Mavzu: Мaktabga
Download 180 Kb.
|
133542 STEAM ТАСДИКЛАНГАН (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- STEAM bu — S
Mavzu: Мaktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasi Mavzu rejasi: 1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda STEAM faoliyati. 2. Integratsion ta‘lim haqida tushuncha. 3. Bolalarda ilmiy-texnik, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirish. 4. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ilmiy-texnik hamda amaliy faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari. 5. M STEAM ta’lim texnologiyasini maktabgacha ta’limda qо’llashning me’yoriy-uslubiy asoslari STEAM bu — S – science, T – technology, E – engineering, A – art va M – mathematics. Ingliz tilidan o`zbek tiliga o‘girsak, bu shunday bo‘ladi: tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika. Ushbu yo‘nalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur bo‘lib kelayotganini anglab yetishimiz darkor. Shuning asosda bugungi kunda STEAM ta‘lim tizimi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda. STEAM ta‘limi yo‘nalishi va amaliy yondashuvni qo‘llash, shuningdek yuqoridagi 5 ta sohani yagona ta‘lim tizimida integratsiyalashuviga asoslangan.STEAM yondashuvi o‘quv samaradorligiga qanday ta‘sir qiladi? Uning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, amaliyot nazariy bilimlar singari muhimdir. Ya‘ni, o‘rganish paytida biz nafaqat miyamiz bilan, balki qo‘limiz bilan ham ishlashimiz kerak. Faqat guruh devorlarida o‘rganish tez o‘zgaruvchan dunyo bilan hamqadam emas. STEAM yondoshuvining asosiy farqi shundaki, bolalar turli xil mavzularni muvaffaqiyatli o‘rganish uchun ham miyani, ham qo‘llarini ishlatadilar. Ular olgan bilimlarni o‘zlari ―uqib oladilar‖.STEAM ta‘limi nafaqat o‘qitish usuli, balki fikrlash tarzidir. Shu bilan birgalikda STEAM ta`lim quyidagi muhim vazifalarni amalga oshirishni ko`zda tutadi. 1. Aniq soha va mavzular bo'yicha integratsion jarayonni rivojlantirish. 3. Bolalarda tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish va muammolarni hal qilish. 2. Haqiqiy hayotda ilmiy va texnik bilimlarni qo'llash. 4. Bolalarda o'z kuch-qobiliyatlariga ishonchni shakllantirish. 5. Faol muloqot va jamoaviy ish olib borish. 6. Texnik fanlarga qiziqishni uyg`otish. 7. Yangi loyihalarga ijodiy va innovatsion yondoshish 8. Bolalarni hayotning zamonaviy texnologik bilimlarini boyitib, yangiliklar yaratishga tayyorlashdan iborat. J.Yakman fikricha, "Biz hozir ilm-fan va texnologiya takomillashgan davrda yashamoqdamiz, bu sizning muhandislik noyob tadqiqotlaringiz va rivojlanishingizning ko'p qismini birlashtiradi, buni esa siz san'at va matematikani tushunmasdan yarata olmaysiz.‖ integratsion ta‘lim innovatsiya Download 180 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling