O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni


Download 1.56 Mb.
bet12/81
Sana15.03.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1269306
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81
Bog'liq
УМК ИШ ЮРИТИШ (2)

Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni:
Davlat boshqaruv organi rahbarlarining yakka hokimligiga asoslangan huquqiy hujjat, muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llaniladi. Tashkiliy-farmoyish hujjatlari - bu bajarilishi mumkin bo‘lgan ishning aniq bir yo‘lini tanlab olishdir. Tashkiliy-farmoyish hujjatlari qabul qilish zaruriyati mavjud holatining, bo‘lishi lozim bo‘lgan holat bilan mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi. Qabul qilingan tashkiliy-farmoyish hujjatlari reja, topshiriq, buyruq, farmon va farmoyishlar orqali yuridik kuchga kiritiladi va amalga oshiriladi. SHu nuqtai nazardan tashkiliy-farmoyish hujjatlari - bu butun boshqaruv binosining poydevori hisoblanadi. Tashkiliy-farmoyish hujjatlarini qabul qilish menejerning fikri-zikirini doim band qilib turadigan tashvishdir. Menejer juda xilma-xil masalalar yuzasidan ishlab chiqarish va kadrlarga oid, tashkiliy va xo‘jalik masalalari yuzasidan bir qator tashkiliyxfarmoyish hujjatlari lar qabul qiladi. Ba’zi hollarda u bu ishni o‘zi yakka boshchilik bilan, boshqa hollarda o‘z yordamchilari bilan, yana uchinchi hollarda ekspertlar va jamoatchilikni jalb, qilib uddalaydi. Boshqaruvga oid har qanday tashkiliy-farmoyish hujjatlari samarli bo‘lsagina, ana shu holdagina u maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Oqilona tashkiliy-farmoyish hujjatlarini qabul qilish bir necha omillarga bog‘liq. Ulardan asosiylari quyidagilardir:

  • Tashkiliy-farmoyish hujjatlarni qabul qilish jarayonida axbrotning to‘laligi va uning sifati;

  • Tashkiliy-farmoyish hujjatlarni qabul qiluvchi rahbarning shaxsiy sifati;

  • Tashkiliy-farmoyish hujjatlarni qabul qilish-da tashkiliy masalalarning oqilona echilishi darajasi (masalan, tashkiliy-farmoyish hujjat-larni qabul qilishda mutaxassilarni jalb etish, tashkiliy farmoyish hujjatlarni qabul qilish tizimining takomillik darajsi, ularni ijrochilarga etkazish, nazorat qilish va bajarilish darajasi va hokazo).

Tashkiliy-farmoyish hujjatlarini to‘g‘ri tanlash uchun muayyan tamoyillarga tayanish va tashkiliy-farmoyish hujjat-lariga bo‘lgan talabalarni hisobga olish, aniq tashkiliy-farmoyish hujjatlarni qabul qilish maqsadini butun xalq xo‘jaligi maqsadiga muvofiqlashtirish mehnat jamoasi manfaatlarining jamiyat manfaatlari bilan mos kelishini oldindan belgilash, mehnat va moddiy resurslardan tejamli
foydalanish, texnikaviy, iqtisodiy tendentsiyalarini hisobga olish zarur.
Mohiyat-e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo‘linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlarga oid. Ular ketma-ket tartibda alohida raqamlanadi va ayrim saqlanadi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar doimiy, kadrlarning shaxsiy tartibiga oid buyruqlar esa 40 yilgacha muddatda saqlanadi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘llaniladi. Ular odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko‘rsatmaviy hujjatlar xodimlarga etkaziladi, bularning ijrochi yuzasidan tadbir-choralar belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi.
Ichki mehnat tartibi qoidalari mukofotlash nizomi va shu kabilarni tasdiqlash bilan bog‘liq normativ buyruqlar ham asosiy
faoliyatga oid buyruqlarga kiradi. Bunday buyruqlar umumiy tarzda bo‘lib, muayyan bir shaxsga emas, balki butun jamoaga qaratiladi.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling