalarda faol kommunikatsiya va jamoada birgalikda ishlash ko`nikmasi shakllanadi. Muloqot vaqtida bola mustaqil o`z fikrini bildira oladi. Bahs-munozarali erkin muhit hosil bo`ladi. Eng muhimi bola zerikmaydi.


STEAM bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi:

  • Mantiqiy fikrlash qobiliyati

  • Ijodiy fikrlash

  • Muhandislik yondashuvi

  • Tanqidiy fikrlash

  • Dizayn asoslarini tushunish

  • Amaliy ishlash, Tajribalar o`tkazish imkoniyati

  • Kommunikatsiya, jamoaviy aloqa

  • Kreativlik (ijodkorlik)

  • Estetik madaniyat

  • Ruhiy hotirjamlik, bola xayolot dunyosining ro`yobga chiqarishga imkoniyat

  • texnologik innovatsion hayotga tayyorgarlik

  • Bu yondashuv kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam beradi.



STEAMni qo`llashda zarur bo'lgan beshta muhim xususiyat:

  • Mulohaza (nima ma'lum va nimani o'rganish kerak)

  • Tadqiqot (bolalarning rivojlanishiga yordam beradigan ma'lumot va manbalarni to'plash)

  • Kashfiyot (bolalar bir-birlari bilan hamkorlik qiladilar va kuchli tomonlarini mustahkamlaydilar)

  • Amaliy

  • Aloqa (modelni tengdoshlarga taqdim etish. Ushbu yakuniy bosqichlar orqali bolalar o'zlarining muloqot va hamkorlik qobiliyatlarini namoyish etish, qabul qilish, jarayon haqida konstruktiv fikr bildirish).

STEAM faoliyati qiziquvchan bo'lishni, kashf qilishni va tadqiq qilishni o'rganish jarayonidir.


Bu bosqichlar tizimli loyihalash yondashuvining asosi hisoblanadi.


Maktabgacha ta`limda muhandislik (Preschool Technology) – maktabgacha yoshda muhandislikning maqsadi muammoni hal qilish ustida ishlashdir. Qanday qilib ular vaziyatni hal qilish uchun biror narsani yaratishi mumkin yoki hatto o'z tasavvuridagi narsaga mos keladigan narsalarni yaratishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, kattalar orqaga chekinib, bolani o'rganishga ruxsat berishadi. Ijodiy erkinlik va xato qilish erkinligi bu yerda o'rganish vositalaridir. Bola sinab ko'radi, gohida muvaffaqiyatsizlik bo'ladi, gohida bola o`zi kutgan natijaga erishadi. Bu tajriba! Kattalar esa boladagi muvaffaqiyatsizlikka ijobiy munosabatda bo'lish va chidamlilikni modellashtirishga yordam bera olishi kerak.


“Dunyo bizning sinfimiz - “The World is Our Classroom”. Muhandislar ko'pincha o'z ishlarini dizayn sifatida belgilaydilar. Maktabgacha yoshdagi bolalar tuzilmalarni qurish uchun makon, shakllar, o'lchamlar, materiallar, raqamlarni hisobga olishlari kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalar yosh muhandislardir! Kichik yoshdagi bolalar uchun loyihalarni soddalashtirish orqali STEAM faoliyati amalga oshiriladi.

Download 60.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling