O‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Download 173.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana06.04.2023
Hajmi173.36 Kb.
#1277657
  1   2   3   4   5
Bog'liq
3-Mavzu Tarix fanini o‘qitishda tarixiy, siyosiy, elektron xaritalardan samara




A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI 
O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT 
INSTITUTI 
 
 
 
 
“Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi 
 
 
 
Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari  
moduli bo‘yicha 
 
 

Tarix fanining nazariy va amaliy asoslari

 
 
o‘quv kursining
“ Tarix fanini o‘qitishda tarixiy, siyosiy, elektron xaritalardan samarali 
foydalanish usullari” mavzusidan ma’ruza matni 
 
 
 
Ma’ruzaсhi:
PhD Askarov M.M. 
Toshkent 202 



3-Mavzu:Tarix fanini o‘qitishda tarixiy, siyosiy, elektron xaritalardan 
samarali foydalanish usullari 
 
Reja: 
1. Tarix fanini o‘qitishda xaritalarning ahamiyati. 
2. Tarix fanini o‘qitishda tarixiy va siyosiy xaritalardan foydalanish. 
3. Tarix fanini o‘qitishda elektron xaritalardan foydalanish. 
 
Ma’lumki, tarixiy voqealar bizga faqat ma’lum bir davr haqida ma’lumot 
berib qolmaydi. Tarixiy voqealar turli davrda sodir bo‘lganligi bois bizning 
ongimizda mavhum tasavvurlar hosil qilib qolishi mumkin. Ana shu mavhum 
tasavvurlardan aniqlikka tomon borish uchun xaritalar muhim vosita bo‘la oladi. 
Xaritalarning o‘quvchilar tasavvurida tarixiy voqealarning sodir bo‘lgan joyi, 
taraqqiy etib borishi uchun asos bo‘lgan geografik va ijtimoiy omillar haqida aniq 
ma’lumotlar paydo qilishi ma’lum. Tarix darslarida xarita bilan ishlash geografik 
vositalar tavsifidagi asosiy metod hisoblanadi. Geografik vosita jamiyat 
taraqqiyotini harakatga keltiruvchi kuch hisoblanmaydi, balki u yoki bu davrda 
mazkur mamlakatdagi tarixiy jarayon haqida qo‘shimcha ma’lumot berishi 
mumkin. 
Bunday harakatning birdan bir xarakterli xususiyati tarixiy voqelikka ta’sir 
etib, natijada insoniyat faoliyatida o‘zgarishlarga olib keladi. Masalan, bir necha 
yuz yillar mobaynida Angliyada dengizda suzish sohasida hech qanday 
o‘zgarishlar sodir bo‘lmagan edi, XVI asrga kelib yangi savdo yo‘llarini izlab 
topish ehtiyoji texnikaning rivojiga, keyinchalik mustamlakachilikning keng 
yoyilishiga olib keldi. Bundan tashqari har qanday tarixiy voqeaning yuzaga 
kelishi, rivoji hamda natijasini bayon etipshda geografik tomonini hisobga olish 
zarur.
Masalan, 
Qadimgi 
yunon 
mustamlakalarining 
tashkil 
topishini 
Yunonistondagi geografik holatni, uni kesib o‘tgan qirg‘oq liniyalarini, Egey 
dengizidagi ko‘plab orollarni o‘rgatmasdan tushuntirish mumkin emas. Yoki 
bo‘lmasa, yunon-fors urushlari davrida Salamin jangida Kserks qo‘shini 
mag‘lubiyatiga uning dengizchilari tomonidan bo‘g‘ozning qayeri chuqur yoki 
sayoz, qayeri tez oqar yoki sekin oqishini o‘rganilmaganligi sabab bo‘lgan.

Download 173.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling