T A K L I F N O M A
Biror bir tantanali tadbirga taklif etish uchun qo‘llaniladigan yozma axborot taklifnoma deyiladi.
Taklifnomaning zaruriy qismlari quyidagilardan iborat:
Nomi (Taklifnoma).
Matn:
taklifnoma turiga qarab: taklif qilinayotgan shaxsning familiyasi yoki ismi va otasining ismi;
taklif qiluvchi muassasaning nomi;
qanday tadbirga taklif qilinayotganligi.
Tadbirning o‘tkazilishi sanasi va vaqti.
O‘tkazilish joyi.
Tadbirni tashkil etgan tashkilotning nomi.
Taklifnomalarda tadbirning kun tartibi yoki dasturi ham berilishi mumkin.
Ma’lum kishilarga yoki bir necha shaxslarga yo‘llanadigan xat turlari taklif xatlari deyiladi. Taklif xat matnida ma’lum bir yig‘ilish, muhokama yoki kengashga taklif qilish bilan birga, shaxsning taklif qilinishidan ko‘zlangan asosiy maqsad ham aniq ko‘rsatiladi.
Ba’zi taklif xatlarida imkon boricha badiiy tus beriladi: mutafakkirlarning chiroyli so‘zlaridan istilohlar keltiriladi, turli shiorlardan, she’rlardan foydalaniladi.
Taklif xati namunasi
Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti
“Filologiya” fakulteti
“O‘zbek tilshunosligi”kafedrasi
Navro‘z bayramiga
bag‘ishlangan tadbir
T A K L I F N O M A S I
23 mart soat1400
Nukus– 2021
|
Har tuning qadr o‘lubon ,
Har kuning bo‘lsin Navro‘z.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |