O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


Download 1.56 Mb.
bet25/81
Sana15.03.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1269306
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81
Bog'liq
УМК ИШ ЮРИТИШ (2)

B I L D I R I S H N O M A
Muayyan muassasa (tarkibiy qism) rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori, mansabdor shaxsga biron-bir voqea va hodisa haqida xabardor qilish zarurati tug‘ilganda taqdim etiladigan mufassal yozma axborot bildirishnoma deyiladi. Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar bo‘yicha tuzuvchi(yozuvchi)ning takliflari aks etadi.
Kimga yo‘llanganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi turlarga ajraladi.
I c h k i b i l d i r i s h n o m a rahbar shaxs yoki bo‘lim mudiri nomiga yoziladi. Bunday bildirishnomalar muallif tomonidan imzolanadi.
T a s h q i b i l d i r i s h n o m a, ya’ni rahbar tomonidan yuqori idoraga yoki mansabdor shaxsga yoziladigan bildirishnoma, odatda xos ish qog‘oziga ikki nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi muassasaning o‘zida qoldiriladi. Bunday bildirishnoma rahbar tomonidan imzolanadi.
Bildirishnoma tayyorlayotgan shaxsning xulosa va takliflari aniq, ravshan va ishonarli bo‘lmog‘i kerak.
Shuning uchun ham bildirishnomalarda chiqarilgan xulosalarni tasdiqlovchi, voqea-hodisalarga, qonunchilik ko‘rsatmalariga, tegishli hujjatlarning raqam va sanasiga hamda bayon etilgan masalani bevosita muassasa misolida o‘rganish yoki sinab ko‘rish natijasida olingan boshqa dalillarga havolalar qilinishi zarur. Bildirishnoma matni asosan ikki qismdan iborat. Birinchi qismda uning yozilishiga sabab bo‘lgan dalillar, voqealar bayon qilinishi, ikkinchi qismida esa xulosalar va aniq ish harakatlar haqidagi takliflar aks etmog‘i zarur.
Bildirishnomalarni tayyorlashda faqat biror voqea, holat to‘g‘risida xabar berish bilan cheklanish yetarli emas, ularning sabablari tahlil qilinishi, xulosa chiqarilishi, takliflar berilishi ham lozim. Shuning uchun bildirishnomalarda xulosa va takliflar aniq va ishonarli yozilishi talab qilinadi.
Agar bayon qilinayotgan malumotlar aniq sana yoki vaqtga tegishli bo‘lsa, bu sana yoki vaqt matn oldidan ko‘rsatilishi lozim. Masalan: 2008-yil 10-oktabrdagi holatga ko ‘ra kabi.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling